Istiqlol tufayli har bir jabhada, xususan, ma’naviy qadriyatlarga hamda so‘z san’atiga nisbatan munosabat tubdan o‘zgardi


II bob. Sheva leksikasining lug'aviy-ma'noviy guruhlari



Download 114,99 Kb.
bet15/36
Sana06.04.2022
Hajmi114,99 Kb.
#532426
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   36
Bog'liq
snoskali 3tabob

II bob. Sheva leksikasining lug'aviy-ma'noviy guruhlari.
2.1 G‘ijduvon shevasi leksikasining leksik-semantik guruhlari
Sheva leksikasining leksik -semantik guruhlari haqida 2012-yilda nashr qilingan "O‘zbek dialektologiyasi" nomli o‘quv qo‘llanmada15 fikr aytilgan. Biz fu fikrga qo‘shilamiz va G‘ijduvon shevasi leksikasining xususiyatlarini misollar bilan berishga harakat qildik.Shevadagi uy-ro‘zg‘or buyumlari,oziq-ovqat,kiyim-kechak nomlarini sheva xos dialektal so‘z sifatida keltirilib, uning transkripsion ko‘rinishini va adabiy tildagi shakli va ma'nosini keltirib, shu dialektal so‘z qo‘llanilgan biror gapni namuna sifatida qayd etib o‘tishni rejalashtirganmiz.O‘zbekiston hududida yashovchi sheva vakillari xonadonida ro‘zg‘or yuritish tartibi, ko‘pincha bir xillikka ega bo‘lsa-da, o‘ziga xosligi bilan ham ajralib turadi. Bu hol, birinchidan, o‘zbek adabiy tili va shevalarida uy-ro‘zg‘or buyumi nomlarining umumiy bo‘lgan nom bilan atalishiga olib keldi. Bunday atamalar jumlasiga quyidagilarni misol keltirib olishimiz mumkin.
Tabiiyki, bu so‘zlar har qaysi sheva vakilarining o‘z talaffuz me’yorlariga moslashtirilgan holatda bo‘ladi. Masalan: sandiq // sondiq, pichoq // pichaq, tog‘ora // tag‘ara, kosa // kasa, piyola // piyala, sochiq // chachiq // sachoq, g‘alvir //g‘olvir, yastuq//yostiq,tokcha // takcha // dakcha, bigiz // biyiz va boshqalar.
Ikkinchidan, yuqorida ta’kidlangan omillarga ko‘ra u yoki bu sheva vakili xonadonida ishlatilayotgan uy-ro‘zg‘or buyumlari boshqa sheva vakillari xonadonida boshqacha aytilishi mumkin. Shuningdek, u yoki bu hududdagi shevada ishlatilayotgan uy-ro‘zg‘or buyumlari nomi boshqa ma’noni anglatishi ham ko‘zga tashlanadi. Fikrimizni Buxoro viloyati G‘ijduvon tuman shevasi misolida isbotlashga harakat qildik.
1. Uy-ro‘zg‘or buyumlarini ifodalovchi dialektal so‘zlar.
Čölpi // Cho‘lpi – simdan to‘qilgan, ugra, shilpildoq kabi xamir ovqatlarni suzib olish uchun ishlatiladigan cho‘michsimon ro‘zg‘or asbobi . Pilmenlärim ätälä bömästän čölpini ālip ke! Süzib ālaylik.(chuchvaralarim atala bo‘lmasdan cho‘lpini olip kel, suzib olaylik) Bitānčä // Bitoncha - suyuq ovqat solinadigan idish.Ä:qātni bitānčägä etsäɳ tökilmäjdi. (Ovqatni bitonchaga eltsang to‘kilmaydi)
Čājnik/ choynik - Choy ichish uchun qaynagan suv solinadigan idish nomi. Čājnikni čāji ilimsig' bölipti, üni täšä enni. Bäšqättän dämlä qäjnāɣidän.(choynikni choyi ilimsig' bo'lipti, uni tasha enni. Bashqattan damla qaynog'idan)
Pečka/Pechka- uyni isitish uchun maxsus qurilgan qurilma yoki elektir kuchi bilan ishlaydigan asbob nomi. Rus tilidan o‘zlashgan so‘z. Pečkägä ötin žojlä, üj sävipti. (Pechkaga o'tin joyla , uy sovibdi)
Palāsča // paloscha - gilamning kichigi, patsiz gilam.Bu so'z ba'zan pälās/ palos ham deyiladi.Süpägä Palāsča täšaɳlä, jäxši žoj böladi.(supaga paloscha tashangla,yaxshi joy bo'ladi)
Žörāb / / jo‘rob - hovli joylarni supurish uchun ishlatiladigan uy anjomi. Adabiy tilda supurgi debataladi. Ba'zi bir boshqa sheva vakillari nutqida bu leksema shipiri tarzida qo'llanadi. Alisher Navoiy asarlari lug'atida ham aynan shu jo'rob leksemasi ishlatilgan. žörāb bilän jäxšiläp su:läp-su:läp sipirsäɳ čäɳimäjdi(supurgi bilan yaxshilab suvlab-suvlab sipirsang, changimaydi)
Lӓgӓn // lagan so‘zi adabiy tilda va boshqa voha sheva vakillarida quyuq taom solish uchun mo‘ljallangan, likopdan katta yassi idish ma’nosini anglatadi. G‘ijduvon shevasida esa bu ma’noni ifodalash uchun täväɣ // tavag‘ so‘zi qo‘llaniladi. Lagan so‘zi bu sheva vakillari nutqida kir yuvish uchun ishlatiladigan idishga nisbatan qo‘llanadi. Kӓttӓ lӓgӓngӓ hämmä mäɣzäväläni sālip čäpānläni jüvišni bāšlä.( katta laganga hamma mag‘zavalani solib choponlani yuvishni boshla). Xamir qilish uchun mo‘ljallangan, oshxona anjomi ham ushbu sheva vakillarida xämir lägän deyiladi. Adabiy tilda esa bu vazifani bajaruvchi oshxona anjomi tog‘ora deyiladi.
Nānpär // nonpar - bu leksema ham shevaga xos bo‘lib, nonni tandirga yopishdan oldin turli gullar bilan bezak berilgan bu uy anjomi bilan non ustiga urib chiqiladi. Bu so‘z adabiy tilimizdagi chekish so‘ziga to‘g‘ri keladi. Ba'zi bir qishloq shevalarida bu uy anjomini tikäč // tikach deb atash ham keng tarqalgan. Nānpärimni tāpāmäyāpmān, nānim šüxläb ketti.(nonparimni topolmayapman, nonim shuxlab ketti)

Download 114,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish