Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA PSIXOLOGIYA 2019-yil, 6-son



Download 5,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet218/240
Sana25.05.2023
Hajmi5,03 Kb.
#943912
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   240
Bog'liq
118zoX98tHCdD ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA PSIXOLOGIYA 2019-yil, 6-son 
166 
imitasion modellar katta rol o‘ynaydi. Xususan, dasturiy pedagogik vositalar uchun imitasion model dars 
fragmenti (bo‘lagi)ni modellashtirish bo‘lib, quyidagi amaliy masalalarni hal etish imkonini beradi: 
– tizimning ishini turli sharoitlarda, shu jumladan, buzuvchi ta’sirda (noto‘g‘ri va noadyekvat javoblarni 
maqsadga qaratilgan holda kiritishda) testlash; 
–tizimning axborot taqdim qilinishiga tipik javob berish shakllarini aniqlash, interfeysning qo‘yilgan 
maqsadlarga adekvatligi; 
– foydalanuvchilarning ta’lim metodlari, orfografik qoidalarning taqdim qilinish shakllarini qanday 
baholashlari haqidagi ma’lumotlarni to‘plash; 
– o‘qituvchilardan dasturiy tizimning ta’lim metodikasiga, uning alohida variantlariga muvofiqlik 
bahosini olish. 
Dasturiy pedagogik vositalar ssenariylari ma’lumotlar bazasida quyidagi kabi birliklar ajratiladi: 
orfografik masalalarni yechishga yo‘naltirilgan grammatik tushunchalar, orfografik amallar va qoidalarni 
qo‘llash shartlari, orfografik tahlil algoritmlari, misollar, orfografik masalalarning yechilishiga olib boruvchi 
muammoli savollar. 
Kompyuter dasturlarining axborot blokida taqdim qilingan har bir birlik tizim biror geometrik shakl bilan 
belgilangan bo‘ladi. Strukturaviy birlik ichida uning nomi ko‘rsatiladi, masalan, «gap bo‘lagi», «qoida», 
«orfogramma» va h. k. 
«Yordam» klavishini bosgan o‘quvchiga mashina orfografik masalani yechish yo‘llarini namoyish 
qiladi. 
Orfografik masalani yechish uchun (ya’ni orfogrammani aniqlash uchun) ba’zan barcha darajalar, ba’zan 
esa ba’zi darajalar orqali o‘tish zarur bo‘ladi. Masalan, talaffuz qilinmaydigan undoshlarni tekshirish uchun 
so‘zning fonetik va morfologik tarkibini aniqlash yetarli, fe’llarning qo‘shimchalarida urg‘usiz unlilarni aniqlash 
uchun ularning fonetik tarkibini, so‘z tarkibini va gap bo‘lagini aniqlash zarur. 
Agar foydalanuvchi bilimlar bazasiga qo‘yilgan sxemaga murojaat qilsa, strukturaviy birlik haqida to‘la 
axborot olishi mumkin. Masalan, orfogrammaning nomi, mazmuni (ya’ni tanish, tanlanma va yakuniy belgilari), 
qoida bo‘yicha ish-harakatlar algoritmi, tahlilning grafik sxemasi. 
Boshlang‘ich maktabda o‘rganiladigan har bir orfogramma uchun ular belgilarining batafsil tavsifi 
yuqorida keltirilgan sxemalarga muvofiq ravishda tuzilgan. Ular zarurat bo‘lganida yordam klavishi [F]ni bosib, 
ekranga chiqariladi. O‘quvchi xohishiga qarab, yo qoida bo‘yicha ishlash algoritmini yoki umumlashgan blok-
sxemani yoki dinamik jadvalni chaqirishi mumkin. 
Ekranda darslikning barcha asosiy qoidalari paydo bo‘lishi mumkin. Bu esa, elektron modelni logik 
bog‘lamalar bilan birlikda o‘rgatuvchi tizimga aylantiradi. Strukturaviy birliklarning “shajarasi” yaratilib, u 
kompyuter dasturida amalga oshirilgan quyidagi metodik yo‘lni ko‘rsatadi: 
nimani 
tekshirish kerak, 
qayerda
tekshirish kerak, 
qanday
tekshirish kerak, 
nima bilan
tekshirish kerak. Bu axborot qoidani tushuntirishda va 
takrorlashni tekshirishda o‘ta dolzarbdir. 
O‘rganuvchidan ta’lim vositalariga tomon teskari aloqani yo‘lga qo‘yish uchun o‘rganuvchining formal 
modelini ishlab chiqish talab etiladi. Buning uchun ketma-ket yaqinlashishlar metodidan foydalaniladi. Bu 
metod axborot texnologiyalari yordamida ta’lim tizimi to‘g‘risidagi chegaralangan tasavvurlar bilan 
o‘rganuvchilar haqida borgan sari ko‘proq adekvat bilimlar olishga erishish imkonini beradi. Bilish faoliyatini 
o‘quvchidan keladigan teskari aloqadan foydalanish bilan boshqarishni amalga oshiradigan ta’lim vositalari 
tizimini olish uchun ko‘plab integrasiyalar talab qilinadi.
O‘rganuvchining adyekvat modellarini yaratish uchun kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarining tipologik 
xususiyatlarini o‘rganishga harakat qilishda o‘quv imkoniyatlarini o‘rganish va rivojlantirishga oid ishlar amalga 
oshiriladi. 
Real o‘quv imkoniyatlari – shaxslar tomonidan anglangan va bilish salohiyatini belgilovchi ichki va tashqi 
sharoitlar birligidir. Tadqiqotlar ularning quyidagi asosiy komponentlarini aniqlash imkonini berdi: Asosiy 
masalani aniqlash ko‘nikmasi; ishni oqilona tashkil etish ko‘nikmasi; o‘qitishga munosabat; nerv sistemasining 
xususiyatlari va h.k. Bu komponentlarni aniqlash usuli sifatida pedagogik konsilium taklif qilindi va ko‘p 
maktablarda qo‘llanilganda o‘zining yuqori samaradorligini ko‘rsatdi. 
O‘rganuvchidan o‘qitish vositalariga tomon teskari aloqani yo‘lga qo‘yish uchun o‘rganuvchining formal 
modelini ishlab chiqish talab etiladi. Bu texnologiyalar o‘qitish tizimi to‘g‘risidagi chegaralangan tasavvurlar 
bilan o‘rganuvchilar haqida sekin-asta adekvat bilimlar olishga erishish va adaptiv dasturlar tuzish imkonini 
beradi. Bilish faoliyatini o‘quvchidan keladigan teskari aloqadan foydalanish bilan boshqarishni amalga 
oshiradigan o‘qitish vositalari tizimi ko‘plab integrasiyalarni talab qiladi. 
O‘rganuvchilarning adekvat modellarini yaratish uchun kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarining 
tipologik xususiyatlarini o‘rganish jarayonida ta’lim imkoniyatlarini o‘rganish va rivojlantirishga oid ishlar 
amalga oshiriladi. 
Har bir o‘quvchi uchun ikki turdagi tavsifnoma yig‘ish zarur: obyektiv (psixologik testlar asosida) va 
subyektiv (o‘qituvchilar fikrlari asosida). Shu bilan o‘quvchi yigirmatacha parametr bo‘yicha tizimli tarzda 
tavsiflanadi. 



Download 5,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish