ILMIY AXBOROTNOMA PEDAGOGIKA 2019-yil, 4-son
87
dasturiy-apparatli va texnik moslama hisoblanadi. Ta’lim jarayonida
AKT axborotni jamlash,
axborotga ishlov berish, axborotni saqlash va axborotni ta’limiy manbaga aylantirishda keng qo‘llash
mumkin [4].
Ilmiy manbalarning tahlili asosida ta’kidlash mumkinki, ta’limning axborotlashuvi, AKT
texnologiyalarini ta’lim jarayoniga tadbiq etishning ilmiy masalalariga qaratilgan tadqiqotlarning
asosida kechib, ta’limning axborotlashuvi deganda ta’lim maqsadini amalga oshirish uchun ta’limiy
vazifalarni bashirsh jarayonida qo‘llaniladigan axborot va kommunikativ texnologiyalarni nazarda
tutish lozim. Ular ta’lim oluvchilarni nafaqat ma’rifiy, balki individual-shaxsiy va
kasbiy
rivojlanishini ta’minlashda, ta’limiy axborotlarni moddiylashtirishda pedagogik ahamiyat kasb etadi.
M.Ovcharovaning yozishicha, “ta’limning axborotlashuvining vazifalaridan biri, bugungi hayot
sharoiti va jamiyatga moslashish qobiliyatiga ega shaxslarni tarbiyalashdan iborat” [3]. Bu o‘z
navbatida, oliy ta’lim tizimi oldida turli ixtisosliklar bo‘yicha tayyorlanadigan kadrlarni, AKT
sohalaridan amaliy faoliyatda foydalana oladigan darajada tayyorlash vazifasini qo‘yadi. Ilmiy
manbalarda, bu tayyorgarlikni AKT kompetensiyaga egalik qilish deb yuritiladi [2]. Agarda, kasbiy
faoliyat sohasining barcha sohalarida AKTni keng darajada qo‘llash dinamikasi kuzatilayotganligini
nazarga olsak, Internet servis tarmoqlarining ikkinchi avlodi – Web 2.0 dan ham foydalana bilish
uchun bilim, ko‘nikma va malakaga ega bo‘lishlari lozim. Shu sababli, oliy ta’lim muassasasini AKT
parkini uzliksiz yangi dastur va qurilmalar bilan ta’minlab borish lozim. Masalan, SamDU AKT parki
bugungi kunda 1355 ta kompyuterlar bilan ta’minlangan bo‘lib, barcha fakultetlarning talabalari jadval
asosida yoki individual buyurtma shaklida mustaqil tarzda foydalanishlari yo‘lga qo‘yilgan. Mustaqil
tarzda AKT kompetensiyalarini rivojlantiruvchi talabalarning soni 23% oshib, zal muhandislari va
metodistlariga AKT kompetensiyaga daxldor bo‘lgan savollar bilan murojaat etish soni ham ortib
bormoqda. Savollarning ortib borishini ikkita sabab bilan izohlash mumkin. Birinchisi, ta’lim
jarayonida dastur va reja asosida yetkaziladigan ma’lumotlar zamonaviy emasligini yoki AKT
savodxonligi va kasbiy amaliyot orasida tafovut borligini ko‘rsatadi. Uni bartaraf etish
uchun AKT
bozori va ishlab chiqarish jarayonini o‘rganib, aniqlangan ko‘rsatkichlar asosida ta’lim dasturini ishlab
chiqish maqsadga muvofiqdir. Shu tariqa har yili yaratilayotgan kompyuter dasturlari ta’lim sifatini
oshirishda qo‘llanilib, nazariy tadqiqotlarni ta’limga tadbiq etish ta’minlanadi. Natijada talabalarda
AKT kompetensiyani shakllantirishning moddiy-texnik bazasi mustahkamlanish bilan birga, nazariy
bilim, ko‘nikma va malakaga doir muhim komponentlar tizimi to‘ldiriladi. Buning uchun,
har bir fan
o‘qituvchisi kasbiy faoliyatida AKT vositalaridan samarali foydalanishi kerak. Shunda, talabalarga
AKT kompetensiyalarni shakllantirish va o‘qituvchilarda AKT kompetensiyalarini rivojlantirish
dinamikasi ijobiy tomonga o‘zgaradi. V.Burmakina va I.Falina o‘quvchilarda AKT kompetensiyani
shakllanishini o‘rganib, nazariyani amaliyotda qo‘llay olish uchun, yaratilgan sharoitlar kompeten-
siyani muhim komponentlarining shakllanishi va mustahkamlanishini ta’minlanishini ko‘rsatib o‘tgan
[1]. Bu jarayon talaba va fan o‘qituvchilarida ham shu tarzda kechib, faqatgina rivojlanish mexanizmi
ajralib turadi. Uni yanada ham aniq ifodalash uchun AKT kompetensiya va kompetentli kabi
so‘zlarning nazariy pedagogik tahlilini amalga oshirish lozim bo‘ladi.
Kompetensiya so‘zi lotin tilidan (competentia) olingan bo‘lib, ikki xil ma’noni anglatadi.
Birinchi ma’nosi, biron bir vakillikning huquqi va ikkinchi ma’nosi biron
bir masalaga doir bilim,
tajribaga ega bo‘lishni anglatadi. Kompetenli (competentis)) kompetentga ega yoki qobiliyat sohibi
degan ma’noni anglatadi.
AKT kompetensiyasi uchta xususiy komponentlardan tarkib topgan bo‘lib, ular soha
mutaxassisining yetakchi kasbiy sifati ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
Bilish komponentlari, kasbiy nazariy bilimlarni, AKT mohiyati va funksional
xarakteristikasini anglashni ta’minlab, AKT bozorida kechayotgan jarayonlarni hamda
vujudga kelgan
kasbiy muammolar tahlilini amalga oshirish uchun shart hisoblanadi.
Ehtiyojiy-motivatsion komponent, AKT vositalariga doir ma’lumot va bilimlardan qoniqishni,
kasbiy faoliyatda uni qo‘llash mehnat samaradorligini oshirish uchun xizmat qilishini ifoda etish
uchun shart hisoblanadi. Bu jarayonda motiv, AKTga doir yangi bilimlarni o‘zlashtirishda rag‘bat
(stimul) ko‘rinishida ishtirok etib, kasbiy bilimlarni o‘zlashtirishga bo‘lgan munosabat xarakterini
shakllantiradi.
Shaxsiy-refleksiv (protsessual) komponent – kasbiy
funksiyalarni bajarishda, foydalanadigan
dasturni tanlay bilish va ularni qo‘llay olishda, qabul qilinadigan individual qarorlar mazmunini
ta’minlaydi. AKT kompetentlik ta’lim sifatini ta’minlashning vositasi sifatida amal qilishini