ILMIY AXBOROTNOMA PEDAGOGIKA 2019-yil, 4-son
96
yondashuvlari zamondoshlari tomonidan lozim darajada baholanmagan, ular mamlakat tarix-
shunoslariga faqat XX asrning oxirlarida kerak bo‘lgan [7].
Atoqli britaniyalik tarixchi va faylasuf Robin Djordj Kollingvud (1888-1943) tarixiy bilim
predmetini «res gestae-odamlarning o‘tmishda sodir etgan harakatlari» sifatida belgilagan. Tarixiy
faktni harakat qiluvchi shaxs fikrlarining tarixchi ongida boshqacha shaklda ifodalanishi, deb tasavvur
qilib, isbotlash va mulohaza yuritish tavsifiga katta e'tibor qaratgan. Kollingvud fikriga ko‘ra, aniq
fanlarda bilimni tashkil qilishning boshlang‘ich nuqtasi taxminlar bo‘ladi, tarixda – faktlar. Tarixiy
usul “alohida-alohida ko‘rinishda hujjatlar deb nomlanuvchi” faktik ma'lumotlarni talqin qilishdan
iborat. Tarixiy bilish na nufuzli shaxslar, na xotiraga bog‘liq emas. Kollingvud tarixchi u to‘g‘rida
guvohliklar yo‘q bo‘lib ketganligi natijasida butunlay unutib yuborilgan narsani qayta kashf etishi
mumkin: shuningdek u undan avval hech kim bilmagan biron narsani ham ochishi mumkin, deb
ta'kidlagan. Olim manbalardan olingan mulohazalar orasidagi boshqa u taxmin qilgan mulohazalarni
interpolyatsiya (lot. qayta ishlash, ta'mirlash – mat.-ma'lum kattaliklar oralig‘idagi noma'lum
kattalikning qiymatlarni topish) qiladi. Biroq bu interpolyatsiya ixtiyoriy emas, bu boshqa turdagi
konstruksiya, uning tarkibiga mavjud ma'lumotlardan zaruryat bilan kelib chiqmaydigan hech narsa
kiritilmaydi.
Kollingvud professional (kasbiy) tarixning tamoyillarini quyidagicha ta'riflab berdi: «Tarixchi
o‘zining faniga tegishli usullar yordamida uning oldida ish jarayonida gavdalanadigan har qanday
dasturning to‘g‘ri yechimi to‘g‘risida o‘z hukmiga ega bo‘lishga huquqli va majbur». Boshqacha
aytganda, tarixchi har doim ilgari o‘rganilgan faktlarni yangitdan tadqiq qiladi. Uning xulosalari,
fizikning umumiy ahamiyatga ega xulosalaridan farqli o‘laroq, - har doim shaxsiy kechinma va
mulohazadir.
O‘tmishning har qanday hodisasini tadqiq qilganda tarixchi mazkur hodisaning tashqi va ichki
deb atash mumkin bo‘lgan tomonlarni farqlaydi, deb ta'kidlaydi Kollingvud. Hodisaning tashqi tomoni
deganda u jismlar va ularning harakatiga tegish atamalar orqali tavsiflanishi mumkin bo‘lgan barcha
narsani nazarda tutadi: Sezarning muayyan odamlar bilan birga muayyan vaqtda Rubikon nomli
daryodan o‘tishi yoki boshqa vaqtda senat binosi polidagi uning qoni tomchilari. Hodisaning ichki
tomoni deganda faqat fikr kategoriyalari bilan tavsiflanishi mumkin bo‘lgan narsalarni tushungan:
Sezarning Respublika qonunlarga qilgan da'vati yoki uning konstitutsion siyosatining uning qotillari
siyosati bilan to‘qnashuvi. Kollingvud tarixchining ishi hodisalarning tashqi tomonini aniqlashdan
boshlanishi mumkin, lekin hech qachon bu bilan tugallanmaydi, deb ta'kidlaydi: «U har doim shuni
esda tutishi kerakki, hodisa - harakat bo‘lgan, va uning asosiy vazifasi - mazkur harakatga xayolan
kirib borish, buning maqsadi esa ushbu harakatni sodir etganning fikrlarini bilishdan iborat...»".
Tarixchi, hodisalar sabablari va qonunlarini o‘rganish bilan shug‘ullanganda tabiatshunos
olimga taqlid qilishga majbur emas va buni qila olmasligini isbotlab, Kollingvud ta'kidlaydiki, bu
tarixiy hodisalarni tavsiflashda “sabab” atamasi mutlaqo noo‘rin degani emas; bu mazkur atama bu
yerda alohida ma'noda ishlatilishidan dalolat beradi. Tarixchi: «Nima uchun Brut Sezarni o‘ldirdi?»
deb so‘raganda, uning savoli quyidagi ma'noni bildiradi: «Sezarni o‘ldirish to‘g‘risidagi qarorni qabul
qilishga majbur qilgan Brutning fikrlari qanday edi?» Tarixchi uchun hodisaning sababi - ushbu
hodisani yuzaga keltirgan harakatlarni sodir etgan odamning fikrlariga aynan.
Kollingvud tarix insoniyat o‘zini o‘zi bilishi uchun kerak deb yozgan: «O‘zini o‘zi bilish siz
nimalar qilishga qodir ekanligingizni bilishdir, lekin harakat qilmasdan turib buni hech kim bila
olmasligi uchun, inson nima qila olishi to‘g‘risidagi savolga javobning bitta-yu bitta kaliti uning
o‘tmishdagi harakatlarida yotadi. Tarixning qadri shuning uchun u tufayli biz inson nimalar qilganini
va, demak, u kim ekanligini bilib olishimizdan iborat». Kollingvud ilmiy bo‘lmagan «qaychi va yelim
tarixini» va «ilmiy tarixni» bir-biriga qarshi qo‘yadi. Birinchisi, uning fikriga ko‘ra, mavjud
guvohliklarni tanlab olish va kombinatsiyalashdan iborat bo‘lib, tugab borayotgan antik davr va o‘rta
asrlarga xos bo‘lgan. XVII asrdan boshlab tanqidiy tarix tarqaladi, uning asosida manbalar
ma'lumotlarining ishonchliligini aniqlashga intilish yotganligini ko‘rgan Kollingvud, uni bor yo‘g‘i
«qaychi va yelim tarixining» bir ko‘rinishi deb hisoblagan. XIX asrda manbalar ishonchlilik darajasi,
xuddi shuningdek shubhasiz, qiziqish tug‘dirgan, lekin «ilmiy tarix» doirasida tadqiqotchi manbalarni
tahlil qilib, ulardan nimalar topmoqchi ekanligini to‘g‘risidagi savolni hal qilish tashabbusini o‘ziga
o‘zi yuklaydi. Agar «qaychi va yelim tarixchisi» manbalarni, ular tarkibida kitobxonga to‘g‘ridan-
to‘g‘ri so‘zlab bergan narsadan boshqa hech narsa yo‘q degan taxmindan kelib chiqib, o‘qisa, «ilmiy
tarixchi» manbalardan shunday ma'lumotlar oladiki, ular sirtdan qaraganda butunlay boshqa narsa
Do'stlaringiz bilan baham: |