ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2020-yil, 2-son
26
jadvaldagi o‘rni va xossalarini oldindan aytib bergan. Bu elementlar keyinchalik topilgan: galliy (1875),
skandiy (1879), germaniy (1886). Fanga ma’lum bo‘lgan 92 ta elementning 29 tasi mo‘ljallash, tusmollash,
bashorat asosida kashf etilgan».
Ayni paytda B. Rasselning fikrlari ham diqqatga sazovor. U ba’zan o‘zini ijodiy ishga zo‘rma-
zo‘raki majburlashlar hech qanday natija bermagani va o‘zida g‘oyalarning etilishini kutish zarurligini
anglab etganligini ta’kidlaydi: «Men kitob ustida ishlayotganimda, uni tushimda deyarli har kuni ko‘raman.
YAngi g‘oyalar paydo bo‘ladimi yoki eskilari jonlanadimi, buni bilmadimu, ko‘p hollarda men butun
boshli sahifalarni ko‘raman va uyquda ularni o‘qishim ham mumkin». Zigmund Freydning fikricha, «tush –
ro‘yobga chiqishga intilayotgan orzu-armonlar tiqilib yotgan g‘ayriixtiyoriylik tomon yo‘nalgan shohona
yo‘ldir».
Taniqli fiziolog hamda psixolog V. M. Bexterevning izohlashicha, bunday kutilmagan jarayonlar
ro‘y berishining asosiy sababi uxlashdan oldin o‘rganilayotgan masala borasida zo‘r berib bosh qotirish,
o‘ylash va butun zehn, diqqat-e’tiborning jalb etilishi, hal qilinishi zarur bo‘lgan masalaga to‘la-to‘kis
yo‘nalishdan iborat maqsadga muvofiqlashtirilgan, murakkab, barqaror ruhiy holatning hukm surishidir.
SHuningdek, mazkur ruhiy faoliyat hushyorlikdagi aqliy faoliyatdan sifat jihatdan samaraliroq bo‘lishi
mumkin. Nazarimizda, ijodkor muammo ustida tinimsiz mantiqiy faoliyat olib borib, aql-hushi shu
muammo bilan band bo‘lgan bir sharoitda navbatdagi uyquga ketsa, uyquda intellekt o‘z o‘rnini
intuitsiyaga bo‘shatib berishi oqibatida kutilmaganda muammoning echimini topadi.
Uyqu paytida miyaning ongsiz faoliyatida «sirli» oldindan ko‘rish quvvati mavjud bo‘lib, u orqali
ba’zi kishilar kashfiyot va muhim voqealarning darakchisi bo‘ladi. Biroq inson ko‘p yillik bilim, malaka,
ko‘nikmalarga ega bo‘lganidan keyin tajriba va bilim asosida kelajakning ba’zi elementlarini bashorat
qilishi mumkin.
Pirs ta’biricha, inson o‘z tajribasi va harakati girdobiga shu darajada kirib ketganki, pirovardida
mazkur girdob chegarasidan butunlay chiqa olmaydi. Bunda biz ongsizlikdagi tush ko‘rish holatini
kuzatishimiz mumkin. Pirsning izdoshi bo‘lgan Jeymsning falsafiy ta’limotida inson ruhiy faoliyatining
tabiatini tadqiq etishga urinish etakchi o‘rinlardan birini egallagan. Jeyms falsafiy muammolariga ob’ektiv
mazmundan ko‘ra sub’ekt bilan bog‘liq bo‘lgan tomonlar, birinchi galda kishining sezgilarini birinchi
o‘ringa qo‘yadi. «Sezgilar reallikning yoki olamning ma’lum bir qismini tashkil etadi», – deb yozadi u.
Betxoven haqida so‘z ketganda, uning daholigi ilohiy intuitsiyaning namoyon bo‘lishidadir, deb
aytishimiz mumkin. Betxoven kar bo‘lishga qaramay, samoviy musiqa ohanglarini qalban his etgan, koinot
garmoniyasini eshitgan va o‘z simfoniyalarini yarata olgan.
Ruhiy yo‘nalish olim va ijodkorlar faoliyatini namoyon etuvchi muhim omil hisoblanadi. A.S.
Karmin shuni nazarda tutib, haqli ravishda quyidagi ta’rifni keltiradi: «Ijod etish jarayonida ijodkorning
ilmiy qobiliyatini diqqat markazga qo‘yib, uni echishga ruhiy yo‘nalish (ustanovka) katta ahamiyatga ega».
Agar ijodkor uchun yangi hissiy obraz, tushunchalarni hosil qilish lozim bo‘lsa, buning natijasida avvaldan
shunga o‘xshash tushuncha, hissiy obrazlarni yaratishga zamin bo‘lgan muhit va yo‘llanmani izlaydi.
Ijodkor shu ko‘rsatma doirasida irratsional muammo ustida ishlaydi. Oldingi tajribadan unga ma’lum
darajada xizmat qilgan evristik g‘oyalarni ishlatishga intiladi, ko‘p hollarda masalaning echimiga intuitiv
tarzda yondoshadi. Masalan, Balьzak uchun kunduz kuni xonani qorong‘i qilib shamni yoqib qo‘yish,
SHiller uchun esa oyog‘ini sovuq suvga solib o‘tirish ruhiy yo‘llanma vazifasini bajargan. Ruhiy ko‘rsatma
ijodkorlarga ilhom keltirish manbai bo‘lib xizmat qilgan. Lekin bu ko‘rsatma muammoni hal etish uchun
etarli emas.
Ilmiy ijod jarayonida, umuman insonning bilish faoliyatida ruhiyatidagi barcha jihatlar, jumladan
ratsional, irratsional qism va unsurlar faol ishtirok etadi. Ilmiy ijodiyotda irratsional tafakkur mantiqiy
ratsionallik bilan birga o‘zining turli ko‘rinishlari: ruhiyatdagi ong osti ruhiy jarayonlar, ruhiy ko‘rsatma,
intuitsiya, tush ko‘rish paytida sodir bo‘lgan irratsional tafakkur, spontan xayol qilish orqali namoyon
bo‘lishi natijasida fundamental tadqiqotlardagi ilmiy yangilik, kashfiyotlar va ixtirolarning yuzaga
kelishida katta rolь o‘ynaydi.
Amerikalik psixolog B. Kennonning fikricha, intuitiv fikrlash har bir ijodkorda ham
kuzatilavermaydi. 322 nafar olim o‘rtasida so‘rov o‘tkazilganida ularning 33 % ijod jarayonida echim
intuitiv ravishda kelishini, 50% hech qachon bunday holat kuzatilmaganligini, qolgan 17% esa intuitsiya
to‘g‘risida umuman hech narsa bilmasligini ma’lum qilgan. Ammo Kennon ilmiy ijod jarayonida
echimning to‘satdan, intuitiv ravishda paydo bo‘lishi uchun imkon beradigan sharoitlarni hisobga
olmayotganga o‘xshaydi.
Xulosa qilib aytganda, muammoning echimini izlashda ilmiy ijodda nafaqat tush, balki tasavvur,
diqqat, xotira, fahm-farosatning ham o‘rni ahamiyatli. Bilish jarayoniga bog‘liq bo‘lgan tasavvur, xotira,
diqqat, fahm-farosat, ong, ongsizlik, ong osti sohasi, insayt, tafakkur, ratsional tafakkur, irratsional tafakkur
Do'stlaringiz bilan baham: |