ILMIY AXBOROTNOMA TARIX 2020 - yil, 2 - son 18
Shunisi ham borki, o‘sha vaqtda O‘rta Osiyoda bo‘lgan va bu yerdagi qulay sharoitdan ilmiy
maqsadda foydalanish uchun Turkiston ma’muriyatida xizmat qilgan ba’zi bir rus sharqshunoslari,
jumladan, V.V.Radlov Zarafshon okrupining tabiiy sharoiti hamda xalqining ijtimoiy va iqtisodiy hayotini
nazarda tutib vodiyni ikkiga ajratmasdan butunligicha qoldirish tarafdori sifatida «Samarqand masalasi»ga
yondashgan bo‘lsa-da, ammo bu masalani Samarqand vohasini xonlikka qaytarib berish yoki Buxoro
vohasini ham qo‘shib olib, Zarafshon vodiysini butunlay qo‘lga kiritish bilan masalani uzil-kesil hal qilish
kerak, degan fikrni o‘rtaga tashlaydi: «Zarafshon vodiysidagi hozirgi vaziyat, – deb yozadi V.V.Radlov, –
qanday bo‘lmasin O‘rta Osiyodagi mavqeimizni mustahkamlaydi deb ishonish mumkinmi? Sug‘orilish
jihatidan Zarafshon vodiysi ajralmas qismni tashkil etadi. Bu yerning sharoiti va boshqa tomonlarini
nazarga olganda, uni butunlay egallash yoki mutlaqo tegmasdan qoldirish kerak. Uning bir qismini egallab,
qolgan qismi bilan yaqin aloqada bo‘lgan aholini qo‘l ostimizga olmoqdamiz va zabt etilmagan qismida
esa, bizga qarshi rejalarni bemalol tuzish mumkin bo‘lgan makonni qoldirmoqdamiz. Biz tomondan hech
qanday nazorat ostiga olinmagan dushmanlarimiz qo‘l ostimizdagi aholini uzluksiz qo‘zg‘atish imkoniga
ega bo‘ladilar. Bu xususda musulmon ruhoniylari dindor aholi o‘rtasida doimo muvaffaqiyat qozona
oladilar». Rus sharqshunosi V.V.Radlov o‘z asarida Zarafshon vodiysini zabt etmaslik to‘g‘risida yozgan
bo‘lsa-da, ammo u «Samarqand masalasi»ni asosan burjua sinfining vakili sifatida talqin etib, O‘rta
Osiyoda podsho samoderjaviesining siyosiy mavqeini mustahkamlash uchun harbiy ekspansiyani davom
ettirish kerak degan mulohazani olg‘a suradi. Bu bilan u rus burjuaziyasining «Samarqand masalasi»
to‘g‘risida «Vestnik Yevropы» jurnali orqali yuqorida bayon etilgan «bundan keyingi qo‘lga kiritish»
mumqin bo‘lgan rayonlardan voz kechish kerak emas degan fikrni quvvatlaydi. Britaniya bilan
munosabatlarini hisobga olgan holda olib borgan nozik siyosati natijasida Zarafon okrug alohida degan
maqomga ega bo‘ldi[10].
Zarafshon okrugi imperiya doirasida turli ma’muriy idoralar o‘rtasida tortishuvlarga sababchi
bo‘ldi. Natijada faqatgina 1873 yildagina, to‘g‘rirog‘i Xiva xonligi masalasi hal qilingandan keyin
Zarafshon okrugi Rossiya imperiyasi tarkibiga kiritildi.
Samarqandning XIX asrning oxiri XX asr boshi tarixi Turkiston general-gubernatorligining
hukmronligi o‘rnatilishi bilan bog‘liq bo‘lib, Zarafshon okrugining 1868 yildan 1886 yillar davomidagi
tarixi alohida e’tiborga sazovordir.
Jahon tarixida kolonial mulklarga ega bo‘lgan davlatlar tomonidan mustahkam istexkomlar va
shaharlarning “yangi shaxar” qismlarini tashkil etish egallangan hududlarning ijtimoiy vaziyatini
o‘zgartirib yubordi. Ingliz kolonistlarining shimoliy Amerikadagi, Hindistondagi, ispan konkistadorlarining
Janubiy Amerikadagi, Fransuzlarning Afrikadagi barpo etgan shaxarlari hozirda shaharsozlikning
namunalari sifatida qabul qilinadi.
Samarqandning 1868 yilda Rossiya imperiyasining bosqini natijasida “yangi shahar” qismi ham
tashkil etildi.
Mazkur tarixiy jarayonni yoritishda O‘zbekiston madaniy markazi hisoblangan davlat arxivlari
fondlarida saqlanayotgan xujjatlar qimmatli yozma manbalar hisoblanadi. Mavzuga oid dastlabki manba
1868 yil 10 iyunida tashkil etilgan Zarafshon okrugi maxkamasi ish yuritish xujjatlari hisoblanadi.
Zarafshon okrugi vaqtinchalik boshqaruv maqomiga ega bo‘lib, dastlabki xujjatlar uning tashkiliy jihatdan
tuzilishiga bag‘ishlangan. 1. Ular 1868 yilning iyun-iyul oylariga ta’luqli hisoblanadi. Mahkama
xujjatlarida № 78 raqami bilan rasmiylashtirilgan xujjatda (1870 yil iyul-avgust) Samarqand shahrida
qurilayotgan rus-tuzem maktabi va kasalxonaga oid ma’lumot berilmoqda. Bu masala doktorant
T.Axmedov tomonidan yoritilmoqda(1-delo-38, l.9)). Demak shaxarsozlik va bu jarayon bilan bog‘liq
masalalar 1868-1870 yillar oralig‘idagi arxiv ma’lumotlarida to‘plangan. Buning uchun O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy Davlat Arxivining “№-1” (Turkiston general-gubernatorligi maxkamasi) fondi
hujjatlariga murojat qilamiz. “Samarqand shahrining rus qismini qurish to‘g‘risidagi” ish yuritish
xujjatlarida bu masalaga oid ma’lumotlar beriladi. (Bu ish yuritish xujjati 1870 yilning 27 aprelidan – 1881
yil 6 martiga qadar davom ettirilgan)[11].
1870 yil 15 aprelida okrug boshlig‘i general-mayor A.K.Abramov, Turkiston general-gubernatori
K.P.fon kaufmanga 1169 raqamli bildirish xati bilan murojaat qiladi. Unda Samarqand shaxri yahudiylar
yashaydigan kvartal yaqinidagi uzunligi yarim tanob va eni 20 metrcha keladigan yer to‘g‘risida xabar
berib, bu joyni qo‘shni yahudiy oilasi 300 rublga sotib olmoqchi ekanligini bildiradi. Hech qanday to‘siq
bo‘lmaganligi sababli okrug boshlig‘ining roziligi bilan shahar bo‘lim boshlig‘i yerni sotishga ruxsat
beradi. Rasmiylashtirilgan mablag‘ shahar mulkiga kirim qilinadi. (3-1-10 b)
Shaharsozlik ishlarini amalga oshirish uchun topograf Gryaznovskiy va A.Kunlar tadqiqot ishlari
uchun maxsus mablag‘lar ajratiladi. (1-ish-45-b-5).