ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2020-yil, 2-son
29
Mustaqillik yillarida ma’naviy sohada olib borilgan islohotlar natijasida millatlararo hamjihatlik,
millatlarning tengligi, barcha xalqlarning adabiyot va san’atini hurmat qilish, sharqona odob-axloq,
O‘zbekiston fuqarolarining milliy mafkura asosida birlashishi namoyon bo‘ldi. Jamiyatda uzoq tarixiy
taraqqiyot davomida to‘plangan boy ma’naviy tajriba, millatlararo munosabatlarning axloqiy madaniyatga
doir nodir tamoyillari san’at asarlari orqali idrok etilishi yo‘lga qo‘yildi. Natijada o‘zaro hamkorlikdagi
millatlarning ajoyib milliy an’ana va san’at durdonalari qaytadan tiklanib, jahon sivilizatsiyasiga o‘zining
bezavol hissalarini qo‘shgan buyuk ajdodlarimiz merosini asrash-avaylashga munosabat tubdan yangilandi.
O‘tmish tarixiy xotira uyg‘onib, yoshlarda o‘z xalqi, tarixi va madaniyatidan faxrlanish va boshqa
xalqlarning tili, dini, e’tiqodi va san’at asarlarini e’zozlash tuyg‘usi kuchaydi.
“ Biz barchamiz – deydi SH.Mirizyoev, - fuqarolar ham, jamiyat ham, davlat ham Vatanimiz ravnaki
uchun, mamlakatimizda tinchlik -barqarorlikni mustahkamlash uchun, tarixiy, ma’naviy va madaniy
merosimizni saqlash, boyitish va kelgusi avlodlarga bezavol etkazish uchun birdek mas’ulmiz. Yurtimizda
yashayotgan turli millat va elat vakillari o‘rtasidagi do‘stlik va totuvlik muhiti, o‘zaro hurmat va
hamjihatlikni asrash va mustahkamlash maqsadida olib borayotgan ishlarimizni yanada kuchaytirishimiz
lozim” [4. 37].
Bunday ijtimoiy muhitning vujudga kelishi yoshlarda millatlararo munosabatlar borasida ijobiy
tasavvur va tushunchalar, yangicha estetik tafakkur madaniyati shakllanishi hamda rivojlanishiga xizmat
qiladi. Yoshlardagi ushbu yangicha estetik tafakkur ma’naviy qadriyatlar mezoni sifatida shaxs ruhiyatini
yaxlit, bir butun tarzda rivojlanishi uchun asos bo‘ladi. SHu tariqa ma’naviylik va milliylikni
birlashtiruvchi millatlararo hamjihatlik shakllanadi va rivoj topadi. Millatlararo munosabatlar negizida
yoshlarning tabiatga, jamiyatga, san’atga, shaxs hamda insoniyatga bo‘lgan umuminsoniy va ulug‘vor
axloqiy tuyg‘ular bilan bog‘langan munosabati yotadi. Bu kechinmalarni yoshlar estetik ongida vujudga
keltiradigan va rivojlantiradigan ijtimoiy muhit, nozik estetik dunyoqarash bilan yaratiladigan san’at
asarlari mafkuraviy jihatdan juda katta ahamiyat kasb etadi.
Jamiyatda olib borilayotgan islohotlar jarayonida madaniy meroslarni, jumladan san’at asarlarini
yoshlar ijodiy tafakkuriga etkazish, ularda millatlararo munosabatlarni kuchaytirish tuyg‘ularini oshirish
muhim ahamiyat kasb etadi. Har bir davlat hayoti va taqdiri bilan bog‘liq bo‘lgan barcha faoliyat va
amallarning negizida siyosiy, axloqiy va milliy madaniyatlar mushtarakligi yotadi. Demak, inson va
insoniyat hayoti bilan bog‘liq biror soha, faoliyat va munosabat yo‘qki, u umuminsoniy va milliy
mezonlardan tashqarida bo‘lmaydi. Barcha ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy-ma’naviy islohotlarimizning
pirovard natijasi bugungi yosh avlodni ertangi kun uchun, mamlakatimiz istiqboliga javobgar va mas’ul
qilib tarbiyalash hisoblanadi.
Yurtimizda millatlararo munosabatlarni yoshlar tarbiyasida shakllantirish jaaryoni stixiyali tarzda
olib borilmasdan, balki uzluksiz va muntazam tarzda davlat va jamiyatning vazifasi bo‘lishi, yuksak
ma’naviyat va san’atga asoslanishi lozim. Jamiyatda milliy va umuminsoniy qadriyatlar natijasi sifatida
xalqimizning madaniy merosi shundan iborat bo‘lishi kerakki, yoshlarimizda millatlararo hamjihatlikni
shakllantirishda mustaqillik yillarida qo‘lga kiritilgan yutuqlar bilan bog‘liq estetik tafakkurni
rivojlantirish, ularning qalbida Vatanga mehr-muhabbatni kuchaytirish va tarbiyalashimiz zarur. Bu narsa
yoshlar milliy madaniyati, ma’naviy kamoloti yuksak axloqiy omillar asosida shakllanganidan darak
beradi.
Mamlakatimizda olib borilayotgan yosh avlod tarbiyasidagi millatlararo munosabatlardan
ko‘zlangan asosiy maqsad o‘z davri va zamoni, ijtimoiy ehtiyojidan kelib chiqadigan va shunga javob
beradigan, yangicha fikrlovchi, umuminsoniylikni e’zozlovchi yoshlarni tarbiyalash, ularga yuksak
ma’naviyatni voyaga etkazish hisobalanadi.
Yoshlarda millatlararo hamjihatlik tuyg‘usining kuchayishi, birinchidan, ijtimoiy turmushdagi
o‘zaro muloqotning tezlik bilan o‘zgarishlari, ikkinchidan, jamiyatda ta’lim-tarbiya sohasidagi xalqaro
hamkorlik borasidagi islohotlar, uchinchidan, milliy g‘oya negizida yurtimizda turli millat va elatlar
yoshlari dunyoqarashining bir maqsad natijasida shakllanib va rivojlanib borishidir. Bunday yoshlarning
millatlararo munosabatlarida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlardan maqsad ularning ijtimoiy-siyosiy hayotini,
mamlakat kelajagini yangicha tushunib, amalga oshirilayotgan barcha demokratik islohotlar mohiyatini
inson uchun ekanligini chuqur anglab etishdan iboratdir.
Yoshlar xalq taqdiri, Vatan kelajagiga ishonchini kuchaytirsa, mavjud madaniy merosimizni asrab-
avaylashda astoydil mehnat qilsa va bu mehnat natijasi yoshlarda yangicha san’at durdonalariga e’tibor
kuchayib boradi. Yoshlar fazilatlarining milliylik bilan uyg‘un rivojlanib borishi unda birinchi galda
ma’naviy-ma’rifiy va ruhiy jihatlar, ijtimoiy muhit, estetik faoliyat va millatlararo munosabatlarning
insoniylashuvida katta ahamiyat kasb etadi. Yuksak ma’rifat asosida kamol topgan yoshlar demokratik
Do'stlaringiz bilan baham: |