Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA PEDAGOGIKA 2019-yil, 4-son



Download 2,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/185
Sana04.07.2022
Hajmi2,04 Mb.
#739311
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   185
Bog'liq
2 5463281125877094145

ILMIY AXBOROTNOMA PEDAGOGIKA 2019-yil, 4-son 
97 
to‘g‘risida so‘zlaydi, aslida esa u qo‘ygan savolga javob beradi. Olim tarixchining o‘rganilayotgan 
davr kontekstiga kirish intilishiga asoslangan tarixiy talqin tamoyillarini ishlab chiqqan. 
Kollingvud birinchi bo‘lib «tarixiy fikrning ikkinchi o‘lchovi», yoki «tarixning tarixi» 
to‘g‘risidagi asosiy masalani yoyiq shaklda qo‘yyadi. Tarixiy tasavvur maqsadi va uning amaliyoti 
o‘rtasidagi tafovut to‘g‘risida mulohaza yuritib, yozadi: «Umuman olganda xuddi shunday har qanday 
harakatning maqsadi tarixiy o‘tmish to‘g‘risida mantiqiy xulosani qurish uchun dastlabki material 
sifatida bu-yerda-va-hozir idrok etilayotgan butun majmuidan foydalanishdan iborat, tarixiy 
o‘tmishning rivojlanishi uning paydo bo‘lishiga olib kelgan. Biroq amaliyotda bu maqsadga erishish 
mumkin emas. Bu-yerda-va-hozir idrok etilayotgan narsa o‘zining butun yaxlitligida idrok etilishi va 
buning ustiga tushuntirib berilishi mumkin emas, cheksiz o‘tmishni esa to‘laligicha hech qachon 
tushunib, fahmlab bo‘lmaydi. Bundan tashqari tarixiy tadqiqotning manbalari bazasi, usullarida 
nazariy apparatidagi to‘xtovsiz o‘zgarishlar tufayli hech qanday natija qat'iy, (uzil-kesil) bo‘lmaydi. 
«Har bir yangi avlod tarixni o‘zicha qayta yozib chiqishi kerak, har bir yangi tarixchini esa eski 
savollarga yangi javob berish qanoatlantirmaydi: u savollarning o‘zini ham qayta ko‘rib chiqishi 
lozim. 
Tarix – ikki marta kirib bo‘lmaydigan oqib turgan suv bo‘lganligi uchun, alohida tarixchi, 
biron predmet ustida qandaydir vaqt ishlab kelib, eski muammoga qaytmoqchi bo‘lganda, 
muammoning o‘zi o‘zgarganini ko‘radi». Va, Kollipgvudning o‘zi ta'kidlaganidek, bularning hammasi 
tarixiy skeptitsizm foydasiga dalil bo‘la olmaydi. Bu tarixiy-tarixshunoslikka oid tadqiqotning eng 
muhim tamoyilining ajoyib asoslab berilishidir: har bir tadqiqotchi tarixiy jarayonda o‘z o‘rniga ega 
va mazkur tarixiy jarayonga faqat hozirgi vaqtda o‘zi amal qilayotgan nuqtayi nazardan qarashi 
mumkin. 
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, tarixiy bilimni o‘rganishga doir yondashuvlar moziy 
tajribasini o‘tmishdan kelajakka yetkazishga xizmat qiladi. Ularga zarar yetkazish yoki yo‘qotishga 
urinish millat tarixining inqirozga yuz tutishiga, bir yoqlama rivojiga, aksariyat hollarda obyektiv 
bo‘lmagan bilimlar salmog‘ining oshishi orqali zaiflashuviga olib keladi. Shu nuqtayi nazardan 
qaraganda, tarixiy bilish, birinchidan, o‘ziga xos usullar xos bo‘lgan olamni bilish usullaridan biri, 
ikkinchidan, tarixiy o‘zgarishlar va qonuniyatlar to‘g‘risidagi ilmiy bilimning sohasi sifatida 
ifodalanadi. Bu jarayonda tarixiy bilish o‘tmishni turli-tuman idrok qilish va baholashni aks 
ettiruvchi g‘oyalar, qarashlar, tasavvurlar, his-tuyg‘ular, kayfiyatlar majmui sifatida ham namoyon 
bo‘ladi.

Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish