Dialektal antonimlar
Dunyo yaralibdiki, bir-biriga zid tushunchalar va narsalar mavjud. Doimo biri ikkinchisi bilan raqobatdadir. Ana shu zid tushunchalar bizga hamisha yaxshi va yomonni farqlashga yordam beradi. Aytayotganimiz zidlik leksemalar ma’nosi o‘rtasida ham kuzatiladi va bu ma’no zidligi hodisasi antonimlik deyiladi.
Lahja va sheva materiallaridagi leksikada antonimlar ham ma'lum o‘rinni egallaydi. Bu so‘zlar ma'nolari jihatidan bir- birlariga qarama – qarshi bo‘lgan tushunchalarni ifodalovchi so‘zlardan tashkil topgan bo‘lib, narsa, hodisa va ularning belgilarini solishtirib ko‘rish, bir – birga qarama–qarshi ko‘rsatish, fikrlarni ta'sirchan ifodalash vazifalarini bajaradi. Antonim so‘zlar lahja va shevalarda ham bir – biriga qarama – qarshi tushunchalar birligini ifoda etish bilan uslubiy vosita sifatida qo‘llanadi.
Antonimlar ham xuddi sinonimlar kabi so‘zlarning ma'no munosabati asosida ma'lum birlikni hosil qiluvchi hodisadir. Antonim so‘zlar o‘zbek adabiy tilida hamda shevalarida keng qo‘llaniladigan so‘z turlaridan biridir. Antonim so‘zlar ham turli so‘z turkumlariga oid bo‘ladi. Tekshirilayotgan sheva leksikasida ham sifat, ravish, ot va fe'l so‘z turkumlariga oid antonimlarni uchratdik.M: siɳak - pössiq (sif.); ājdin - zimistān(ot); qitti - köpäläj (ravish); ešdi - bāɣladi ( fe'l);
Sifat so‘z turkumidagi dialektal antonimlar
Asosan, sifat antonimlar sifat ifodalaydigan belgi-xususiyat, rang-tus, maza-ta'm, o‘rin-payt, shakl, narsa, holat, hodisalarning belgisini ifodalashga xizmat qiladi. Ular quyidagilar:
1. Kishilarning xarakter-xususiyatlarini bildiruvchi dialektal sifat antonimlar
böš-tetik. böšsän-dä, Fäjzüllājān, hämmäni äjtgänini qileveräsän. ( bo‘shsan-da, Fayzullajon, hammaning aytganini qilaverasan)
čimxör- közoch . Čimxör ātä-ānäni bäčäsijäm čimxör bölädi.(chimxo‘r ota-onani bolasiyam chimxo‘r bo‘ladi.) Chimxo'r - ovqatni tanlab, kam-kam yeydigan insonlarga nisbatan ishlatiladigan sifat bo‘lsa, bu so‘zning antonimi ko‘zoch - yesa ham to‘ymaydian, yebto‘ymas kimsalarga nisbatan qo‘llandigan sifat antonimidir.
semiz-ärriq. ärriq mālni semirtirib sātsāɳ jäxši fājdä qālädi.(oriq molni semirtirib sotsang, yaxshi foyda qoladi.) Gap tarkibidagi arriq sifati adabiy tildagi oriq sifatiga mos keladi. Oriq so‘zi tarkibidagi o unlisi a ga almashgan va r undoshi geminatsiya hodisasiga uchragan ya'ni bu undosh takrorlangan.
2. Narsa, hayvon-jonivor, holat-hodisalar xususiyatini ifodalovchi dialektal sifat antonimlar.
Könä-jäɳi. Könäni jämägänčä esiɳ ketädi (eskini yamagacha esing ketadi (maqol)
issiɣ-sävuɣ. issiɣ-sävuɣ ä:qāt töjdä färqlänmäs. (Issiq- sovuq ovqat to‘yda farqlanmas.)
Jämān-jäxši. Jämān bilän jürdim qāllim üjātgä. (Yomon bilan yurdim qoldim uyatga)
3.Hajm-olchov, masofani bildiruvchi dialektal sifat antonimlar
Peškä-pājgä— Me:mānni žājï peškä, mezbānniki pājgä ( Mehmonni joyi peshka, mezbonniki poyga);
Jäqin-uzāɣ— üzāɣdägi xešlädän jäqindägi hämsüjä jäxši.(uzoqdagi qarindoshdan yaqindagi qo‘shni yaxshi)
4. Shakl bildiruvchi dialektal sifat antonimlar
Daroz- kalta, siɳäk- pössiq . Pössiq nānni jāsh bäčäčälä jäxshi jijdi. (Yumshoq nonni yosh bolalar yaxshi yeydi). Yuqoridagi gapda qo‘llangan po‘ssiq sifatida o‘rganilayotgan tuman shevasida yumshoqqina ma'nosida non va non mahsulotlariga nisbatan ishlatiladi. Va ushbu leksema antonimi esa yupqa, ingichka,semiz bo‘lmagan ma'nosini anglatuvchi siɳäk // singak so‘zidir.
päs-bälän — Bü bäčäm, jāš hāli , päs-bälänni bilmäjdi.(bu bacham, yosh hali, past - balandni bilmaydi)
5. Maza - ta'm bildiruvchi dialektal sifat antonimlar
Türš - širin . Xäsäki gilās šünäj türšligidän āɣzingni süvi čiqib ketädi.(xasaki gilos shunday turshligidan og‘zingni suvi chiqib ketadi)
äqrävä -širin. Ä:qātni širin qilämän, deb kättä ketip,enni äqrävä qilib ötiripsänku: (ovqatni shirin qilaman, deb katta ketib, endi sho‘r qilib o‘tiripsankuu!)
Do'stlaringiz bilan baham: |