Iv-bob. Detallarga isahlov berishdagi aniqlik aniqlik tushunchasi


–rasm.Texnologik tizimning elastik deformatsiyalarini aniqlash sxemasi



Download 236,59 Kb.
bet11/16
Sana20.06.2022
Hajmi236,59 Kb.
#682904
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
006.Аниклик

2.14–rasm.Texnologik tizimning elastik deformatsiyalarini aniqlash sxemasi: a) markazga o’rnatilgan valga ta’sir qiluvchi kuchlar sxemasi; b) texnologik tizim elementlarining bikrliklari bir xil va har xil bo’lishida muvozanatlashuvchi Ym umumiy siljish sxemasi.
2.14–a,–rasmda kesuvchi asbob D o’lchamga sozlangan, kesish jarayonida kesish kuchi Ru paydo bo’lib, zagotovka markazini chapga u1 masofaga, kesuvchi asbobni esa o’ngga u2 masofaga siljitadi. Natijada zagotovka D1 diametr bo’yicha yo’niladi. Bunday holat ma’lum vaqtgacha davom etib, keyin kuchlar nisbati o’zgaradi, chunki kesish kuchi o’zgaruvchan kattalik. Bunday siljishlarni sozlash yo’li bilan kompensatsiyalab bo’lmaydi. Zagatovkalar partiyasi uchun ni kutulayotgan ishlov berish aniqligining tashkil etuvchisi kabi aniqlash zarur bo’lsin.
Stanoklar bikrligi ularning konstruksiyasini takomillashtirish va yig‘ish sifatini yaxshilash bilan oshiriladi. Barcha turdagi stanoklar bikrligini standartlashtirilgan normalari o‘rnatilgan.
Ishlov berish jarayonida detallarning zaruriy bikrligi detalni stanokda o‘rnatishda tayanchlarni ratsional holati bilan, zarur bo‘lsa qo‘shimcha tayanch (uzun D/L > 8 vallarni yo‘nishda qo‘zg‘almas va quzg‘aluvchan lyunetlar) qo‘llash bilan erishiladi. Tokarlik stanogi markazlarida lyunetsiz o‘rnatilgan valning deformatsiyalanish kattaligini ikkita erkin tayanchlarda yotuvchi balkaning egilish formulasi bo‘yicha taxminan aniqlash mumkin. Diametrni yo‘nishda valning egilishi natijasida uning o‘rta qismi diametri kattalashadi. Lyunet ko‘rinishidagi qo‘shimcha tayanch bunday deformatsiyaga yo‘l quymaydi. Bunda kesish kuchining radial tashkil etuvchisi Ru ta’siri ostida valning maksimal egilishi
f = (Py·l3)/(48·E·J) [mm],
bu erda f - valning maksimal egilishi, Py - kesish kuchining radial tashkil etuvchisi, l – val uzunligi, E - elastiklik moduli, J –inersiya momenti, doiraviy yuza uchun J=𝛑d4/4, d – val diametri.
Valni patronda bir tomonidan mahkamlab tayanchsiz ishlov berishda uni bir tomonidan mahkamlangan balka ko‘rinishida qarash mumkin. Bu holda kesish kuchining radial tashkil etuvchisi Ru ta’siri ostida valning maksimal egilishi
f = (Py·l3)/(3·E·J) [mm],
Keltirilgan formulalarni taqqoslashdan ko‘rish mumkinki, ma’lum valni patronda ishlov berishda egilish deformatsiyasi miqdori xuddi shu valni markazlarda ishlov berishdagi egilish deformatsiyasi miqdoridan 16 marta katta bo‘lar ekan. Valga tokarlik stanogi markazlarida ishlov berishda Ru kuchi ta’siri ostida oldingi va orqa babkalarda ularning konstruksiyasidan bog‘lik bo‘lgan siqilishi vujudga keladi. Ishlov berishning boshida kesish kuchining barchasini orqa babka qabul qiladi, oxirida esa oldingi babka qabul qiladi, o‘rtasiga ishlov berishda kesish kuchi oldingi va orqa babkalarga bir xil taqsimlanadi. Oldingi va orqa babkalarni deformatsiyalanishi detalni egilishiga qaraganda kichik qiymatni tashkil qiladi.
Ishlov berish aniqligini ta’minlash uchun kesuvchi asbob va moslama konstruksiyasi etarlicha bikrlikka ega bo‘lishi kerak. SHu maqsadda ba’zi hollarda qo‘shimcha tayanchlardan ham foydalaniladi.
Dastgohlarni noto’g’ri o’rnatishdan deformatsiyalanishi, shuningdek, ular massalarining ta’siridan fundament cho’kishi (stanina va stollar egilib qiyshayishi, yo’naltirgichlar buralishi) zagotovkalarga ishlov berishning qo’shimcha sistematik xatoliklarini keltirib chiqaradi.
Bo’ylama–randalash va bo’ylama–frezalash dastgohlari fundamentining cho’kishi natijasida, uzunligi 8–12 metr bo’lgan yo’naltirgichlarining to’g’ri chiziqlilikdan chetga chiqish miqdori 3–4 mm oralig’ida bo’ladi. Yuqorida ko’rsatilganidek bu xatolik normasi yangi dastgohlar uchun 0,08 mm dan oshmasligi zarur. Yo’naltirgichlarning buralishi ishlanuvchi zagotovkalarga o’tib, ishlov beriladigan yuzalarning to’g’richiziqlilikdan va tekislilikdan chetga chiqishiga olib keladi. SHuning uchun dastgohlarni fundamentga o’rnatishda ularni o‘z og’irligi ta’sirida deformatsiyalanishini oldini olish choralarini ko’rish kerak. SHu maqsadda turli ko’rinishdagi rostlovchi oyoqchalardan foydalanish tavsiya etiladi.


    1. Download 236,59 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish