Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA PSIXOLOGIYA 2019-yil, 6-son



Download 5,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet232/240
Sana25.05.2023
Hajmi5,03 Kb.
#943912
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   240
Bog'liq
118zoX98tHCdD ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA PSIXOLOGIYA 2019-yil, 6-son 
178 
Brend-menejmentning iste’molchi psixologiyasini idrok etish uchun qiladigan asosiy vazifasi brend 
mahsulotning maqsadli auditoriyasi haqida aniq va to‘liq ma’lumotlarni aniqlashdir.
Brend-menejment esa bu – mahsulotni sotishga sabab bo‘luvchi brendni yaratish va boshqarish 
jarayonidir. Bu jarayonda asosiy marketingni tashkil etuvchisi sifatida brend g‘oyalari, bozor tahlili, strategiyani 
ishlab chiqish va reklama kompaniyalarini tashkil etish hisoblanadi. 
Brend yoki brend – mahsulot yoki xizmat to‘g‘risida iste’molchi ongidagi tasavvur, fikr, 
assotsiatsiyalar, hissiyotlar, qadriyatlar xarakteristikasi majmui. Brend faqatgina bir guruh iste’molchilarga 
mo‘ljallangan tovar bo‘ladi. Tanlangan auditoriyaning jins, yosh, o‘qimishlilik, ijtimoiy maqom, reklamaga 
qiziqishlari xususiyatlari aniqlangandan keyin ularning psixologik qonuniyatlarini tizimlashtirish va keyinchalik 
shu ma’lumotlar asosida ish olib borish mumkin bo‘ladi.
Brendning maqsadli auditoriyasini aniqlash vazifasi iqtisodiyot, sotsiologiya va psixologiya kesimida 
hal etiladigan masalaga kiradi. Biroq, bu vazifani hal etish metodologiyasi haqida gapiradigan bo‘lsak, u 
sotsiologik metodlardan iborat ekanligini ko‘ramiz. Bular – kuzatish, og‘zaki va yozma fikrlarning kontent 
tahlili, anketa so‘rovnomalari, keyslar va boshqalardan iborat. 
Hatto, maqsadli auditoriya xususiyatlarini to‘liq aniqlab, bu auditoriyaning psixologik qonuniyatlarini 
o‘rgangan holda ham, brend-menejer brend elementlarining vizual va verbal tavsifini yaratganda xatoga yo‘l 
qo‘yishi mumkin. Anketa yoki fokus-guruh bilan ishlash ko‘pincha xato natija berishi mumkin. Masalan, vizual 
imidjlar bo‘yicha test o‘tkazilganida, baxtli oila tasviri (ona, ota va bola) fokus-guruhning bir ishtirokchisi 
tomonidan ma’qullanmagan. Uning fikri hammani hayratda qoldirgan: “Bu yerda uch kishidan iborat baxtli oila 
tasvirlangan. Bu to‘liq oilaga ega bo‘lmagan kishilarning manfaatlarini poymol qiladi. Nega men o‘zimni baxtli 
emas deb his etishim kerak?”[4.127]. 
Tayyor mahsulotni bu kabi sinovdan o‘tkazish natijasida taqdimot muvaffaqiyatsiz deb topilsa, brendni 
rivojlantirish uchun yangi tamoyil yaratishda bu metod qo‘shimcha xarajatga olib keladi. Biroq, bu xarajatlar 
iste’molchida mahsulot haqida noto‘g‘ri tasavvur va hissiyot hosil bo‘lishining hamda kompaniya nufuzi tushishi 
xavfining oldini oladi. 
Shuning uchun, iste’molchilarning psixologik xususiyatlarini aniqlash va bu ma’lumotlarni brendlarni 
yaratish va boshqarishda qo‘llashda quyidagi standart algoritm taklif etiladi: 
1.
Loyiha maqsadini aniqlash. 
2.
Sotsiologik metodlar yordamida loyihaning maqsadli auditoriyasini sotsiodemografik omillar 
terminlarida aniqlash – jins, yosh, ma’lumotlilik, kasb, mashg‘ulot turi, oilaviy ahvoli, oila a’zolariga qarab 
daromadi va h.k.
3.
O‘ziga xos tomonlarini ochib berish (ma’lumotlarni to‘ldirish maqsadida psixologik metodlarga 
murojaat qilish mumkin): 
-
idrokni (diqqatni va xotirani); 
-
emotsiyalar va hissiyotni; 
-
ehtiyoj va motivatsiyani; 
-
qadriyatlarni; 
-
loyiha maqsadli auditoriyasiga xos tasavvurlarni. 
4.
O‘xshash (identik) xarakteristikalarni qiyoslash. To‘liq mos kelganda bosh brend va qisman 
o‘xshashlik bo‘lganida yangi brendlarni yaratish uchun. 
5.
4 bosqichda aniqlangan tavsiflarga tayanib, loyihaning aniq vazifalariga urg‘u bergan holda – 
mohiyat, qadriyatlar va shaxs xususiyatlaridan kelib chiqib, brend o‘xshashligi (identikligi) ko‘riladi.
6.
Loyihaning noyob vazifalari va brend o‘xshashligiga asoslanib, brendni qisman o‘zgartirish 
ta’riflanadi. 
7.
Anketalashtirish, fokus-guruhlar va h.k.lar yordamida olingan natijalar tekshiriladi. 
Bu metodika iste’molchi psixologiyasini idrok qilish jarayonida xatolar ko‘lami va sonini qisqartiradi. 
Zamonaviy brend-menejmentda qo‘llanilayotgan algoritmlardan farqli tarzda, buning farqi – psixologik 
tarkibining sotsiodemografik ma’lumotlar bilan boyitilganidir. 
Bunday algoritmni qo‘llash, shubhasiz, har qanday brendni yaratishda yoki rebrendingni rejalashtirishda 
foydali bo‘ladi. Ba’zan, brendingda a’lo natijaga erishish intuitiv yo‘l bilan ham amalga oshadi. Biroq, 
yuqoridagi metodika iste’molchi psixologiyasini to‘g‘ri idrok etishda va brendni boshqarishda aniq va ishonchli 
natijalarga xizmat qiladi.
Iste’molchi psixologiyasiga ta’sir o‘tkazishning keyingi usuli – bu axborotni vizual, tovushli va boshqa 
ogohlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadigan maxsus "I-stop" uslubi, bu kontent bilan ma’lumotlarni olish uchun maxsus 
harakatlar bilan shug‘ullanish. 
O‘z-o‘zini anglash – shaxsning ichki tuzilishi, faol xotiraning bir qismi sifatida o‘zini kundalik hayotda 
boshqarishni o‘z ichiga oladi. Asosiy sabab – obrazning uyg‘unligi uchun ideal, real, vaziyatli, umumlashtirilgan 
"I" ga nisbatan o‘z nuqtayi nazarini kengaytirish. Bundan tashqari, amerikalik tadqiqotchi M.K. Malxotraning 
fikriga ko‘ra, faol hayot kechirish, obyektning o‘zini tushunish jarayonida tovarlar uyg‘unlikni saqlash va 



Download 5,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish