Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal 2020-yil, 2-son (120) gumanitar fanlar seriyasi


ILMIY AXBOROTNOMA TARIX 2020 - yil, 2 - son



Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/177
Sana07.04.2022
Hajmi4,58 Mb.
#535457
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   177
Bog'liq
KZn9wTepWq ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA TARIX 2020 - yil, 2 - son 
23 
yoritildi. Shu davrda ijod qilgan D.Kogan shahar va qishloq aholisi o‘rtasidagi munosabatlarni shahar 
etnografiyasi muammolari doirasida o‘rgandi. U ikki muhitda yashovchi kishilar o‘rtasidagi 
munosabatlarning shakllanishida muhim rol o‘ynovchi etnografik, ijtimoiy-iqtisodiy omillarni tahlil qilgan 

22

. Pershits va Smirnovalar bir millatli va aralash nikohlar mavzusini o‘rgandilar. Yu.Pershits bu borada 
ko‘rsatkichlarni taqqoslash bo‘yicha bir qator usullarni ham ishlab chiqdi 

23

. Ushbu masala ham sanoat 
shaharlari bilan bog‘liq eng muhim jihat edi. Chunki statistik ma’lumotlar ham buni tasdiqlaydi. Masalan 
ularda Toshkent viloyati shaharlari bo‘yicha berilgan ma’lumotlarda u yerda tug‘ilayotgan bolalarning 
sezilar qismi turli millat vakillari o‘rtasidagi nikohdan tug‘ilayotganligi qayd etilgan 

24

. Bu holat 
millatlararo totuvlikning ta’minlangani, sovet millatining shakllanayotgani ekanligi ta’kidlandi. Dala 
tadqiqotlaridan olingan ma’lumotlar uning amaliyotda qanday bo‘lganligi xususida qiziqarli faktlarni 
taqdim etadi. Yangi tashkil etilayotgan shaharlarga ko‘chib keluvchilarning ko‘pchiligi o‘z oilasidan 
ajralib, bu yerdagi sanoat korxonasida ishlash uchun keladilar. “Zavodga kelgan ishchilarning aksariyati 
yosh yigit-qizlar edi. Ularning ko‘pchiligi shu yerda tanishdilar va ba’zilari oila qurdilar. Shuning uchun 
bizning shaharda aralash nikohlarni ko‘plab uchratish mumkin” deydi axborotchilardan biri 

16


Ma’lumki, oiladan uzoqlashish, unda o‘ziga xos bo‘lgan an’analarning butunlay yo‘qolmasada, bir qadar 
susayishiga olib keladi.
Sovet shaharshunoslaridan E.Vasilevaning tadqiqotlari o‘ziga xos bo‘lib, boshqa sovet 
tadqiqotchilaridan farqli ravishda, ishchilarning turmush tarzi va kundalik hayoti emas, balki, Qozon va 
Mezelinsk shaharlarini rayonlashtirish masalasiga asosiy e’tiborni qaratadi. Zamonaviy shaharsozlik 
asosidagi shaharning markaziy qismi, xususiy sektor hisoblangan “neftchilar posyolkasi”, sobiq qishloq 
o‘rnidagi “Eski Almetevsk” kabi hududlarga tasniflaydi 

25

. Bu kabi holatlarni O‘zbekistonning sanoat 
shaharlarida ham uchratish mumkin. Qipchoq, Niyozbek kabi qishloqlar o‘rnida sanoatlashgan Chirchiq 
shahri barpo etilgan. 60-yillarda shahar ichida “Azotchik”, “Elektrik”, “Ximik”, “Konstruktor” kabi 
nomdagi, shuningdek, 3-, 4-, 8-, 9-mikrorayonlar tashkil etildi 

26

. Shaharsozlikning bu namunasi ma’lum 
soha vakillarining turmush tarizinigina yaxshilashni ko‘zda tutganga o‘xshaydi. Demak, shu nomdagi 
mikrorayonda istiqomat qilayapsizmi, albatta, shahardagi “Elektroximprom”, “Chirchikselmash” kabi 
korxonalarda fidokorona mehnat qilishi, o‘zlarining sotsialistik fuqaro sifatidagi rolini mehnat qilayotgan 
sanoat korxonasi orqali oshirib borishlari zarur edi 

27


Xulosa qilib aytish mumkinki, sovet davrida shaharlarni tadqiq etish, unga ta’rif berish hamda 
uning tahlili jamiyatda ustivor bo‘lgan g‘oyalar va mafkuralarga asoslangan edi. Sovet davlatining 
asoschisi bo‘lgan V.Lenin fabrikalarga, zavodlarga ega bo‘lgan yirik shaharlar, savdo va sanoat 
posyolkalari aholisining rang-barangligini aytib, “u tasodifiy paydo bo‘lmay, balki kapitalizm qonuniyatlari 
asosida shakllanadi” deya ta’kidlaydi 

28

. Qolaversa, u avvallari shaharlarning qishloqlarni siyosiy, 
iqtisodiy, madaniy va ko‘p sohalarda buzganligini ta’kidlab, “sotsialistik shaharlar”ning tamoman buning 
teskarisini qilayotganligiga ham urg‘u beradi 

29

. Shuning uchun bo‘lsa kerak, aksariyat hollarda sovet 
davri olimlari shaharlarni tadqiq etayotganda, unga hos bo‘lgan muhitni sovet kishilarining turmush 
tarzidan, qishloq aholisining shaharga xos bo‘lgan kundalik hayotidan izlaydi. Ya’ni, sanoatning rivoji 
nafaqat shahar, balki, posyolka va qishloqlardagi aholining hayotini ham yuksaltirganligiga urg‘u bergan. 
Aytish mumkinki, sovet davrida shahar antropologiyasini o‘rganilishiga doir tadqiqot ishlarilarda 
umumiylik bilan birga qator o‘ziga xosliklar mavjud. Sovet jamiyatida yashovchi aholining maishiy 
turmushini o‘rganish, sotsialistik taraqqiyotning kishilar kundalik hayotiga olib kirgan yuksalishlarni 
tarannum etish yondoshuvi deyarli barcha mualliflarga xosdir. Ayniqsa, o‘tgan asrning 50-60- yillarigacha 
bo‘lgan davrda buni yaqqol ko‘rish mumkin. Ularda etnologik tadqiqotlar ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishi 
bilan juda kuchli bog‘langan. Shu yo‘l bilan sovet hukumati olib borayotgan “islohotlarning yutuqlari”, 
kishilar hayotida muhim rol o‘ynayotganligi ochib berilgan.
Ayniqsa, sanoat shaharlari iqtisodiy taraqqiyotning garovi bo‘lishi bilan birga, yangi jamiyatning 
yangi kishisini tarbiyalovchi maskanga ham aylantirildi. Endilikda ushbu makonda yashayotgan kishilar 
o‘zlarining sotsialistik fuqaro sifatidagi rolini mehnat qilayotgan sanoat korxonasi orqali oshirib bordilar. 
Sanoat korxona ishchilarining qishloq xo‘jaligidagi faolligi otaliq (shef) tizimi vositasida kuchaytirildi. Bu 
bilan go‘yoki, shahar va qishloq orasidagi to‘siqlar bartaraf etildi. Amalda esa ishchi va dehqonlarning 
hamkorligi ta’minlandi. Agar ta’bir joiz bo‘lsa, sanoat shaharlari doimo Sovet davlati bayrog‘idagi 
“bolg‘a” vazifasini bajardi. 

Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish