Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA PSIXOLOGIYA 2019-yil, 6-son



Download 5,03 Kb.
Pdf ko'rish
bet216/240
Sana25.05.2023
Hajmi5,03 Kb.
#943912
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   240
Bog'liq
118zoX98tHCdD ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA PSIXOLOGIYA 2019-yil, 6-son 
164 
mantiqiy-psixologik asosi birligini ko‘rsatadi. Buning natijasida o‘quvchilar nazariy umumlashma bilimlar 
hamda orfografik qoidalarning grafikli va belgili modellashtirish usullarini o‘zlashtirishlari mumkin. 
Bu guruh talablari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
-konkret o‘rganish obyektining boshlang‘ich elementlari va ularning munosabatlari (grammatik-
orfografik kategoriyalar)ni aniqlash; 
-o‘zlashtirish obyektining mantiqli-predmetli kontekstini grammatik bilimlarning adekvat shartlari 
asosida aniqlash; 
-displey ekranida orfografik tahlilda bog‘lanishlarning barcha turlari amalga oshirilishini 
ta’minlovchi belgili vositalarni aniqlash; 
-obyektni modellashtirish orqali o‘quv va amaliy masalalar tizimini aniqlash. 
Ikkinchi guruh talablar o‘quvchilarning o‘quv ta’minotiga oid bo‘lib, quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
-o‘quvchilar faoliyatini mantiqiy-psixologik tahlil qilish asosida rejalashtirish; 
- o‘quv faoliyatida ko‘nikma va amaliy masalalar tizimini oldindan belgilangan ketma-ketlikda 
taqdim qilish orqali tashkil etish tamoyiliga rioya qilish; 
- o‘z faoliyati tizimini dasturlashtirish; 
- ish-harakatlar sur’atini, masalaning murakkablik darajasini, o‘zlashtirish obyekti qayta 
tiklanadigan, transformatsiyalanadigan va konstruksiyalanadigan model turini tanlash; 
- ekranda obyektlarning diskret va uzluksiz transformasiyalanishi orasidagi tanlovni, obyekt bilan 
ish-harakatlarni avtomatik boshqarish rejimlarini tadqiq qilish va o‘quv faoliyatini kombinasiyalash; 
- yo‘riqnomalarni o‘zlashtirish sa’y-harakatlarini rejalashtirish; 
- sa’y-harakatlar mazmuni va natijasini ta’minlash; 
-masalalar yechimi qayd etilishini ta’minlash. 
Maxsus talablar kompyuterda o‘rgatish tizimini nazorat qilish bilan bog‘liqdir. Bunday tizimlar 
o‘quv topshiriqlarining bajarilish jarayoni to‘g‘risidagi axborotni to‘plash; mazkur axborotni monitoringda 
tashxisiy mezonlarga muvofiq ravishda taqdim etish; orfografiyani o‘rganish natijalarini bayonnomalar 
ko‘rinishida tayyorlash va korreksion tipdagi topshiriqlarni bajarishga xizmat qiladi. 
Nazorat va baholash rejimi to‘liq avtomatlashtirilishidan joriy muddati uzaytirilgan holatlarigacha 
variasiyalanishi lozim. 
Ko‘rinadiki, boshlang‘ich sinfda orfografiyani adaptiv o‘rgatishda quyidagi masalalar nazarda 
tutiladi: 
a) kompyuterda o‘rgatish tizimining o‘quv faoliyatini muayyan maqsadga yo‘naltirilishi; 
b) kompyuterda o‘rgatish tizimining tegishli ko‘nikma va bilimlar mazmunini o‘zlashtirish obyekti 
sifatida oldindan tahlil qilish asosida modellashtirilishi; 
d) har bir dasturda ma’lum mashqlar ketma-ketligi aks ettirilgan orfografik qoidalar kompyuterning 
o‘rgatish tizimiga kiritilishi; 
e) kompyuterda o‘rgatish tizimida o‘quv malakalarini ma’lum ketma-ketlikda nazorat qilinishi va 
baholanishi; 
f) kompyuterda o‘rgatish tizimining o‘zida dinamik va statik modellarni birlashtirishi; 
g) kompyuterda o‘rgatish tizimlio‘quv faoliyatining shakllanganlik darajasini tashxislash, 
shuningdek, bilimlar va ko‘nikmalar mazmunini o‘zlashtirish natijasini nazorat qilish hamda baholashda 
foydalanilishi; 
h) kompyuterda o‘rgatish dasturlarida kichik yoshdagi maktab o‘quvchisining yosh xususiyatlarini 
hisobga olinishi; 
i) kompyuterda o‘rgatish dasturlarida kichik yoshdagi maktab o‘quvchisining amaliy-nazariy 
tafakkuri shakllanishiga yordam berishi; 
Kompyuterda o‘rgatish dasturlari kichik yoshdagi maktab o‘quvchilari ijodiy faoliyatining 
shakllanish jarayonini tezlashtiradi. 
O‘rgatuvchi dasturlar tizimini loyihalash jarayonida to‘rt daraja ajratiladi. 
1

Konseptual daraja. Bu darajada orfografiyani kompyuterli o‘rgatish tizimlari yordamida o‘qitishning 
nazariy modeli berilgan, o‘qitish mazmuni va metodlarining psixologik mexanizmlari va tamoyillari buyruqlar 
ko‘rinishida tavsiflangan. Bu esa dastur tuzuvchilari faqat o‘zlarining empirik tajribasi va bo‘lajak tizim 
modelining psixologik asosi haqida intuitiv tasavvurlarini hisobga olishlari tufayli ishlab chiquvchilar xatolarga 
yo‘l qo‘ymasliklariga imkon beradi. 
Kompyuterli o‘rgatuvchi tizimga kiradigan dasturlarda topshiriqlarning variantlari, orfografik masalalarni 
yechish bo‘yicha bosqichlar va operasiyalar, mo‘ljallanadigan barcha javoblar hisobga olingan.
2. Texnologik darajada o‘quv faoliyatini boshqarish usuli, kompyuterli o‘rgatuvchi tizim birliklaridan 
algoritm tuzish asosida foydalanishda o‘quvchilar ish-harakatlari usuli, ya’ni psixologik va pedagogik nazariyani 
o‘qitish amaliyoti bilan bog‘lovchi vositalar tavsiflangan. 



Download 5,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish