ILMIY AXBOROTNOMA PSIXOLOGIYA 2019-yil, 6-son
174
Yuqoridagi natijalardan ham ko‘rinib turibdiki, ayollar o‘z yaqin insonlarini xafa qilib qo‘yishganda ko‘p
holatlarda o‘zlarini aybdor his qilishar ekan, shuning uchun ham ayollarning bergan javoblarida “har doim” va
“deyarli har doim” variantlari ko‘proq foizni tashkil qildi. Erkaklarda esa aksincha “yo‘q” hamda “gohida”
variantlari ko‘proq foizni tashkil qildi va bu ularning ayollarga nisbatan o‘zlarini kamroq aybdor his qilishlarini
ko‘rsatadi.
Zigmund Freyd aybdorlik hissiga xavotirlanishning bir turi sifatida qaragan va uni “vijdon xavotiri” deb
atagan. Xuddi shu nuqtayi nazarni boshqa bir psixoanalitik olim G. Mandler ham qo‘llab-quvvatlab, aybdorlik
va xavotirlik bu bitta holatning turlicha nomlanishidir deb ta’kidlaydi. Olimning fikricha aybdorlik – bu haqiqiy
yoki tasavvur qilingan xatolik yuzasidan xavotirlanishdir. Xavotirlanishning bunday turini boshdan kechirish
insonlardagi o‘ziga xos himoya mexanizmini ishga tushiradi va buning yordamida shaxs o‘zining noto‘g‘ri xatti-
harakatlari natijasida yuzaga kelgan zararni yo‘qotishga yoki silliqlashga harakat qiladi[1,347-359].
Bundan tashqari, ayrim mualliflarning ko‘rsatishicha aybdorlik hissini samarali tadqiq qilinishi uchun
jismoniy jazolash metodlari emas, balki psixologik, ya’ni “mehr-muhabbatga” yo‘naltirilgan metodlar ko‘proq
mos keladi. Aynan ota-onasining va yaqinlarining mehr-muhabbatini yo‘qotishdan qo‘rqish ko‘pincha
afsuslanishga, vijdon azobiga, tashvishlanishga, aniqroq aytadigan bo‘lsak aybdorlikni his qilishga olib keladi.
Bu borada A.N. Leontevning olib brogan tadqiqotlari juda ham qiziqarli bo‘lib, uning mohiyati
quyidagicha ifodalanadi. Bolaga o‘z joyidan turmasdan, undan bir oz masofaga uzoqlashtirilgan predmetni olish
tavsiya qilinadi va bu vazifaning to‘g‘ri bajarilishi evaziga eksperimentator unga shokoladli konfet berishni
va’da qiladi. Eksperimentator bolani bir oz muddatga ataylab yolg‘iz qoldiradi va bu vaqtda bolaga
sezdirmasdan kuzatish ishlari olib boriladi. Ammo, ayrim bolalar eksperimentatorning yo‘qligidan foydalanib,
belgilangan qoidani buzib o‘z o‘rnilaridan turgan holda vazifani bajarishadi va tadqiqot so‘nggida
eksperimentator va’da qilgan shokoladli konfetni olishdan mahrum bo‘lishadi. Tadqiqot boshida bola judayam
olishni hohlagan shokoladli konfetdan mahrum bo‘lish, bolada achchiq ko‘z yoshlarning paydo bo‘lishiga sabab
bo‘ladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning bu ko‘z yoshlari, hatto shu kichik yoshdayoq belgilangan
qoidalarni buzganligi uchun o‘zini aybdor his qilayotganligidan dalolat beradi.
Ayrim psixolog olimlarning fikriga ko‘ra, aybdorlik hissi – shaxsning xavotirlik darajasini kamayishiga
yordam beradigan va jiddiy psixik buzilishlarni oldini oladigan mustaqil fenomen bo‘lib hisoblanadi. Bu nuqtayi
nazardan aybdorlik hissi ijobiy rol o‘ynaydi.
Shaxsda aybdorlik hissi yuzaga keladigan vaziyatlar quyidagilardan iborat:
-
qachonki inson qilishi lozim bo‘lgan ishni vaqtida bajara olmaganda;
-
qachonki inson ilgari nimadir qilgan yoki qilmagan bo‘lsa-yu va bugun bundan afsuslanayotgan bo‘lsa;
-
qachonki inson majburiyat yuzasidan biror-bir hatti-harakatni bajarayotgan bo‘lsayu, ammo o‘z hatti-
harakatlaridan qalban afsuslanayotgan bo‘lsa;
-
qachonki uning “majburiyat yuzasidan” biror-bir vazifani bajarishiga to‘g‘ri kelsa va shu sababli
xavotirlik, stress va vijdon azobini boshdan kechirayotgan bo‘lsa.
Aybdorlik hissi boshdan kechirilayotganda insonni o‘tmish va kelajakka yo‘naltirilgan fikrlar qamrab
oladi, masalan, “keyingi safar aqlliroq bo‘laman, barcha ishni to‘g‘ri bajaraman” yoki aybdorlik hissi bilan
bog‘liq vaziyatni hal etishga qaratilgan fikrlar (“kechirim so‘rashim kerak”, “hammaning oldida aybimni tan
olishim kerak”) va boshqalar. Bir qator sinaluvchilarda bu vaqtda taajjublanish paydo bo‘lganligi (“men qanday
qilib bunga yo‘l qo‘ydim?”), ayrim hollarda esa esankirab qolish(“nima qilish kerak?”) holatlari ko‘zga
tashlangan.
Aybdorlikni his qilish boshqa salbiy emotsiyalar bilan birgalikda kechishi mumkin, masalan, qayg‘u,
xafagarchilik, xo‘rlanish, tahqirlanish, umidsizlik va boshqalar. Ruhiy azoblardan tashqari u o‘zi bilan butun
tanadagi jismoniy taranglik, nafas olishning qiyinlashuvi va qanchalik ajablanarli bo‘lmasin qo‘rquv hamda o‘z-
o‘zidan yashirinish istagining paydo bo‘lishini olib kelishi mumkin.
Ifodalanmagan xafagarchilik ko‘pincha xuddi aybdorlik hissidek idrok qilinadi yoki unga aylanadi va
aybdorlik hissi ham xafagarchilikka aylanishi mumkin. A. Kempinski fikriga ko‘ra buning sababi shu bilan
izohlanadiki ularda umumiy asos mavjud, ya’ni adolatlilikka, to‘g‘rilikka intilish. Farqi faqat shundaki, bir
vaziyatda (aybdorlik hissida) hukm qabul qilinadi, ikkinchi vaziyatda (xafagarchilikda) unga qarshi kurashiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |