Dialektal omonimlar
Tildagi shakldosh so‘zlar ko‘pgina olimlarning diqqatini tortgan qiziqarli leksik qatlamlardan sanaladi. U adabiy tilni, jumladan, badiiy asar tilini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Tilshunoslikda shakldoshlik masalasiga baho berishda ikki xil qarash mavjuddir. Ba'zi olimlar shakldoshlikni ijobiy baholasalar, ba'zilar unga qarshi «urush» e'lon qilishadi. Biz birinchi fikr tarafdorimiz va uni to‘laligicha qo‘llab - quvvatlaymiz. Chunki shakldosh so‘zlarga ijodiy yondoshish tilshunoslikdagi bir – bir to‘g‘ri yo‘ldir.Buni tilimizning tarixiy taraqqiyot yo‘llarini belgilovchi yodgorliklar ham to‘la tasdiqlaydi.Ayniqsa, Alisher Navoiy va uning zamondoshlarining asarlari bu sohada yuksak namunadir. Agar turkiy tillar tarixiy taraqqiyotiga nazar solinsa, tilda ularning hosil bo‘lishi umumiy leksika qonuniyatlaridan biri ekanligi ma'lum bo‘ladi. Demak, shakldosh so‘zlarning mavjudligi tilning so‘z jihatidan, ayrim kishilar o‘ylagandek, kambag‘alligini ko‘rsatmasdan, balki ular tilni boyitish, yangi so‘zlar yasash uchun baza bo‘lib xizmat qiladi. O‘zbek tili lahja va shevalarida shakldosh so‘zlarning o‘zaro ma'nolarini farqlash, ularning vujudga kelishi va ma'nolari o‘ziga xos xususiyatga ega. Bundagi o‘ziga xos xususiyatlardan biri shuki,shevalarda u yoki bu omonim adabiy tildagiga nisbatan ko‘proq ma'nolarga ega.
O‘zbek tili va shevalarida so‘zlarning shakl va ma'no munosabatiga ko‘ra turlarining barchasi faol qo‘llaniladi. Bu fikr omonimlarga ham tegishlidir. O‘zbek tili va shevalari omonim so‘zlarga nihoyatda boy. Omonimlar, asosan, tilimizni boyitishda, yangi so‘zlar yasashda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. Shu bilan bir qatorda badiiy adabiyotda tuyuq janrining vujudga kelishiga asos bolgan.
Bir xil talaffuz qilinadigan, shakli va yozilishi bir xil, ma'no jihatdan ikki yoki undan ortiq ma'noga ega bo‘lgan so‘zlar omonim so‘zlar deb ataladi. Omonim so‘zlar, asosan, fikr mazmuniga qarab qaysi ma'noda kelayotganligi aniqlanadi.
Ma'lumki, o‘zbek shevalarida so‘z ma'nolarining kengayishi tilning ichki imkoniyatlari asosida yangi ma'noli so‘zlarning hosil bo‘lishi, so‘z shakllarining qisqarishi hamda omonimlarning vujudga kelishiga sabab bo‘ladi20
Hozirgi o‘zbek adabiy tiliga nisbatan shevalarda omonimlar ko‘p ma'no qirralariga egadir. G‘ijduvon shevasidagi shakldosh so‘zlarning ko‘pchiligi leksik omonimlardir.Masalan: (G‘ij.sh.) Däm (hordiq), däm (jim turmoq), däm(nafas), däm (havo); jāɣlämä - harakat, pätirni köp jāɣlämä (patirni ko‘p yog‘lama; jāɣlämä - belgi, qäzān jāɣlämä bögän(qazon yog'lama bo‘lgan) ; hälqä - zirak
Hälqäsi tüšip qālli,
Ötirdi jiɣlämāqqä. (Bolalar qo‘shiqlaridan)
hälqä - aylana temir, qojlägä ekki jüztä hälqä äjtdik ( qo‘ylarga ikki yuzta halqa buyurdik)
Omonimlar turli xil so‘z turkumiga mansub bo‘ladi. Omonimik qatorda ma'no shakllarining kengayishi adabiy til va sheva so‘zlarining o‘zaro shakl jihatdan mos kelishi natijasida yuzaga chiqadi. Shu jihatdan olib qaraydigan bo‘lsak omonimlar quyidagi so‘z turkumlaridan hosil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |