Istiqlol tufayli har bir jabhada, xususan, ma’naviy qadriyatlarga hamda so‘z san’atiga nisbatan munosabat tubdan o‘zgardi


Ovqat nomlarini ifodalovchi dialektal so‘zlar



Download 114,99 Kb.
bet19/36
Sana06.04.2022
Hajmi114,99 Kb.
#532426
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   36
Bog'liq
snoskali 3tabob

5. Ovqat nomlarini ifodalovchi dialektal so‘zlar
Hayotda oziq-ovqatdan ko‘ra muhimroq va ko‘p muhokama qilinadigan mavzuni topish qiyin. Ovqatlanish ommaviy axborot vositalarida ham, kundalik hayotda ham katta ahamiyatga ega. Ushbu mavzu ko‘p qirrali va tugatib bo‘lmaydigandir. Quyida ovqat nomlarini G‘ijduvon shevasida uchrab turadigan variantlarini keltirdik va ularni turli jihatalariga qarab tasniflashga harakat qildik.
Širbirinž // shirbirinj - shirguruch. Sut va guruhdan tayyorlanadigan sutli ovqat. Keksalar va bolajonlarning sevimli taomi;
Ömoč // o‘moch - oshbiyon marosimining maxsus sutli ovqati. Qattiq qilib xamrosh qoriladi va go‘shkuvakda mayda qilib chopiladi. Qaynab turgan sutga shu maydalangan xamirni, mosh va turshak solib pishiriladi;
Birinžovä // birinjova - suvda qayab pishgan guruchga qatiq aralashtirib tayyorlanadigan ovqat turi;
Čälmä // chalma - qovoq,piyoz va un aralashtirib tovada pishiriladigan yegulik;
Qäräčāj // qarachoy - damlangan choyga saryog‘, tuz-murch solib non bo‘ktirib yeyiladigan taom. uyda yegulik hech narsa bo‘lmaganda trz tayyorlab yesa bo‘ladigan yegulik turlaridan birining nomini ifodalaydigan so‘z;
Šölä // sho‘la - shavla. Bu taom nomi ham fors- tojik tilidan o'zlashgan bo'lib, guruchdan tayyorlangan yumshoq osh. Go‘sht, sabzi,piyoz va guruch solib pishiriladigan bo‘tqasimon ovqat;
Bičäk // bichak - Xamir ichiga qovoq, go'sht yoki xohlagan ko'katlar solib tayyorlanadigan, yog‘da yoki tandirda pishiriladigan yegulik;
Sämbösä // sambo‘sa - xamir ichiga qiyma solib,yog‘da qovurib tayyorlanadigan yegulik. bu ot fors tilida “tish” ma’nosini anglatadigan [senn] oti bilan, “oʻpich” ma’nosini anglatadigan [buse] otidan tuzilgan [sombuse] oti boʻlib, ba’zi fonetik oʻzgarishlar asosida tojik tili lugʻatiga “samboʻsa, sanbusa” shaklida kiritilgan .Oʻzbek tiliga tojikcha samboʻsa shakli s tovushidan keying a tovushini o tovushiga almashtirib, boʻ tovushlarini tashlab, somsa shaklida olingan; aslida bu “tishoʻpar” ma’nosini anglatgan boʻlib, oʻzbek tilida “xamirli kichik doira shaklida yoyib, goʻsht yoki qovoq, piyoz toʻgʻramali solib, tugib, tandirda pishiriladigan taom” ma’nosini anglatadi.Ammo “samboʻsa” shakli Gʻijduvon va Vobkent kabi ayrim hududlarda qoʻllaniladi
qäjiš // qayish - xamirli ovqat turlaridan biri. Qayish soʻzining asl ma’nosi “teridan tayyorlanib belga taqiladigan, tasma shaklidagi belbogʻ” ma’nosini anglatadi . Taom nomlarida ham qayish nomi uchraydi. Bu taom xamiri yupqa yoyilib, tasmalardek kesilib va qaynagan suvga solinib tayyorlanadigan ovqat. Ushbu leksema semantik usulda yasalgan boʻlib, soʻzning shakli oʻzgarmay, faqat ma’nosi koʻchgan va shu ma’noni anglatgan. Bu taom Buxoro, Navoiy, Xorazm viloyatlarining ayrim hududlarida uchraydi.
Tüxümbäräk // tuxumbarak - bu taom ham xamirli ovqatlar turiga mansub, xamirli xaltachaga aralashtirilgan tuxum solib suvda pishiriladigan taom. Xorazm milliy taomi bo‘lib hisoblansa-da, bizning hududda ham bahor oylarida va katta tadbirlarda tayyorlanib,sevib tanovul qilinadigan ovqatlardan biridir. Xorazm shevasida bu taom yumurtabarak deb aytiladi.
Ɣeläk šörvā // g‘elak sho‘rvo - teftel sho‘rva. Go‘shtni qiymalab unga tuz, ziravorlar qo‘shib,dumaloq shaklga keltiriladi va sho‘rva ichiga solinadi. Sho‘rva taom nomi o‘zbek tiliga asli fors -tojik tilidan o‘zlashgan hisoblanadi.
Kävāp // kavop - G'ijduvon shevasida bu leksema go‘sht va kartoshkadan tayyorlangan qovurma ovqat, qovurdoq ma'nosini anglatadi. Boshqa bir hudud shevasi vakillari orasida bu kabob leksemasi go‘sht maydalanib ezilgan holda yoki ezilmagan holda sixga tortilib, ko‘mirning olovidagi qo'rachaga qo‘yilib, pishirib olinadigan ovqat turiga nisbatan ishlatiladi. G‘ij.shev. -Kechä chäqälāqni bijisi jüdā: bämäzä kävāp qilip kelipti ( kecha chaqaloqni buvisi juda mazali qovurdoq qilib kelibdi);
Qirmāč // qirmoch - sutning tagida kuyib qolgan qismi. O‘zbek tilining izohli lug‘atida bu so‘z pishirilayotgan ovqatning qozon tagiga yopishib qolgan yoki kuygan qoldig‘iga nisbatan ishlatiladigan so‘z sifatida talqin qilingan.
Qor // qo‘r - Sutni qatiq qilish uchun unga solinadigan tomizg‘i. Miroqi shevasida tomizg‘i leksema ko‘nargi sifatida ishlatiladi. Andijon shevasida esa uyutqi tarzida faol qo‘llanadi.Čäkkä(chakka)-suzma. Ivitilgan qatiqni zardobini olish bilan tayyorlanadigan sut mahsuloti. Ba'zi shevalarda chakki tarzida ham qo‘llanadi.
Köftä // ko‘fta - qiyma shashlik. Qo‘rada pishiriladigan shashlik turlaridan bir.
Ɣärmä // g‘arma - aza marosim ovqati. Marhum odamning qirq marosimida kayvoni tomonidan qilinadigan ovqat turi. Ettägä xādim bijini äjttiɳmi, Ɣärmä qiliš keräk (ertaga kayvonini ayttingmi, g‘arma qilish kerak.)
Göšbäräk // go‘shbarak - chuchvara. Xamirli ovqat turlaridan biri. So‘zlashuv tilida va ba'zi bir shevalarda pilmen shakli uchraydi. Bu leksema taribidagi barak so‘zi ham fors-tojik tilidan bizga o‘zlashgan. Xorazm va Qoraqalpog‘iston hudud shevalarida faqat barak so‘zining o‘zigina chuchvara ma'nosini anglatadi.
ɣolinob // g‘o‘linob - o'rik sharbati. Quritilgan turshak qaynagan suvga solib, bir necha soat tindirib qo‘yib so'ng ichiladigan sharbat.
Sāč hälvā // soch halvo - holva turining nomi. Holva - bu arabcha leksema boʻlib, halvai shakliga ega Oʻzbek tiliga ikki shaklda qabul qilingan: holva, halvo. Ushbu leksema “shirin, yoqimli boʻldi” ma’nosini anglatuvchi halva fe’lidan hosil qilingan boʻlib, oʻzbek tilida “un, shakar, yogʻdan, ba’zan kunjut, magʻiz qoʻshib tayyorlanadigan shirinlik” ma’nosini anglatadi. Xalq ogʻzaki ijodi sanalmish maqollarda ham quyidagacha ishlatiladi: “Sabr qilsang, gʻoʻradan halvo bitar”, “ Holva degan ogʻiz chuchimas”. “Suvdan holva yasamoq” iborasi esa boʻlmaydigan ishga urinmoq ma’nosida qoʻllaniladi.
Hälsä // halisa - halim. Bu taom odatda Navro‘z bayramida xalqqa tarqatish uchun ko‘pchilik yig‘ilishib qilinadi. Ba'zi vaqtlarda xayri -xudoyi berish maqsadida bir oila tomonidan qilinib qishloqdoshlariga tarqatiladi.
Ätälä // atala– unni qozonda qovurib, yog‘ qo‘shilib, keyin suv bilan qaynatib tayyorlanadigan yengil hazm bo'luvchi suyuq ovqat . Bu leksema ma’no taraqqiyoti natijasida “suyuq narsani choʻmich bilan toʻlgʻamoq” ma’nosini anglatuvchi atala –fe’lidan oʻsib chiqqan .
Mästävä // Mastava – suyuq ovqat turi. bu leksema “qattiq” ma’nosini anglatuvchi tojikcha most oti bilan “suv” ma’nosini anglatadigan ob otidan tuzilgan birlikka -a qoʻshimchasini qoʻshish orqali hosil qilingan boʻlib, oʻzbek tiliga ayrim fonetik oʻzgarishlar asosida qabul qilingan hamda “qatiq solib ichiladigan guruchli ovqat” ma’nosini anglatadi.
Qayd qilish kerakki, ayrim taom nomlari oʻzbek tilining fonetik va grammatik qonun-qoidalariga moslashib, oʻzbek tilining oʻz leksemalari kabi taassurot qoldiradi.Oziq-ovqat nomlari ham til leksikasini boyituvchi manbalardan biridir. Bu nomlarni etimologik va tarixiy nuqtayi nazardan tahlil qilish shundan dalolat beradiki, uning tarkibida sof oʻzbekcha atamalar bilan bir qatorda, arab, fors-tojik, rus va boshqa tillardan oʻzlashgan soʻzlar ham anchagina. Bular xalqimizning boshqa xalqlar bilan iqtisodiy va madaniy aloqalari natijasidir.Oʻzbek tilshunosligida tarmoq atamalari bir muncha oʻrganilgan sohalardan biri hisoblanadi. Taom nomlari ham ba’zi ilmiy ishlarning oʻrganilish obyekti boʻlgan. Shunday ekan, oʻzbek shevalaridagi kundalik iste’mol uchun tayyorlanadigan, toʻy, bayram va boshqa xalq marosimlar uchun maxsus tayyorlanadigan, mavsumiy, ya’ni yilning ma’lum fasllaridagina tayyorlanadigan, tayyorlash usuli unutilayotgan yoki masalligʻ noyob, ba’zi ba’zidagina tayyorlanadigan betob boʻlganda yoki ishtahasi qirqilganda shifo boʻladigan taom nomlarini, shuningdek, shirinlik, qandolat va ichimlik nomlarini tadqiq etish oʻzbek tili lugʻat tarkibining unutilayozgan til elementlarini, oʻzbek shevalari bisotidagi lugʻat boyliklarini, shuningdek, til tarixidagi noaniq leksik-gramatik hodisalarni oʻrganish uchun imkon yaratadi.

Download 114,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish