ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2020-yil, 2-son
28
Yurtimizda yoshlarni tarbiyalash jarayoni tarixan shakllanib kelgan ajdodlarimizning milliy va
umuminsoniy qadriyatlari negizida rivojlanib kelmoqda. Zaminimizda azaldan bir qancha millat va elat
vakillari bir maqsad sari birlashib, shu yurtning kelajagi bo‘lgan yoshlarni voyaga etkazishda yakdil
bo‘lganlar. SHu asosda O‘zbekiston amalga oshirilayotgan madaniy sohadagi demokratik islohotlardan
ko‘zlangan maqsad har bir o‘sib kelayotgan avlodning yuksak ma’naviyatga erishishi uchun shart-sharoitlar
yaratish, ijtimoiy hayotda mukammal shaxsni shakllantirish, o‘tmish qadriyatlarini mujassam etgan kelajak
yoshlarini tarbiyalashdir. YOshlar dunyoqarashida ijtimoiy-estetik hayotning asl mohiyatini ifodalaydigan,
millatlararo munosabatlarda san’atning rolini chuqur anglab etadigan jamiyat barpo etilmoqda. SHunday
milllatlararo hamjihatlikni ko‘zlagan ko‘pmillatli O‘zbekstonda yagona maqsad sari intilish, turli millat
yoshlarning kelajagi o‘ylash Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov qarashlarida aks etgan edi. U kishi
yoshlarda millatlararo munosabatlarga bo‘lgan qiziqish va dunyoqarashini ta’kidlar ekanlar “bunday ezgu
intilish, bunday harakatlarning negizida ayni paytda bizning millatimiz va xalqimizga mansub bo‘lgan
bag‘rikenglik va olijanoblik fazilatlari, shu bilan birga, mustaqillik yillari davomida yurtdoshlarimiz
dunyoqarashining tubdan o‘zgargani, avvalo yosh avlodimizni tarbiyalash va ma’naviy yuksaltirish yo‘lida
qilayotgan barcha-barcha ishlarimiz o‘z ifodasini topgan” [1. 161], degan edi. Biz yoshlarimizning boshqa
xalq va millatlar bilan doimo do‘st va inoq bo‘lishi, ularning ma’naviy olamida hamjihatlik, estetik
tafakkurida o‘zaro hamkorlikka asoslangan insonparvarlik tuyg‘ulari shakllanishi uchun doim intilamiz.
Ayni paytda O‘zbekistonda milliy g‘oya tamoyillari negizida fuqarolik jamiyati shakllantirilayotgan
bir davrda millatlararo munosabatlarda san’atning yuksak ma’naviyatga asoslanishini ommaga etkazish,
madaniy merosimizning diniy va dunyoviy dunyoqarash bilan uyg‘unligini ta’minlash dolzarb ahamiyat
kasb etmoqda. Jamiyatda yoshlar ongini estetik tafakkur bilan boyitish, ijtimoiy va madaniy sohalardagi
barcha islohotlarda san’atning millatlar taraqqiyotiga ta’sirini ochib berish, ajdodlarimizning milliy tajriba
va ko‘nikmalarini bugungi kun ro‘yobiga aylantirish dolzarb falsafiy-estetik masalalardan biriga aylandi.
Mamlakatimiz fuqarolik jamiyatining yangi bosqichini shakllantirayotgan ekan, yoshlarda hayotga, mehnat
qilishga, sa’natga nisbatan yangicha millatlararo munosabatlar va yondoshuvlar shakllanmoqda. YOshlarda
bunday zamonaviy yondoshuv hamda millatlararo munosabatlar tarixiy tajriba va milliy ongning
taraqqiyotisiz mavjud bo‘la olmaydi. SHu boisdan jamiyatda bo‘layotgan barcha o‘zgarishlarda tarixiy va
milliy ongning madaniy merosga ta’sirini yaxshi anglab etish kerak. YOshlarda voqelikka zavqiy
munosabatning milliy mezonlari ham mavjud bo‘lib, bunda milliy mezonlarning mohiyati millatlararo
munosabatlar yo‘nalishiga ta’sir qiladi. Shu tarzda yoshlarning ma’naviy kamolotida, madaniyatida yoshlar
ijtimoiy-estetik hayotida sodir bo‘layotgan jarayonlardan kelib chiqadigan xususiyatlar shakllanadi.
O‘zbekistonda Harakatlar strategiyasining barcha bo‘g‘inlari yangi demokratik andozaga asoslanib,
evolyusion yo‘ldan ildam borishga intilmoqda. Natijada, ijtimoiy-falsafiy islohotlar bevosita ma’naviy
islohotlar bilan birgalikda rivojlanmoqda. Jamiyatda yoshlar ruhiyatiga milliy qiyofani millatlarga hurmat
ruhida singdirish, har bir faoliyatda yoshlardagi bunday tabiiy-estetik g‘ayratning amalga oshishiga halal
beradigan ayrim ijtimoiy illatlarni, masalan, korrupsiya, ta’magirlik, mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik
kabi salbiy illatlarga qarshi kurashish keskin kuchaydi.
Jamiyatda yoshlar milliy mentalitetidan kelib chiqadigan millatlararo munosabatlarni belgilovchi
san’atga muhabbat, qadriyatlarni targ‘ib qilish, millatlararo hamjihatlik, insoniylikni e’zozlash,
mehnatsevarlik, mehr-oqibatlilik, poklik, ezgulikka chorlash singari fazilatlar insonni jamiyat hayotidagi
o‘rnini, millat ma’naviy taraqqiyotidagi rolini, millatiga bo‘lgan ijodiy munosabatlar axloqiy mezonini
belgilaydi. Axloqning millatlararo munosabatlar va madaniy meros tizimidagi rolini Abdulla Avloniy
shunday yozgan edi: “Axloq insonlarni yaxshilikka chaqiruvchi, yomonlikdan qaytaruvchi bir ilmdir.
Yaxshi xulqlarning yaxshiligini, yomon xulqlarning yomonligini dalil va misollar ila bayon qiladurgan
kitobni axloq deyilur” [2. 11]. Demak, axloq borasidagi fikrlar vaqt va makon bilan hamnafas tarzda doimo
yangilanib, yoshlar ma’naviy olamida san’at va madaniyatning boyib borishiga xizmat qiladi.
O‘zbekiston huquqiy davlat sifatida har bir millatning tengligi qonun asosida kafolatladi. Jamiyatda
millatlararo munosabatlar negizida san’at va milliy-ma’naviy qadriyatlar uyg‘unligi ijtimoiy taraqqiyotning
belgilovchi tamoyiliga aylandi. SHuning uchun barchamiz hamjihatlikda “huquqiy bilimlarni qonunlarning
mazmun-mohiyatini ta’lim maskanlari, ommaviy axborot vositalari, Internet resurslaridan, adabiyot, san’at,
diniy muassasalar imkoniyatlaridan foydalangan holda, samarali usullar bilan targ‘ib qilishimiz zarur” [3.
84].
Jamiyatda bu islohotlar natijasida kelajakda yurtimiz qanday intellektual kuchga egaligi, yoshlarning
xalqaro maydonda o‘ziga xos madaniy va kasbiy saviyaga erishganligi aks etadi. Shu boisdan millatlararo
munosabatlarda hamjihatlik va millatparvarlikni rivojlantirish yoshlar tarbiyasida muhim falsafiy-estetik
ahamiyat kasb etadi. Shu maqsadda amalga oshirilgan ma’naviy islohotlar yoshlarning shaxs sifatida
ma’naviy-estetik va axloqiy kamol topishini, ularning aqliy va jismoniy rivojlanishini ko‘zda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |