Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA PSIXOLOGIYA 2019-yil, 6-son



Download 5,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet222/240
Sana25.05.2023
Hajmi5,03 Kb.
#943912
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   240
Bog'liq
118zoX98tHCdD ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA PSIXOLOGIYA 2019-yil, 6-son 
169 
qayta tiklovchi xayollari ta’siridan chiqib ketish imkoniyatlari cheklangandir. Bu esa o‘z navbatida kelajakni 
to‘g‘ri idrok qilishi, yetishmayotgan va yo‘qotilganlarning o‘rnini tiklashiga xalaqit beradi, shaxsning ichki 
zaxiralarining tiklanishini pasaytiradi, “hissiy tashnalik” yoki doimiy qoniqmaslik hissini vujudga keltiradi. 
Yolg‘izlikning namoyon bo‘lish chuqurligini aniqlash davomida S.G.Korchagina [2, 54-b] mazkur tushuncha 
haqida insonlarning hayotiy tasavvurlaridan kelib chiqadigan uch turni farqlagan: 
1. Begonalashtiradigan yolg‘izlik. Bunda begonalashish insoniyat va hatto borliq ustidan 
hukmronlikni o‘rnatadi. Ikkiyoqlamali begonalashuv suhbatdoshlarning bir-birlarini pisand qilmasliklari, 
muloqot qilishni xohlamasliklaridan kelib chiqadi. Begonalashish jarayoni insonning o‘z-o‘ziga bog‘liq 
ravishda sodir bo‘ladi. Agar u uzoq muddat davom etsa natijada hissiy uzoqlashish, yaqin insonlar bilan 
munosabatlarning uzilishi, o‘z “Men”ining inkor etilishi bilan yakun topadi. Insonning ichki olamidan 
tashqarida yuzaga keladigan barcha hodisalar uni tashvishga solmaydi: qurshovidagi barcha insonlar bilan 
munosabatlarni yo‘qotadi, yopiq shaxsga aylanadi, muloqot qilishni istamaydi, o‘zgalar muammosi bilan 
qiziqmaydi, u uchun faqat o‘zi mavjud bo‘lib qoladi. O‘ziga hech kimsani yaqinlashtirmaslik oqibatida 
inson ongsiz ravishda o‘zi uchun begonalashuv obyektlarini kashf qilib boradi. Natijada yolg‘iz inson 
masofa saqlagan holda begonalashuv obyektlariga nisbatan psixologik yaqinlikni inkor qiladi. Agar ushbu 
yolg‘izlik turi insonda mavjud bo‘lsa, shaxsiy “Men” hissi uning uchun tushunarsiz bo‘lib qoladi, inson 
hatto o‘z-o‘zini inkor qila boshlaydi. Shu sababli soha mutaxassislari mazkur holatdagi inson o‘z 
yaqinlaridan uzoqlashmasliklarini tavsiya qiladilar.
2. Diffuz (singib boradigan) yolg‘izlik – o‘zga insonlar yoxud guruhlardan ongsiz nusxa olishda 
ifodalanadi. Bu holat o‘z-o‘zidan qoniqmaslik hissidan kelib chiqib inson o‘ziga nisbatan omadliroq va 
obro‘liroq tuyulgan shaxslarning xatti-harakatlarini takrorlagan holda yashaydi. Bunday hayot tarzida 
insonning shaxsiy sifatlari, individualligi, originalligi yo‘qolib boradi. Natijada inson o‘z hayoti bilan 
emas, balki o‘ziga nisbatan yaxshiroq deb hisoblagan inson hayoti bilan yashay boshlaydi. Ma’lumki, 
inson barkamolligi uch yo‘nalishda amalga oshadi: ma’naviy, jismoniy va psixik. Aynan mana shu 
yo‘nalishlar o‘z-o‘zini namoyon qilish va taraqqiy etish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Diffuz 
yolg‘izlikda esa barkamollikdan voz kechish ro‘y beradi. O‘zgalarga taqlid qilgan holda va shaxsiy 
imkoniyatlardan voz kechib inson o‘z “Men”ini yo‘qotib boradi. Mazkur yo‘qotish yakuniy bosqich 
hisoblanadi. Shaxsiy taraqqiyot tushunchasi diffuz yolg‘izlangan inson uchun xos emas, chunki u o‘z 
“Men”ini yo‘qotib bo‘ladi. Diffuz yolg‘izlikning namoyon bo‘lishi serqirra, shuning uchun inson o‘zligini 
va hayotdan neni istayotganini anglashi darkor. 
3. Dissotsiallashgan (tarkibiy qismlarga ajralgan) yolg‘izlik – yuksak darajadagi taqlidchanlik va 
to‘la begonalashish bir-biri bilan almashinib turadi. Yolg‘izlikning ushbu turi his-kechinmalari yorqin 
ifodalanadigan va o‘ylanmagan xatti-harakatlarni amalga oshirishga moyil bo‘lgan insonlarda uchraydi. 
O‘zgalarga taqlid qilishdan oldin bunday shaxs o‘sha insonning soxta obrazini yaratadi. Shaxsan o‘z ichki 
olamini “yaxshi” va “yomon”ga ajratadi, boshqalarda esa ularning go‘zalligi jalb qilsa dahshatli tomonlari 
inkor etiladi. Inkor etilgan salbiy xususiyatlar o‘zidagi o‘zgalarni bunda ayblashiga olib keladi. Bunda 
shaxsiy takomillashuv mavjud emas [2, 37-b.]. 
Modomiki insoniyatning eng jiddiy muammolaridan biri yolg‘izlik muammosi ekan u qandaydir 
sabablar ta’sirida boshqalar bilan munosabatlarni yo‘lga qo‘ya olmaslik, na do‘stlik, na muhabbat, na 
dushmanlik munosabatlarini tashkillashtira olmaslikda kuzatiladi. Tadqiqotchilarning aniqlashicha, 
so‘ralganlarning 1-2%ida yolg‘izlik hissi bo‘lmaganligi, 10-30%i qachonlardir bunday hisni kechirganliklari 
ma’lum bo‘ldi. Inson o‘z munosabatlarini to‘laqonli emasligini anglaganda, muloqotga bo‘lgan ehtiyojlarining 
qondirilmasligini his qilganda yolg‘izlik hissi paydo bo‘ladi. Yolg‘izlik kayfiyatning yomonligi va og‘ir hissiy 
kechinmalar bilan o‘tadigan psixik holatdir. O‘zini chuqur darajada yolg‘iz his qiladigan kishilar o‘zlarini 
baxtsiz his qiladilar, ijtimoiy aloqalarga kirishish imkoniyatlarini cheklab qo‘yadilar. 
Yolg‘izlik tushunchasi subyekt tomonidan vaziyatni ko‘ngilsiz idrok qilishi, muloqotning yetishmasligi 
va ijobiy munosabatlarning kamligi bilan bog‘liqdir. Biroq yolg‘izlik individning har doim ham ijtimoiy jihatdan 
ajralib qolganligini ifodalamaydi. Ba’zan doimo insonlar orasida bo‘la turib, ular bilan munosabat o‘rnatib ham 
inson o‘zini psixologik jihatdan ajralib qolgan, ya’ni yolg‘iz his qilishi mumkin. Yolg‘izlikni his qilish darajasi 
insonning qancha muddat davomida odamlar bilan munosabatga kirishmay yashaganligi bilan belgilanmaydi. 
Butun hayoti davomida yolg‘iz yashagan kishilar odamlar bilan tez-tez muloqotda bo‘ladiganlarga nisbatan 
o‘zlarini kamroq yolg‘iz his qilishlari ham mumkin. Boshqa kishilar bilan o‘zaro ta’sirda kamroq bo‘ladigan, 
hech qanday psixologik va xulq-atvor ko‘rinishlarini namoyon etmaydigan kishilarni yolg‘iz deb atash mumkin 
emas. Ba’zi kishilar o‘zlarining real va tasavvuridagi o‘zaro munosabatlari o‘rtasidagi muvozanatni to‘liq 
anglamasliklari mumkin.
Haqiqiy subyektiv yolg‘izlik holati odatda ruhiy buzilishlarga xos belgilar va affektiv ko‘rinishlarda 
namoyon bo‘ladi. Ba’zi yolg‘iz kishilar muntazam ravishda o‘zlaridagi tashvishlanish, ezilganlikdan shikoyat 
qilsalar, boshqalari esa qo‘rquv va xavotirlikni hamda musibatni his qiladilar. Yolg‘izlik holatini his qilishga real 
munosabatlar qanchalik ta’sir qilsa, ular qanday bo‘lishi kerakligi haqidagi tasavvurlar ham shunchalik kuchli 
ta’sir etadi. Muloqotga nisbatan kuchli ehtiyojni his qilayotgan kishi bir yoki ikki kishi bilan emas, balki ko‘plab 



Download 5,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish