ILMIY AXBOROTNOMA PSIXOLOGIYA 2019-yil, 6-son
175
Ye.B.Belinskiyning tadqiqotlariga ko‘ra insonlarda aybdorlikni his qilish qora va kulrang ranglar bilan
assotsial qilinar ekan.
E.Bernning ta’kidlashicha, aybdorlikni his qilishga moyilligi bor inson atrofdagilarning kamchiligini
izlash vositasi bilan o‘z “Men”ini mustahkamlashga harakat qilar ekan[4, 148-156].
Aybdorlikni his qilishga moyillikning haddan ortiq ifodalanishi depressiyaning yuzaga kelishiga asos
bo‘lishi yoki bo‘lib o‘tgan voqealarga haddan ortiq javobgarlikning rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Ko‘pchilik oilalarda qiz bolalar o‘g‘il bolalarga nisbatan qattiqqo‘llik bilan tarbiyalanadi. O‘g‘il bolalarni
ko‘pincha kechirishadi, ular biror-bir kichik ishni bajarishsa ham xursand bo‘lishadi. Lekin, qiz bolalar “deyarli
to‘g‘ilgan vaqtidan” boshlab uydagi barcha ishlarni bajara olishi, bajarganda ham yaxshi bajarishi lozim, chunki
u ertaga uy bekasi bo‘lishi, barcha uy-ro‘zg‘or ishlarini o‘zi bajarishi kerak deb hisoblashadi. Shuning uchun
ham barcha ishlarda “a’lochi” bo‘lishga intilish sindromi ayollarda erkaklarga nisbatan kuchliroq bo‘ladi, buni
ayollarning doimo o‘zlarini oqlashlarida, kechirim so‘rashlarida, o‘z xatti-harakatlarini tushuntirishga harakat
qilishlarida ham ko‘rishimiz mumkin.
Aybdorlik hissini har kim har xil qabul qiladi. Mas’uliyatli va mehribon kishilar uchun aybdorlik hissi
tarbiyalashning samarali qurolidir. Mas’uliyatsiz kishi esa aybdorlik hissini o‘zini xarob qilish tomonga ham
burishi mumkin, uning uchun yuzaga kelgan vaziyatni qandaydir yo‘l bilan to‘g‘rilash o‘rniga o‘ziga azob berish
bir muncha osonroq tuyuladi.
Aybdorlik hissi ta’siri ostida inson ko‘pincha hayotda xohlagan orzu-istaklariga erishish uchun harakat
qilishdan qo‘rqadi. Chunki, aybdorlik hissi shaxsning o‘z-o‘ziga beradigan bahosini pasayishiga va o‘z kuchiga
bo‘lgan ishonchining yo‘qolishiga sabab bo‘ladi. Agar hayotda nimanidir yo‘lga qo‘yish, tashkil qilish
imkoniyati paydo bo‘lsa ham aybdorlik hissi uyg‘onib unga ”sen bunga loyiq emassan, bu sen uchun emas” deb
aytishi mumkin.
Gohida kishilar yillar davomida ma’lum bir hayot tarzida qotib qolishadi. O‘zgarishlar ular uchun qiyin,
bajarib bo‘lmaydigan ishdek tuyuladi, ular bundanda yaxshiroq turmush tarziga loyiq ekanliklariga o‘zlari ham
ishonishmaydi. Atrofida bir xil insonlar, bir xil voqealar, mustahkam yaxlit davra, go‘yoki uning ichidan chiqib
ketishning iloji yo‘qdek. Voqealarning bunday davom etishi kishilarda apatiya, depressiya, passivlik va va
kelajakdan qo‘rqish tuyg‘ularining yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Bunday passiv umidsizlik holatidan
chiqishning eng samarali yo‘li bu – faol hayot tarzidir. Muntazam zo‘r berish, xatti-harakatlar va insonning
o‘zini yengib chiqishi har xil yomon hissiyotlarni bartaraf etadi. Birinchi galda inson o‘zini kechirishni
o‘rganishi kerak, shundagina u eng yaxshi narsalarga ham loyiqligini his qila oladi [6, 16-17].
Agar inson ilgari yo‘l qo‘ygan qandaydir xatosi uchun aybdorlik hissini boshdan kechirayotgan bo‘lsa va
hozirda buni to‘g‘rilashning iloji bo‘lmasa, demak bunda u uchun eng to‘g‘ri yo‘l ayni damda mavjud holatlarga
nisbatan tushunish, iliqlik va uyg‘unlikni yuzaga keltirish zarur. Masalan, agar siz ilgari kimnidir nohaq xafa
qilgan bo‘lsangiz ayni damda o‘zingizni qiynashingizni hojati yo‘q, faqatgina hozirgi hayotingizda sizning
atrofingizdagi kishilarga nisbatan o‘zaro tushunish, do‘stona va iliq munosabatda bo‘lishning o‘zi kifoya qiladi.
Kishining o‘z xatti-harakatlariga nisbatan bunday oqilona, faol qaror qabul qilishi va mas’uliyatni his qilishi
tufayli aybdorlik hissi egoizm, ochko‘zlik va serjahllik hislaridan donolik, mehr-muhabbat va tushunish hislariga
o‘tuvchi ko‘prik vazifasini bajaradi.
Shaxsda aybdorlik hissining yuzaga kelishidagi gender farqlarni o‘rganish maqsadida biz SamDU
psixologiya yo‘nalishi 4-bosqich talabalarida tajriba-sinov ishlarini davom ettirib Ye.P.Ilin tomonidan
moslashtirilgan “Kugler-Djonsning aybdorlik hissini o‘rganish so‘rovnomasi” yordamida tadqiqot o‘tkazdik.
Tadqiqotda 4-bosqich talabalaridan jami 72 nafar sinaluvchi qatnashgan bo‘lib, shundan 38 nafari qiz bolalar, 34
nafari o‘g‘il bolalardan iborat bo‘ldi. Sinaluvchilarga oldindan tayyorlangan maxsus blankalarda 45 ta tasdiq
ko‘rinishidagi savolnoma tarqatildi va ushbu tasdiqlarga ularning qo‘shilish yoki qo‘shilmasliklari 5 xil shkala
yordamida baholab berishlari orqali aniqlandi. Olingan natijalarga qarab quyidagicha xulosaga kelindi:
Aybdorlik hissining
yuzaga kelish shakli va
darajasi
Aybdorlik hissi -axloqiy
norma sifatida
Aybdorlik hissi –
xususiyat sifatida
Aybdorlik hissi – holat
siftida
O‘gil
bolalar
Qiz bolalar
O‘g‘il
bolalar
Qiz bolalar
O‘g‘il
bolalar
Qiz bolalar
Qiyi daraja
18
16
7
6
3
2
O‘rta daraja
3
5
1
3
1
1
Yuqori daraja
1
3
-
2
-
-
Jami:
22
24
8
11
4
3
Olib borilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra sinaluvchilarning 4 nafarida aybdorlik hissi axloqiy norma
sifatida, (1 nafari o‘g‘il, 3 nafari qizlar), 2 nafarida esa xususiyat sifatida (2 nafar qizlar) yuqori darajada
shakllangan, bundan tashqari 8 nafar sinaluvchida (3 nafar o‘gil bola, 5 nafar qiz bolalar) axloqiy norma sifatida,
Do'stlaringiz bilan baham: |