Iv-bob. Detallarga isahlov berishdagi aniqlik aniqlik tushunchasi


Zagotovkalarni stanokka yoki moslamaga o‘rnatish xatoligi



Download 236,59 Kb.
bet8/16
Sana20.06.2022
Hajmi236,59 Kb.
#682904
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
006.Аниклик

Zagotovkalarni stanokka yoki moslamaga o‘rnatish xatoligi

O‘rnatish xatoligi ishlov beriladigan detalni berilgan o‘lchamiga ishlov berishda vujudga keladigan umumiy xatolikning tashkil etuvchilaridan biri hisoblanadi. O‘rnatish xatoligi bazalash xatoligi , mahkamlash xatoligi yig‘indisi bilan aniqlanadi.
Bazalash xatoligi o‘rnatish va o‘lchash bazalarini mos tushmasligi natijasida vujudga keladi. Bu xatolik o‘lchamga o‘rnatilgan asbob kesish qirrasidan o‘lchash bazasigacha chegaraviy masofalar farqini kattaligi bilan aniqlanadi. Mahkamlash xatoligi zagotovkani holatini o‘zgarmasligini ta’minlash uchun quyilgan siqish kuchlari ta’siri ostida zagotovkani siljishi natijasida vujudga keladi. Zagotovkani o‘rnatish elementlari bilan aniqlanadigan holatidan siljishi, ya’ni uning o‘lchash bazasini siljishi zanjirning siqish kuchini o‘zatishda ishtirok etadigan alohida zvenolarini: zagoltovka - o‘rnatish elementlari - moslama korpusini deformatsiyalanishi natijasida vujudga keladi. Bu erda moslama detali va elementlarining elastik siqilishi, metallning yuza qatlamini va yuza g‘adir budirligini deformatsiyalanishi bo‘lishi mumkin. Zagotovkani o‘qiy, radial, burchak siljishi mumkin.
Tekis yuzalarga ishlov berishda bazalash xatoligi vektori va mahkamlash xatoligi vektori bitta nuqtaga yo‘nalgan (kollenar vektor) deb qabul qilinishi mumkin, bu holda o‘rnatish xatoligi

Aylanuvchi jism turidagi detallarga ishlov berishda bazalash xatoligi vektori va mahkamlash xatoligi vektori o‘zaro har xil burchak holatida bo‘lishi mumkin, bu holda o‘rnatish xatoligi
,
Berilgan o‘lchamlarni avtomatik olish usulida, ya’ni o‘lchamga sozlangan stanoklarda ishlov berilganda, o‘rnatish bazasi o‘lchash bazasi bilan mos kelmaganda bazalash xatoligi vujudga keladi. O‘rnatish va o‘lchash bazalari mos kelganda bazalash xatoligi . SHuning uchun iloji boricha o‘rnatish bazasi sifatida o‘lchash bazasi bo‘lib ham xizmat qila oladigan yuzani qabul qilish kerak, ya’ni qaysi yuzaga nisbatan o‘lcham ushlanadigan bo‘lsa shu yuzadan o‘lchashni amalga oshirish kerak.
Rasm
Rasmda ko‘rsatilgan o‘rnatish sxemasida L o‘lchamga nisbatan bazalash xatoligi nulga teng, chunki o‘lchash va o‘rnatish bazasi A-A birlashtirilgan. K o‘lchamgan nisbatan bazalash xatoligi mavjud bo‘ladi, chunki o‘rnatish bazasi A-A va o‘lchash bazasi V-V birlashtirilmagan. Bazalash xatoligi bu holdazagotovkani o‘lchami N ni dopuski δ ga teng: εϭk= δ.
Sinov yurish usulida ishlov berilganda ham bazalash xatoligi nulga teng bo‘ladi, chunki o‘rnatish bazasiga nisbatan kesuvchi asbob qirrasining holati ishchi tomonidan har bir ishlov beriladigan detal uchun sinov qirindini olish va o‘lchash bazasiga nisbatan o‘lchash bilan rostlanadi.
Detalni bazaviy teshigi bilan silindrik yuzaga(barmoqqa) o‘rnatishda o‘lchash bazasini ushlanadigan o‘lcham tomoniga siljishini inobatga olish kerak. Ochiluvchi barmoqqa, ya’ni zazorsiz o‘tqazishda L o‘lchamga nisbatan bazalash xatoligi zagotovka diametri D dopuskining yarimiga teng εϭ=δ/2. Bikr barmoqda zazor bilan o‘tqazishda esa bazalash xatoligi diametral zazor Δ3 ni chegaraviy tebranish qiymatiga katta bo‘ladi va bu holda εϭ=(δ/2)+Δ3 kattalik bilan ifodalanadi. Silindrik detallar parmalash va frezalashda ko‘pincha tashqi silindrik yuzasi bilan asosan α=900 burchak bilan tayyorlanadigan tayanch prizmada bazalanadi. Bunday o‘rnatishda silindrik detal o‘qi har doim detalning diametr o‘lchamini chetga chiqishlaridan bog‘liq bo‘lmagan holda prizmaning simmetriya tekisligida yotadi, biroq prizma asosidan detal markazigacha masofa detal diametri o‘lchami chetga chiqishlari va prizma burchagi α dan bog‘liq ravishda εϭ kattalikka o‘zgaradi.
O‘rnatish bazasi va o‘lchash bazasi mos tushmaganda bazalash xatoligi εϭ ni detalni bazalash uchun qabul qilingan o‘rnatish sxemasi elementlarini geometrik bog‘liqliklaridan kelib chiqib hisoblash yo‘li balan aniqlash mumkin.


Download 236,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish