Istiqlol tufayli har bir jabhada, xususan, ma’naviy qadriyatlarga hamda so‘z san’atiga nisbatan munosabat tubdan o‘zgardi


Insonlarning xarakter-xususiyat va shakl ko'rinishini ifodalovchi dialektal leksemalar



Download 114,99 Kb.
bet21/36
Sana06.04.2022
Hajmi114,99 Kb.
#532426
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   36
Bog'liq
snoskali 3tabob

7. Insonlarning xarakter-xususiyat va shakl ko'rinishini ifodalovchi dialektal leksemalar
Har qanday madaniyat, odamlar va sivilizatsiyalar ma'lum bir xulq-atvor doirasiga ega. Inson jamiyatdan tashqarida mavjud bo‘lolmaydi. Bolaligidanoq bola atrof-muhit - oila, bolalar bog‘chasi, maktab talablariga moslashishi kerak. Voyaga etgan odamga turmush o‘rtog‘idan tortib siyosat, din, ijtimoiy qatlam kabi ko'plab ijtimoiy kuchlar ta'sir qiladi. Insonning xarakteri beixtiyor jamiyat talablariga moslashadi.
Adabiy tilimizda qancha yesa ham to‘ymaydigan, yoki ko‘p ovqat yeydigan insonga nisbatan ochko‘z atamasi qo‘llaniladi. G‘ijduvon shevasida esa ochko‘z so‘ziga sinonim sifatida bädnäfs // badnafs, ko‘zoch so‘zi qo‘llaniladi. Bu so‘z faqatgina yebto‘ymas ma’nosida emas, ba’zi bir kontekstual matnlarda ziqna, xasis ma’nolarida ham keladi.
Ba’zida o‘zimiz istamagan holatda kimgadir tanbeh berishga majbur bo‘lamiz, shunda beixtiyor qo‘pol so‘zlardan foydalanib qo‘yamiz. G‘ijduvon shevasida qäššäɳ // qashshang leksikasi qancha gap gapirsa ham, gap ta’sir qilmaydigan, birovni aytganini qulog‘iga ilmaydigan odamga ta’rif berishda ishlatiladigan sifatlardan biridir: Gӓpӓm tӓ’sir qimäjdi bu qulāq qäššaɳgä,nima dijāpsän demäjdi. (Gapam ta'sir qimaydi, bu quloq qashshangga, nima diyopsan demaydi.)
Adabiy tildagi laganbardor sifati G‘ijduvon tumani aholisi tilida lägänčä // lagancha so‘zi bilan ifodalanadi. Bu leksema o‘z manfaati uchun boshqalar oldida o‘zini juda tuban tutib, unga xushomad qilishga tirishadigan pastkash, xushomadgo‘y odamga nisbatan qo‘llandi. Ba'zi hollarda lägänčälik qilāpti // laganchalik qilopti leksik birligi ham aynan shunday vaziyatlarga nisbatan qo‘llanadi.
Insonlarning salbiy xususiyatlaridan yana biri G‘ijduvon shevasida Bepäčāl // bepachol deb nomlanadi. Bu so‘z bo‘lar-bo‘lmasga kuladigan, o‘rinsiz xazil qiladigan, gapiradigan gapining maza-matrasi bo‘lmagan odamga nisbatan ishlatiladigan leksik birlik bo‘lib, bu leksemani o‘zbek tilining izohli lug‘atida ham uchratmaymiz. Äkbär bepäčāldäj päč āčmä, tur jāqäl, išiȠni bilib-bilib qil,hāzi piräräb kesä jänä gäp ešitäsän (Akbar bepacholday pach ochma, tur yoqal, ishingni bilib bilib qil, hozir boshliq kesa yana gap eshitasan.)
Ovqatni tanlab, oz-oz yeydigan, har qanday ovqatni yeyavermaydigan insonlarga nisbatan čїmxor // chimxo‘r atamasi qo‘llanadi. Ko‘p sheva vakilarida bu so‘z, asosan, hayvonlarga nisbatan ishlatiladi, ammo o‘rganilayotgan sheva vakillari nutqida esa faqat insonlarga nisbatan qo‘llanadi. Diliš čimxorligiȠdän qurib ketgäniȠni qärä,bāsip-bāsip ye qäni hämmä närsäni,üč ājgä tiqmānčädäj böläsän. (Dilish chimxo‘rligingdan qurib ketganingni qara, bosib-bosib ye qani hamma narsani, uch oyga tiqmonchaday bo‘lasan.)
Yuqoridagi gapimizda qo'llangan tiqmānčädäj // tiqmonchaday leksemasi adabiy tilimizdagi tiqmachoqday so‘ziga to‘g‘ri keladi. Buning ma'nosi yetilib to‘lishgan; bo‘liq, semiz, lo‘ppi. G‘ijduvon shevasi vakillari orasida tiqmonchaday so‘zi ko‘p hollarda hayvonlarga(ba'zan insonlarga),ya'niki, semirtirish uchun boqiladigan, semiz hayvonlarga nisbatan qo‘llanadi.
Insonlar nutqida ham ko‘zning xususiyatlari, uning fiziologik va biologik tuzilishi uchun ham u bilan yonma-yon ishlatiladigan turli xil sifatlar talaygina.Ko‘r- bu so‘zning asl ma’nosi o‘zbek tilining leksikografik manbalarida, ko‘rish qobiliyati yo‘q, so‘qir tarzida berilgan. O‘rganilayotgan hudud shevasi vakillari orasida bu leksema kishi ismlariga qo‘shib aytiladi. Bunaqa laqabli kishilar ko'radi ,ammo, ko'zida qandaydir nuqsoni borligi sababli shunday laqab bilan chaqiriladi.Kör Il:omni üjidän öttäläb čiqsäk, jöl yaqin boladi. (Ko‘r Ilhomni uyidan o‘rtalab chiqsak, yo‘l yaqin bo‘ladi.) Tadqiqotlarimiz davomida ,bu leksemani ba'zan ilon leksemasi bilan birga qo‘llash holatlariga duch keldik. Bunday laqabli odam ham ilondek o‘ta ayyor, ustomon,ham ko'zida biron nuqsoni borligi uchun shunday nomlangan.
G‘ijduvon hududida tub aholi ancha yillardan beri yashab kelayotgan insonlar hisoblanadi. Ammo cho'lli hududlarida chorvachilik qilish maqsadida boshqa yerlardan ko‘chib kelib o‘rnashgan qozoqlar va qirg‘izlar ham uchrab turadi. Mahalliy tub aholi ana shunday qozoqsifat, qirg‘izsifat ko‘rinishdagi kishilarga Közi qïsïq // ko‘zi qisiq leksemasini qo‘llashadi. Garchi shunday laqab bilan atalayotgan shaxs qozoqlardan bo‘lmasa-da, ko‘z shakli kichikroq,qisiqroq bo‘lganligi uchun ham shu laqab bilan chaqiriladi.
Kättä oɣiz // katta og‘iz - o‘ziga mos bo‘lmagan so'zlarni haddan oshirib so‘zlash, o‘zi qila olmaydigan ishni qila oladigan kishiday o‘zini ko‘rsatish, maqtangan odamga nisabatan qo‘llanadi. Kattalikchi leksemasi ham ushbu so'zning sinonimi sifatida ishlatiladi.
Xāmsemiz // xomsemiz-bu leksema ham inson shakl ko‘rinishini ifodalovchi so‘zlardan biri bo‘lib, yeb yotaverganidan semirib ketgan,ammo gavdasiga yarasha kuchi bo‘lmagan kishilarga nisbatan ko'p qo‘llanadi.
O‘rganilayotgan hudud shevasida odamlarning bosh tuzilishlariga qarab qo‘yilgan laqablar ham uchrab turadi. Masalan, bolaligida ko'p yiqilib tushgan, boshi ko‘p jarohat olganligi sababli boshi to‘rtburchakroq holatga kelib qolgan insonlarga nisbatan törbürčäkkällä/to‘rtburchakkalla laqabi qo‘llanadi.
Sheva vakillari nutqida yana shunday bosh bilan bog‘liq laqab uchratdikki, bu laqab bosh shakli bilan emas balki inson aqli bilan bog‘liq ekan. Kädikällä // kadikalla - adabiy tilimizdagi qovoqmiya leksemasiga to‘g‘ri keladi. Bu yerda,albatta, o'xshashlik bor. Kadi ya'ni qovoqning ichi bo‘sh,urib ko‘rilganda dup-dup etib ovoz chiqadi, bo‘shliq borligi bilinib turadi. Xuddi shunday kallasida hech vaqosi yo‘q, aqli yo‘q, bilim doirasi tor kishining boshi ichi bo‘sh qovoqqa o‘xshatiladi va Kädikällä/kadikalla laqabi bilan chaqiriladi.
Oɣzi šäläq // og‘zi shalaq - bu leksik birlik biror gapni yoki biror bir sirni saqlolmaydigan, og‘zida gap turmaydigan kishilarga nisbatan ishlatiladi. Hamma gapni og‘zi shalaqlik qilib aytib qo‘yadi. Adabiy tilimizdagi og‘zi yoki tili bo‘sh iborasiga to‘g‘ri keladi
Oɣzi kälöš // og‘zi kalo‘sh - bu keksema salbiy ma'noda ishlatiladigan leksik birliklardan biri bo‘lib,ko‘p tirjayib kuladigan kishilarga yoki ba'zi hollarda ayrim bir san'atkor, qo‘shiqchilarga nisbatan qo‘llanadi.
Jälämä tävüq // yalama tavuq - bir ishni eplolmaydigan,qo‘lidan tayinli ish kelmaydigan, bo‘shang odamga yoki bo‘lmasam bolalarga nisbatan qo‘llanadigan leksik birlik.
Āliftäji mägäzxor // oliftayi magazxo‘r - Kiyimiga va o‘ziga zeb beruvchi; satang, bashang. Bu birikma ma'nosi o‘zi oliftachilik qiladi-yu, lekin yegan narsasi magaz ya'ni chivin. Olifta bo‘lsa ham ba'zan o‘ziga yarashmagan past narsalar bilan o‘ralashadi. Bu birikma izofali birikma hisoblanadi. Izofali birikmalar o‘zbek tiliga fors-tojik tilidan o‘zlashgan. Izofalar fors-tojik tilida aniqlovchili so‘z birikmasi hisoblanadi. Izofali birikmalar ajratib yoziladi. Agar 1-so‘z unli bilan tugasa “yi”, undosh bilan tugasa “i” qo‘shiladi. Yuqoridagi birikmamizda 1-so‘z unli harf bilan tugagani uchun "yi'' izofasi qo‘shilgan.
Jegmäš // yegmash - birovni aytganini qilmaydigan faqat o‘zi to‘g‘ri deb bilganini qiladigan kishiga nisbatan qo‘lllanadi. Bu leksemani ham adabiy tilda uchratmaymiz.

Download 114,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish