Key words:
cognition, scientific knowledge, creativity, scientific creativity, thinking, scientific
thinking, intuition and features of its creative manifestations, rational and irrational thinking.
Ijod, ilmiy ijod va intuitsiya bir biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan tushunchalar bo‘lib, qadimdan
faylasuflar mazkur masalalar yuzasidan o‘z qarashlarini ilgari surganlar. Intuitsiya, intuitiv bilish, intuitiv
tafakkur kabi tushunchalar insonning nafaqat hissiy va aqliy bilish qobiliyati, balki inson ruhiyati bilan ham
bevosita bog‘liq bo‘lgan murakkab, serqirra va yaxlit bilish jarayonidir.
Buyuk mutafakkir Abu Nasr Forobiy ijodga oid fikrlari o‘rin olgan, u ijodda intuitsiya ahamiyatini
insondagi bunyodkorlik g‘oyalari bilan ifodalaydi. Forobiy mantiqiy va intuitiv bilishni birgalikda olib
ko‘radi. U intuitsiyani “Faol aql” tushunchasi bilan bog‘laydi va aqlning bu ko‘rinishini ruh, jon
tushunchalar bilan izohlaydi: “Inson “ilohiy ruhiy hayot” hislatlarini ongi va ruhiyatida aks ettiradi.” Ibn
Sino ham Forobiy singari intuitsiyani aql va irratsional bilim bilan birgalikda olib ko‘radi va intuitsiyani
metafizika bilan bog‘laydi: “Metafizika bu tabiatdan yuqori turuvchi mohiyatni o‘rganadigan ilohiy ilmdir”
Ibn Sino uchun bilish bosqichlari uch shakldan iborat: a) hissiy bilish; b) mantiqiy bilish; v) nubuvvat
orqali bilish; (intuitsiya) Ibn Sino nubuvvat ilmini “Iloh bilan insonning muloqoti”
tarzida izohlaydi.
Insoniyat tarixiy taraqqiyotidagi ayrim yirik ilmiy kashfiyotlar beixtiyor, kutilmagan holatda,
to‘satdan qilingani ma’lum. Elektrotexnika sohasidagi mashhur kashfiyotchi Nikolla Tesla (1856–1943)
sayr qilib yurganida bir texnik muammoning echimi to‘satdan miyasiga kelib qoladi. Oqibatda bu fikr shu
muhim masalaning echilishiga sabab bo‘ladi. Manbalarda Teslaning miyasiga kelgan tasvirlar esa aniq,
ravshan va sezilarli bo‘lgani qayd etilgan.
Amerikalik psixolog D.J.Gouenning yozishicha, u ufqqa qarab she’r o‘qiyotganida to‘satdan kelgan
yangi fikr, ongini chaqmoqdek yoritib yuborgan, ya’ni o‘zgaruvchan tokda ishlaydigan elektr motori
konstruksiyasi unga yangi g‘oya sifatida namoyon bo‘lgan.
Insoniyat tarixida olimlar, konstruktor va rassomlar o‘z sohasida yangi kashfiyotlarga erishganligi
bilan bog‘liq misollar ko‘plab uchraydi. Xususan, rus olimi D. I. Mendeleev ximiyaviy elementlar davriy
tizimi jadvalini tuzish vaqtida uch kechayu uch kunduz mehnat qilgan, ammo bu vazifani nihoyasiga etkaza
olmagan. SHundan so‘ng charchagan olim ish stoliga bosh qo‘yib uyquga ketadi va tushida bu elementlar
tartibli joylashtirilgan jadvalini ko‘radi. «D. I. Mendeleev kimyoviy davriy qonunni kashf etganida (1869)
hammasi bo‘lib 63 ta kimyoviy element ma’lum edi. Uning o‘zi uchta hali noma’lum elementning
Do'stlaringiz bilan baham: |