Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal 2020-yil, 2-son (120) gumanitar fanlar seriyasi


ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2020-yil, 2-son



Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/177
Sana07.04.2022
Hajmi4,58 Mb.
#535457
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   177
Bog'liq
KZn9wTepWq ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2020-yil, 2-son 
32 
o‘tmishini anglatgan holda unda turli millat va elat vakillari, jumladan Markaziy Osiyo xalqlari o‘zlarining 
madaniy meroslari sifatida namoyish qiladi.
Mana shunday madainy meros namunalari “ma’naviy-madaniy hayot, ta’lim-tarbiya, madaniy 
meros, tarixiy tajriba, diniy, axloqiy, ma’rifiy qarashlar, turmush tarzi, rang-barang munosabatlar, ilm-fan, 
xalq bayramlari, sayllari, tomoshalari va udumlari, san’at, adabiyot kabi sohalarni o‘z ichiga qamrab oladi. 
Xalqning, millatning o‘ziga xos etnik xususiyatlari, jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi ham aslida ana 
shu ma’naviy-madaniy qadriyatlar bilan o‘lchanadi” [9. 119]. Bu boy meros respublikamizda amalga 
oshirilayotgan demokratik islohotlarning mahsuli bo‘lib, unda yoshlar uchun aziz hisoblangan millatlararo 
munosabatlar o‘zining umuminsoniy va insonparvarligi bilan jahonda O‘zbekistonning ma’naviy olamini 
boyligini namoyish etishga xizmat qilmoqda.
Jamiyatimizda yoshlarning har tomonlama kamol topishi uchun avvalombor, tarixan shakllanib 
kelgan diniy va dunyoviy bilimlarning asosini tashkil etuvchi ana’analar, milliy qadriyatlar, udum va 
marosimlarga alohida e’tiborni qaratishimiz darkor. Bu esa, yoshlarning jamiyatdagi ob’ektiv va sub’ektiv 
omillarga tayanishini taqozo etib keladi. Bu omillar hamisha shuni talab etadiki, “o‘z xalqi milliy 
qadriyatini boshqa millat qadriyatlariga teskari qo‘ymagan holda va, aksincha, boshqa millat ma’naviyatini 
chuqur his qilish darajasiga o‘sib chiqsa va o‘z milliy qadriyatini bemalol va beminnat namoyish etish 
imkoniyatiga ega bo‘lsa, milliy munosabatlarda do‘stona iqtisodiy va ma’naviy muloqotdan o‘zga niyat 
bo‘lmasa, ana shunda turli millatlarning ma’naviyatini ifodalovchi umumbashariy qadriyatlar o‘sib 
boraveradi” [10. 116].
Madaniy meros rivojida yoshlarning milliylik bilan bog‘langan millatlararo munosabatlar tahlil 
qilganda, ularning tarixiy taraqqiyot jarayoni bilan aloqadorlik jihatlariga e’tiborni qaratishimiz, xalq 
tafakkurida davr mafkurasi va milliy dunyosi qanday bo‘lganligini o‘rganishimiz, tarixiy shart-sharoitni 
hisobga olishimiz kerak bo‘ladi.
Madaniy meros rivojida yoshlarning millatlararo munosabatlarini shakllantirish jamiyatdagi har 
qanday milliy va ma’naviy madaniyatning ildizlari bo‘lgan adabiyot va san’at bilan uyg‘unlashgan holda 
ijtimoiy muhitda rivojlanadi. Mana shunday adabiyot va san’at har bir millatning hayotining ko‘zgusi 
bo‘lib, unda millat hayoti, milliy an’analar, zamonaviy ijtimoiy taraqqiyot barkamol avlodning shaxsiy 
xususiyatlarini, tabiati va dunyoqarashlarini badiiy-milliy obrazlarda aks ettiradi. Natijada, ijtimoiy va 
ijodiy erkinlikni qo‘lga kiritgan san’at ahli oldida asrlar mobaynida orzu qilib kelingan xalq ma’anaviyati 
yuksalib boradi. SHu boisdan adabiyot va san’at ahli oldida turldi millat va mamlakatlar taqdiri bilan 
bog‘liq, yangi zamon tarixini yaratuvchi xalqlarning estetik tafakkuri hamda madaniyatini shakllantiruvchi 
va rivojlantiruvchi badiiy ijodiyot namunalarini yaratish vazifasi turadi.
Keyingi yillarda tilimiz, dinimiz, madaniy merosimiz va urf-odatlarimizni mamlakatimiz va 
xalqimiz istiqboli uchun qanchalik zarur ijtimoiy hodisa ekanligini badiiy obrazlar orqali xalqqa etkazish va 
yosh avlodning ongida millatlararo munosabatlarni shakllantirish juda katta ijtimoiy-falsafiy vazifaga 
aylandi. Bizning xalqimiz azaldan “badiiy adabiyotga, san’atga mehr qo‘ygan, u orqali umuminsoniy 
qadriyatlardan bahra olgan avlod hamisha eng ilg‘or, eng mukammal avlod bo‘lib kelgan. Adabiyot-inson 
ma’naviyatining yuksakligini, mukammalligini ta’minlovchi vositalardan biri. Uning asosiy g‘oyasi ham 
insonni ulug‘lash, ezgulikni, adolatni, erkin, chinakam insoniy do‘stlikni, mehr-shafqatni targ‘ib 
etishdir”[11. 37]. Uning negizida yoshlarning har tomonlama etukligini ta’minlashga qaratilgan badiiy 
obrazlar va estetik madaniyatning betakror namunalari aks etgan bo‘lib, ular o‘z navbatida xalq ommasi 
badiiy-milliy ongi va tafakkuridan o‘rin oladi.
O‘zbekistonda adabiyot va san’atga bo‘lgan munosabatni tadqiq etar ekanmiz, bu jarayon uzluksiz 
va tarixiy 
taraqqiyot mahsuli sifatida turli millat vakillarini birlashtiradi. Adabiyot va san’at yosh 
avlodning estetik tafakkurida millatlararo munosabatlarni shakllantirishini Birinchi Prezidentimiz Islom 
Karimov e’tirof etib, “Biz hamma vaqt keng aholi qatlamlarining ham mumtoz, ham zamonaviy milliy 
madaniyatning eng yaxshi namunalaridan bahra olishiga imkon berib kelgan madaniyat sarchashmalariga 
avaylab munosabatda bo‘lishni o‘rganib olishimiz lozim. O‘zbekistonda musiqa, tasviriy, monumental va 
amaliy san’at sohalarida katta muvaffaqiyatlarga erishilganligi tasodifiy emas. Bu san’at turlari chet elda 
keng e’tirof etilgan. Milliy va jahon madaniyatining eng yaxshi namunalarini keng targ‘ib qilish va 
ommalashtirish yosh avlodni, hozirgi yoshlarimizni ma’naviy tarbiyalashning asosi bo‘lmog‘i kerak”[12. 
535], degan edi.
Yoshlarda millatlararo munosabatlarni yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlar va faoliyatlarimizda 
san’atimizning bugungi kundagi barcha tur va janrlarida insonparvarlik va milliylik tuyg‘ularini o‘zida 
ifodalashiga etishish erishish va yuksak ma’naviyatga qarshi bo‘lgan asarlar yaratilishiga yo‘l qo‘ymaslik 
ko‘zda tutilgan. Binobarin, xalqimizning o‘ziga xos sharqona fazilatlari, boy ma’naviyatiga monand san’at 
asarlarini targ‘ib etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, barcha san’at turlarini xalqimizning yuksak 



Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish