Ключевые слова
: вина, чувства вины, стыд, совесть, возраст, гендер, ошибка, страх, агрессия,
дитя, родитель, поведение, оценка, мораль.
Age and gender differences in feeling guilty
Abstract.
This article focuses on age and gender differences in experiencing perceived guilt in
individuals. And the sense of guilt in the article is devoted to the peculiarities of human activities.
Keywords:
fault, guilt, shame, conscience, mistake, age, gender, horror, aggression, child, parent,
morals, character.
ILMIY AXBOROTNOMA PSIXOLOGIYA 2019-yil, 6-son
172
Aybdorlik va uyat hissi inson ijtimoiy turmushining uzilmas bir qismidir. Aynan shuning uchun
psixologlar ishida ushbu fenomenni tadqiq etish ijtimoiy-madaniy shart-sharoitlarga borib taqaladi. Aybdorlik va
uyatni tadqiq etishning dolzarbligi shundaki, xorijiy va o‘zbek psixologiyasida yetarli darajada
o‘rganilmaganligidir. Hozirgi vaqtgacha aybdorlik va uyat kechinmalari emotsiya va hislarning umumiy
nazariyasi doirasida, (
Ю
.
И
.
Сидоренко
, 1971;
Г
.
Х
.
Шингаров
, 1971;
П
.
М
.
Якобсон
, 1998) ma’naviy-axloqiy
tarbiya va rivojlanish nazariyasi doirasida yoki o‘z-o‘zini anglash va o‘z-o‘ziga munosabat kontekstida
o‘rganilgan (
И
.
С
.
Кон
, 1981;
С
.
Р
.
Пантелеев
, 1991;
И
.
Н
.
Семенов
,
Ю
.
А
.
Репецкий
, 1999;).
Turli psixologik konsepsiyalarda aybdorlik va uyat fenomeni o‘zaro munosabatlar sifatida qabul qilinsa
ham, ijtimoiy-psixologik tadqiqotlarda maxsus masala sifatida o‘rganib chiqilmagan, ayniqsa aybdorlik hisini
boshdan kechirishdagi yosh va gender farqlar o‘zbek psixolog olimlari tomonidan deyarli o‘rganilmagan.
Aybdorlik hissi – bu uning yordamida vijdon tuyg‘usi yuzaga keladigan emotsiya bo‘lib hisoblanadi va
bu o‘zidan norozilik, axloqiy talablarga nomutanosiblikni his qilish va o‘z shaxsiy “Men”i, unga ishonch
bildirgan kishilar yoki Olloh oldidagi burchini bajara olmaslikda ifodalanadi. Yashirin ongda aybdorlik hissi
insonning o‘z xatti-harakatlariga salbiy munosabat bildirish, vijdon azobi, afsuslanish, pushaymon bo‘lish
sifatida nomoyon bo‘ladi.
Aybdorlik hissi – vijdonning hissiy-emotsional jihatdan kuchayishi deb aytishimiz mumkin. Bu his
bizga vijdonimiz borligini eslatdi, ammo bu faqat biz uning maslahatlariga amal qilmaganda ko‘zga tashlanadi.
Aybdorlik hissini yuzaga keltiruvchi birinchi va eng asosiy omil bu oila bo‘lib hisoblanadi. Aybdorlik
hissi, aybdorlik holati bolalarda asosan jazolash orqali yuzaga keltiriladi. Bolaning ayrim nojo‘ya xatti-
harakatlari ota-ona tomonidan “yomon” deb topilsa u albatta turli yo‘llar bilan jazolanadi, bu jismoniy jazo,
og‘riq, yolg‘izlik hissi yoki boshqalar bo‘lishi mumkin. Bu holatda bola mana shu berilgan jazoni yana
qaytarilishi mumkinligi haqida o‘ylab ham o‘z xatti-harakatining “yomon” ekanligini tushunib yetadi. Agar
“yomon” deb baholangan xatti-harakatlarga beriladigan jazo yetarli miqdorda takrorlangan bo‘lsa, keyinchalik
bola yana shunday holatga tushganda hattoki yonida ota-onasi bo‘lmasa ham qo‘rquv va og‘riq hislari avtomatik
ravishda o‘z-o‘zidan yuzaga keladi.
Bolalarda aybdorlik hissini boshdan kechirish bir qator o‘ziga xosliklarni o‘z ichiga qamrab oladi. Bu
hisni tuyush uchun bolalarga kattalarga nisbatan ko‘proq vaqt talab qilinadi. Bundan tashqari yomon xatti-
harakatni amalga oshirar ekan katta yoshdagi insonlar aybdorlik hissi bilan birgalikda vijdon azobini ham
boshdan kechirishadi, lekin bolalarda esa bu harakat izchillik bilan uzoq vaqt davomida amalga oshadi.
Shu o‘rinda bir savol to‘g‘ilishi tabiiy, nima uchun katta yoshdagi insonlar haqiqatda javobgar
bo‘lishmasa ham ko‘pincha o‘zlarida aybdorlik hissini tuyushadi? Chunki aybdorlikni his qilishga moyillik
ularga tarbiya bergan kishilar tomonidan bolalik davridayoq shakllantirilgan bo‘ladi. Psixologiyada aybdorlik
kompleksi degan tushuncha mavjud bo‘lib bu kompleks ota-onalarning bolani aybdor ekanligini ta’kidlab ularga
ta’sir o‘tkazishlari orqali yuzaga keltiriladi. Aybdorlik kompleksi bolada 3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan davrda
shakllanadi, bu bolada atrof-muhit va o‘zi haqidagi tasavvurlarning paydo bo‘lishi va tarbiyachilarning unga
ko‘rsatadigan ta’siri bilan ifodalanadi.
Aybdorlik kompleksida inson hech qanday nojo‘ya xatti-harakatlarni amalga oshirmaydi, unda o‘z-o‘zini
ayblash uchun hech qanday obyektiv asos ham bo‘lmaydi, biroq bu asoslarni uning o‘zi o‘ylab topadi. Aybdorlik
haqidagi tasavvurlar bunday insonning butun ongini egallab olishi mumkin va shaxsga xos bo‘lgan
komponentlardan biriga aylanadi. Inson haqiqatdan ham aybdor bo‘lganda yoki aybdor bo‘lmasada bu hisni
boshdan kechirayotgandagi vaziyatlar o‘rtasidagi farqni bilish biz uchun juda ham muhim bo‘lib hisoblanadi.
Birinchi vaziyatda ya’ni haqiqatda aybdor bo‘lganda u aybiga iqror bo‘lishi, afsuslanishi, o‘z gunohini yuvishi
mumkin va bu unga ruhiy xotirjamlik olib keladi. Ikkinchi vaziyatda esa afsuslanish va gunohini yuvish faqat
qisqa muddatgagina insonni tinch qo‘yishi mumkin, bir oz vaqt o‘tgandan keyin yana o‘z-o‘ziga azob berish
boshlanadi.
Agar inson bo‘lib o‘tgan voqea-hodisada nimanidir yaxshi tomonga o‘zgartira olganligiga ishonsa,
demak, bunday insonlar o‘ta vijdonli deb sanaladi. Aybdorlik kompleksidan azob chekayotgan inson esa
qilinishi mumkin bo‘lgan va mumkin bo‘lmagan ishlarni ham iloji boricha yaxshiroq bajarishga harakat qiladi, u
nafaqat o‘zi uchun balki “o‘zgalar” uchun ham harakat qiladi va buning uchun o‘zining shaxsiy vaqtini hattoki
sog‘ligini ham qurbon qiladi, lekin natijada maqtov emas, balki har doimgidek navbatdagi ayblovlarni qabul
qilib oladi.
S.V.Gornayevaning tadqiqotlarida ko‘rsatilishicha katta yoshdagi insonlarning yoshlarga qaraganda
aybdorlik hissini boshdan kechirishga moyillik darajasi yuqoriroq bo‘lar ekan [2,367-384]. Bu quyidagi
vaziyatlarda yaqqol nomoyon bo‘ladi:
- yaqin insonini aldash bilan bog‘liq bo‘lgan vaziyatlarda(55% katta yoshdagilar va 20% yoshlarda
ko‘zga tashlanadi);
- yaqin kishisiga bergan va’dasini bajara olmaganda (66% katta yoshda gilar va 18% yoshlarda
kuzatiladi);
- yo‘l haqini to‘lashni unutib qo‘yib, bu haqda faqat avtobusdan tushgandan keyingina eslaganlarida (63%
katta yoshdagilar va 14% yoshlarda);
Do'stlaringiz bilan baham: |