Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA PEDAGOGIKA 2019-yil, 4-son



Download 2,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/185
Sana04.07.2022
Hajmi2,04 Mb.
#739311
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   185
Bog'liq
2 5463281125877094145

ILMIY AXBOROTNOMA PEDAGOGIKA 2019-yil, 4-son 
94 
qayta anglab yetishga intiladi. Voqealar sabablarini Kroche boshqa idealistik va pozitivistik 
konsepsiyalar, shuningdek tarixiy materializmga xos firklash jarayoniga nisbatan tashqi omillardan 
(Xudo yoki qonun) emas, uning o‘zidan qidirigan.
XIX asr boshlaridan tarixni tushunishning yana bir muhim belgisi paydo bo‘ldi. Tarixiy reallik 
tushunchasi qaror topdi. Bu tushuncha shunchaki nimanidir (davlat, urush, san'at, texnika va sh.o‘.) 
tarixini ifodalamas edi, u tarixiy borliqning alohida turdagi realligini (tabiiy borliq realligiga o‘xshab) 
ifodalar edi. Tarixiy reallik tarzida tushunilgan tarix predmetli tarixiy borliqdir, bunda tarixda ro‘y 
beradigan (voqealar, jarayonlar, odamlar va ularning ishlari turli ijtimoiy va madaniy shakllari) barcha 
narsalar qachondir paydo bo‘ladi, yashaydi va yo‘q bo‘lishga mahkumdirlar. Bunday tushunishda tarix 
– unda ro‘y beradigan barchaning to‘plamigina emas, balki ana shu ro‘y berishlar sodir bo‘ladigan 
«joy» hamdir, bu joyda «tarixiy borliq yoki mavjudlik» mavjuddir.
Tarix – tarixiy borliq va har qanday tarixiy hodisaning imkoni uchun zarur sharoitdir. Tarixiy 
borliq bo‘lishi kerak, u odamlar yashashi va harakat qilishi uchun hamma narsa turadigan «joy». 
Shunday qilib, tarix tushunchasi butun ijtimoiy-tarixiy mavjudlik va uning o‘zgarishlari; buni 
«voqealar tarixi» deb nom olgan. Tarix unda paydo bo‘lib, unda mavjud bo‘ladigan barcha narsalar-
ning borliq usulidir. Tarixni qaytmaslik vaqtli jarayon deb tushunish bizning kunlarimizda uning 
maxsus reallik sifatida ko‘rish g‘oyasi bilan to‘ldirilgan. Ko‘plab mutafakkirlar uchun «jamiyat» va 
«tarix» juda yaqin tushuniladi; tarix tushunchasiga afzallik berish asosi shundaki, tarix mavjudlik usuli 
jamiyatning fundamental xarakteristikasidir, ijtimoiy hayot o‘z mohiyatiga ko‘ra tarixning o‘zidir. 
Jamiyat va tarix to‘g`risida alohida narsalar deb qarash ma'noga ega emas, chunki u yagona ijtimoiy-
tarixiy reallikdir. 
XX asrning 20-30 yy. AQShda pozitivizm tanqidchilari kuchli pozitsiyaga ega bo‘lgan, ular 
tarixiy bilimning nisbiyligiga (Amerika relyativizi deb ataluvchi) urg‘u berganlar. Tarixning klassik 
paradigmasi rad qilindi, unga ko‘ra, tadqiqotchilardan mustaqil tarzda barqaror “g‘ishtchalar”-faktlar 
mavjud va tadqiqotchilar ular asosida tarixning obyektiv obrazini yaratadilar, degan fikrga asoslangan. 
Atoqli Amerika olimlari Ch.Bird va K.Bekker tarixchining o‘z tadqiqot natijalariga shaxsan o‘zi ta'sir 
qilishining muqarrarligi, o‘tmishni obyektiv ravishda bilish mumkin emasligi, chunki, tarixiy 
jarayonning tabiatining o‘ziga ko‘ra, tarixchi o‘rganayotgan narsasiga xolisona munosabatda bo‘la 
olmaydi deb ta'kidlaydilar [3]. Barcha aniq o‘zgarishlarga qaramasdan, jamiyatni ijtimoiy organizm 
sifatida tushunish, taraqqiyot (progress) konsepsiyasi, buyuk odamlar harakatlari ortida turgan 
voqealar va jarayonlar o‘rtasidagi qonuniyatlar va vizual aloqalarni tushunish ideali; obyektivlik va 
subyektivlik, moddiy va ma'naviy omillarning qarama-qarshiligi kabi XIX asr tarixiy fanining 
pozitivistik «yuki» XX asrda hali uzoq umr ko‘rishi kerak edi. Relyativizm o‘z kasbiy vazifasini 
o‘tmishni adekvat tarzda qayta tiklashda ko‘rgan va shuning uchun tarix fanining faktologik asosining 
obyektivligini himoya qilgan aksariyat tarixchilar e'tiqodiga zid turgan. Amaliyotchi-tarixchilarning 
mazkur qarashlari o‘z falsafiy asoslanishini neopozitivistik konsepsiyalarda topgan, ular antipozivistik 
konsepsiyalar bilan bir vaqtda va parallel ravishda rivojlanib kelgan. Pozitivizm doirasida, xususan, 
ilmiy bilimning mantiqiy tamoyillari faol ishlangan, shuningdek tarixchining tahliliy faoliyati tayan-
gan me'yor va qoidalari o‘rganilgan. Neopozivistik tarix falsafasi sotsiologik va psixologik omillar 
rolini va, mos ravishda, o‘rganilayotgan hodisalarni xulq-atvor, tafakkur standartlari, kundalik 
munosabatlarning turlari va tuzilishlari bilan solishtirish kabi tarixiy bilishning tushuntiruvchi 
protseduralari(tartiblari) ning yetakchi rolini tan olish bilan tavsiflanadi. 
Karl Raymund Popper (1902-1994) «tarixiylikni» go‘yoki kelajakni bashorat qilish imkonini 
beruvchi «evolyutsiya qonunlarini» kashf etishga urinishi uchun keskin tanqid qilgan. Ayni paytda 
tabiiy-ilmiy, ijtimoiy va tarixiy bilishning o‘xshash va farqlovchi jihatlarini adolatli ta'kidlagan, tarix 
fanida tadqiqot protseduralarining tahliliga katta e'tibor qaratgan. Uning fikriga ko‘ra, mazkur 
protseduralar ko‘p jihatdan fizikada foydalanadiganlar bilan aynan bir bo‘lishi mumkin. Umumiy 
tarixiy qonunlar mavjudligini inkor etmasdan, Popper ayni paytda ular aksariyat hollarda trivial 
(tuturiqsiz, eskirgan, siyqasi chiqqan) bo‘lib, nazariy fanlarda qonunlar bajaradigan vazifani bajara 
olmasligini ta'kidlagan [4].
Neopozivistik yondashuv yangi tarixiy fan – hozirgi zamon muammolari bilan yaqindan 
bog‘langan va jahon iqtisodiy krizislari fonida muvafaqqiyatli rivojlangan iqtisodiy tarixda yorqin 
namoyon bo‘ladi. XX asr boshlaridayoq u Amerika, Buyuk Britaniya va Fransiya universitetlarida 
o‘qitilgan. Birinchi asarlar, qoidaga ko‘ra, davlat iqtisodiy siyosatiga tegishli bo‘lib, siyosiy tarixdan 
o‘tishning qulay yo‘li bo‘lgan. Lekin tez orada iqtisodiy-tarixiy tadqiqotlar narxlarning o‘zgarishi, 



Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish