Keywords: socialist city, urban anthropology, lifestyle, "Khrushchev", "Stalin's empire", industrial
cities, socialist nation, ideology.
Kirish Sovet davlatida etnourbanistikaning mustaqil ilmiy yo‘nalish sifatida taraqqiy etishi o‘ziga xos
xususiyatga ega bo‘lib, uning turli bosqichlarda sayqallanib borganligini ko‘rish mumkin. Uzoq davr
mobaynida shahar, sovet etnografiya fanining predmeti sifatida o‘rganilmagan. Lekin shahar fenomenini
tadqiqot ob’ekti sifatida Rossiya olimlari tomonidan o‘rganilishi XIX asrning o‘rtalaridan boshlanib, ushbu
izlanishlar Rus Geografiya jamiyati a’zolari ishtirokida amalga oshirilgan. Ularning asarlarida shaharning
ijtimoiy-madaniy tadqiqot ob’ekti ekanligi, shahar aglomeratsiyasining shakllanishi, tarkibiy tuzilishi,
funksional-genetik tasnifi bayon etilgan
1
. Qolaversa, ular shaharlik aholining xo‘jalik madaniyati hamda
uning arxaik ko‘rinishlarini qayd etib bordilar
2
.
Sovet davri etnograflari dastlab, shaharga etnik xususiyatga ega bo‘lmagan tizim sifatida baho
berib, uni sivilizatsiyalar unsuri, an’anaviy madaniyatga putur yetkazuvchi, ulkan qishloq aholisi
massivlaridan ajralgan muhit sifatida tadqiq etishgan
3
.
Asosiy qism XX asrning 20-30- yillarida sovet davlatida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy sohalarda amalga
oshirilgan o‘zgarishlarda shaharlarning roli katta bo‘ldi. Bu mavzuni yoritgan mualliflar asarlarida
4
shahar aholisining (asosan ishchilar) turmush tarzi va urf-odatlari atroflicha tahlil etilgan hamda shahar
ijtimoiy-siyosiy hodisa sifatida o‘rganilgan. Chunki, sovet mafkurasiga asoslangan tadqiqotlarda shahar
aholisi turmush tarzidagi ijobiy o‘zgarishlardan ular qurgan jamiyatning yutuqlari qidirilgan. Mafkura
yetakchilari shaharlarni kapitalistik jamiyatdagi shaharlarni qishloqlarni ezuvchi omil sifatida ta’kidlab
5
,
sotsialistik shaharlar ulardan farqli ravishda qishloqlarning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy rivojiga ulkan hissa
qo‘shayotganligini qayd etdilar. Shuningdek, sotsialistik shaharsozlik inqilobgacha bo‘lgan kulbalar
tizimini tugatib, uning o‘rnida yaxshi va quvnoq ishchi kvartallarini paydo qilganini alohida ko‘rsatadilar
6
.
Sovet shaharsozligida 30-40-yillarda uy-joylarning “
stalinskiy ampir ” usulida qurilishi keng
tarqalgan
7
. Ampir (frans.
style Empire – “
imperiya usuli”)
8
arxitektura namunalari dastlab, XIX
asrning boshlarida Fransiyada pydo bo‘lib, XX asrning birinchi yarmida sovet shaharsozligida ham bu
usulda inshootlar qurila boshlandi
9
. Uning xususiyati shundan iboratki, uylar kattedj ko‘rinishida bo‘sh
yotgan joylarga quriladi. Urbanistik jarayonlar gorizontal o‘sib bordi. Yoppasiga sanoatlashtirish siyosati
davrida aholining ko‘plab sanoat markazlariga ko‘chib kelishi, bu kabi uylarning ko‘plab qurilishiga, bu
esa o‘z navbatida shaharning hajmini keskin kattalashib borishiga turtki bo‘ldi.
Bu voqeiliklarni yoritgan tadqiqotchilardan biri N.Grinkova, sanoat ishlab chiqarishining
kengayishi, ayrim etnoslarga xos bo’lgan an’anaviy kiyimlarida zamonaviy, huddi shaharga xos bo‘lgan
belgilar ko‘payib borayotganligiga e’tiborni qaratdi. Endilikda, turli etnoslar orasida, o‘zlari uchun
liboslarni an’anaviy usulda ishlab chiqarishdan ko‘ra tayyor holda sotib olishni afzal ko‘rayotgani,
shahardagi fabrikalarning bunday imkoniyatlarni ko‘paytirayotganini muhim jihat sifatida ta’kidlagan
10
.
Aslida ham shundaymi? Balki, 20-30-yillarda aholining ayniqsa, sovet ayollarining kiyim kechaklaridagi
bir xillik fabrikalarning arzon va sifatli kiyim-kechaklarning keng tarqalganligidadir. Ko‘pincha
ayollarning kiyim boshlaridagi imperiya davridagi jim-jimadorlikdan “oddiylik”ka o‘tilganligi o‘sha
davrning “moda”si sifatida e’tirof etilgan. Lekin ayollardagi sovet fuqarosiga xos ushbu qiyofa sizga, uning
bilan birga sotsializm qura olishingiz mumkin degan “ishonch”ni ham berishi lozim edi
11
.
Ma’lumki, Sovet davlati Ikkinchi jahon urushidan keyin dunyoning eng kuchli davlatlaridan biriga
aylandi. Barcha sohalarda, shu jumladan, zamonaviy shaharsozlikning taraqqiyoti ham aynan, XX asrning
o‘rtalaridan boshlandi deyish mumkin. Ayniqsa, Xrushevning qurilish siyosati “buyuk qurilish” davri
bo‘ldi. Shu davrdan sovet shaharlarida bir xillik kuchaydi. Sababi o‘sha paytdan uy-joylarni barpo etishda
ko‘tarma kranlardan keng foydalanilib, uning harakatlanish traektoriyasi bo‘ylab qator, bir-biriga zich
turar-joylar qad ko‘tara boshladi. Ularning tashqi qiyofasidagi bir xillik esa uyning bo‘laklangan qismlarini
zavodlar tomonidan uzoq yillar davomida o‘zgarishsiz ishlab chiqarishi oqibati edi. Rejjisyor
Ryazanovning “Yangi yil xazili” filmida ham aynan shu bir xillikni kulgiga olgan
7
.