ILMIY AXBOROTNOMA PSIXOLOGIYA 2019-yil, 6-son
176
4 nafarida (1 nafar o‘g‘il bola, 3 nafari qizlar) xususiyat sifatida, 2 nafarida ( 1nafar o‘g‘il, 1 nafar qiz) holat
sifatida o‘rta darajada shakllangan bo‘lsa, qolgan 34 nafar sinaluvchida (18 nafar o‘g‘il bola, 16 nafar qiz
bolalar) axloqiy norma sifatida, 13 nafarida (7 nafar o‘g‘il bola, 6 nafar qiz bolalar) xususiyat sifatida hamda 5
nafarida (3 nafar o‘g‘holat sifatida quyi darajada shakllanganligi ma’lum bo‘ldi.
Aybdorlik hissi barcha insonlarda bolalaik davridanoq turli yo‘llar bilan kattalar tomonidan ularda
shakllantirilganligi uchun bu his deyarli barcha insonlarda turli darajada uchraydi. Aybdorlik hissining quyi va
o‘rta darajasi shaxs hayot faoliyati uchun ko‘p muammolar keltirib chiqarmaydi, ammo u yuqori darajada
shakllanganda xoh u axloqiy norma sifatida bo‘lsin, xoh xususiyat yoki holat sifatida bu shaxs hayotida ko‘pgina
muammolarni keltirib chiqarishi, shaxsning tinch va osuda hayotiga putur yetkazishi mumkin.
Aybdorlik hissidan qanday qutulish mumkinligini tushunish uchun quyidagilarni bilish va esda tutish
lozim:
1.
Aybdorlik hissi – bu tabiat ne’mati emas, balki u jazolash vaqtida his qilinadigan qo‘rquv yordamida
inson tanasiga singdiriladi, ya’ni insonning hayoti davomida boshqalar tomonidan shakllantiriladi.
2.
Aybdorlik hissi qanday harakat yaxshi yoki yomonligi haqida ma’lumot bermaydi, balki
tarbiyachilaringiz sizni nima uchun jazolashgan va bu hisni yuzaga keltirishgan bo‘lsa, aybdorlik hissi ham
xuddi shuning uchun jazolaydi.
3.
Aybdorlik hissidan inson to‘g‘ri xulosa chiqarmasa u xatolarni tahlil qilishga yordam bermaydi,
balki xalaqit qiladi. Bu his yoqimsiz kechinma bo‘lib hisoblanadi, zero insonlar yoqimsiz fikrlardan qochishadi,
xatolari to‘g‘risida ham kam o‘ylashadi, ularni tahlil qilishmaydi, xulosalar chiqarishmaydi. Bundan tashqari
o‘zidagi shaxsiy aybdorlik hissi sababli inson boshqalarni ham aybdor deb sanaydi, “nima, bitta men shunaqa
yomon va noto‘g‘ri ish qiladigan odammanmi? Ana boshqalar ham mendan yaxshi emas-ku?
4.
Aybdorlik hissi sizni yanada insoniyroq qilmasligi ham mumkin, chunki aynan aybdorlik hissi
tufayli ko‘pchilik insonlar yovuzlik, g‘azablanish, jahl kabi tuyg‘ularni boshdan kechirishadi va bu
yomonliklarni barcha atrofdagilarga ham sochishadi.
Adabiyotlar
1.
Изард
К.Э. Психология эмоций / Перевод. СПб.: Питер, 2002.
-
464с.
2.
Ильин
Е. П. Эмоции и чувства: Учеб. пособие.
–
СПб. и др.: Питер, 2001.
-
749с.
3.
Корнилов
М.Н. "Культура стыда" и "культура вины" в Японии и на Западе // Человек: образ
и сущность. М., 1998. Вып. 9.
-
С. 94
-
123 'Ь
4.
Матюшин
Г.Г. Стыд и совесть как формы моральной самооценки.
–
М : Изд
-
во МГОПУ
:
НОУ, 1998.
-
233 с
5. Сидоренко
Ю.И. Место и роль нравственных чувств в системе морального сознания //
Вестник Московского университета. 1971. № 5. С. 48
-57.
6. Кон
И.С. В поисках себя.
–
М.: Политиздат, 1984.
–
335 с.
7. Шингаров Г.Х. Эмоции и чувства как формы отражения действительности.
–
М.: Наука,
1971. –
222 с.
Do'stlaringiz bilan baham: |