Istiqlol tufayli har bir jabhada, xususan, ma’naviy qadriyatlarga hamda so‘z san’atiga nisbatan munosabat tubdan o‘zgardi


Insonlarning tana a’zolari nomlarini ifodalovchi dialektal so‘zlar



Download 114,99 Kb.
bet20/36
Sana06.04.2022
Hajmi114,99 Kb.
#532426
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   36
Bog'liq
snoskali 3tabob

6.Insonlarning tana a’zolari nomlarini ifodalovchi dialektal so‘zlar
Insonlarning tana a’zolari bir xil bo‘lib, ularni atab keladigan nomlar bo‘lishiga qaramasdan, turli sheva vakillari nutqida u nomlar fonetik o‘zgarishlar, yoxud boshqa nomlar bilan ham atalishi mumkin. Boldir suyagining pastki uchidagi yon tomonga turtib chiqqan do‘mboq qismi o‘zbek tilining izohli lug‘atida to‘piq deb yuritiladi. Buxoro viloyatining G'ijduvon tumanida yashovchi insonlarning nutqida esa insonning bu tana a’zosi büžilik // bujilik deb yuritiladi.
Oyoqning tizza bilan to‘piq orasidagi qismi adabiy tilimizda boldir deyilsa, ushbu sheva vakillarida boldir leksemasi bilan yondosh äjāq qārinčäsi // oyoq qorinchasi leksik birligi qo‘llanadi. Jimjiloq leksemasi-adabiy tilimizda qo‘l yoki oyoqning beshinchi, eng kichik barmog'iga nisbatan ishlatiladi. G‘ijduvon shevasida esa lilikčä // lilikcha leksemasi qo'llanadi. šānä(shona)-ikki orqa yelka orasidagi kurak qism.Bir zäjldä egilib išlägändän šonälärim öɣräb ketädi. Šündä his qilämän tiküvčilik qänčälik öɣir iš ekänligini.
Čäkäk(chakak) - jag‘ . Og‘izning pastki qismi. Bu leksema G‘ijduvon shevasi vakillari orasida asosan salbiy ma'noda qo‘llanadi. Bu leksik birlik bilan bog‘liq bir qancha iboralar ham mavjud. Čäkägi bäqvät // chakagi baqvat, čäkägi ārām āmäjdi //chakagi orom omaydi. Bu iboralar haddan tashqari ko‘p gapiradigan kishilarga nisbatan ishlatiladi. Mänäg(manag)-og‘iz. Bu leksema o‘zbek tilining izohli lug‘atida uchratmaymiz. Mänäg // manag leksemasi čäkäk // chakak so‘zi bilan ma'nodosh bo‘la oladi. Shuning uchun birining o‘rnida boshqasi qo‘llansa ham ma'no o‘zgarmaydi, saqlanib qoladi.O‘rganilayotgan tuman shevasi aholisi nutqida faol qo‘llanadi. Ayniqsa, ko‘p gapiradigan , gapirib charchamaydigan insonlarga nisbatan ko‘proq bu leksema ishlatiladi. Mänägiɳ ārām āmäjdijej,münčä gäpiɳ köp.(Managing orom omaydiyey,muncha gaping ko‘p). Mänägiɳgä ät tepsin/managingga ot tepsin leksik birligi esa bu sheva vakillari orasida qarg‘ish,haqorat so‘z ma'nosida qo‘llanadi. Mänägiɳgä āt tepkür,čäkägiɳ däm ālädimi , özi? ālip berdim-kü, hämmä nersäɳni.(managingga ot tepkur,chakaging dam oladimi, o‘zi? Olib berdim-ku hamma narsangni)
Kift - Gavdaning bo‘yindan qo‘lgacha bo‘lgan qismi; yelka. Kiftiɳni tikkä tütib jürmäsaɳ, hökäk bolib qāläsän.( Kiftingni tikka tutib yurmasang , ho'kak bo'lib qolasan.)
Mäjnä // mayna - bosh, kalla. Qulāɣ-mäjnämni tämām qilliɳ-ku, jiɣištir tinɣir-tinɣiriɳni.(Qulog‘-maynamni tamom qilling , yig'ishtir ting'ir-ting'iringni.)
Lünž // lunj - yuzning pastki qismi; lab.Og‘iz dahlizining ikki yon qismi va uning tashqi tomoni. Bäčäčälä lunžlärini šiširib,šär širip kelāpti ekän. (Bolachala lablarini shishirib, shar shirib kelyapti)
Yigitlar va qizlarning peshonasidagi kesilgan sochi bugungi kunda shahar shevalarida rus tilidan kirib kelgan čӧlkä // cho‘lka so‘zi orqali ifodalanadi. G‘ijduvon shevasida esa piččä // pichcha deyiladi. Piččäɳni jiɣištirib,pešönäbändiɳni boɣläb ke mäni āllimga. (Cholkangni yig‘ishtirib, ro‘molingni bog‘lab kel meni oldimga) Shu o‘rinda shuni aytib o‘tish joizki, Mahmud Qoshg‘ariying “Devoni lug‘oti turk” asarida qizlarning peshonasiga kesilgan sochi kesma deb atalishi yozib qo‘yilgan. Demak, bugun aholi nutqida qo‘llanayotgan cho‘lka so‘zi o‘rnida qo‘llanishi mumkin bo‘lgan, sof turkiy kesma leksemasi mavjud.

Download 114,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish