Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal 2020-yil, 2-son (120) gumanitar fanlar seriyasi


ILMIY AXBOROTNOMA TARIX 2020 - yil, 2 - son



Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/177
Sana07.04.2022
Hajmi4,58 Mb.
#535457
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   177
Bog'liq
KZn9wTepWq ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA TARIX 2020 - yil, 2 - son 
16 
Information on the establishment of zarafshan district and the history of urban planning 
Abstract.
In the second half of the 19th century Samarkand was conquered by the Russian Empire. 
Based on the use of written sources, various approaches of the imperial departments on the fate of the 
administration of Samarkand are analyzed in this article. Changes were made to the appearance of the city. 
The archival materials were used for the construction of the new part of Samarkand in 1868-1876 in the 
article. Basically, along with the works of historians, the correspondence of the head of the Zarafshan 
district with the office of the Turkestan general government about the construction of a new part of the city, 
construction objects, streets was studied. 
Keywords:
Zarafshan district, Samarkand, colonial, system, city, new part, archive, sources. 
Turkiston o‘lkasining XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshidagi tarixi o‘lkada mustabid 
boshqaruv tizimining o‘rnatilishi bilan bog‘liq davrdir. Rossiya imperiyasining o‘lkamizni zabt etgach 
Samarqand viloyati tarixi bilan bog‘liq bo‘lgan voqealar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yozma manbalar 
asosida tahlil etish muxim vazifalardan hisoblanadi. Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha Rossiya 
imperiyasi Turkiston o‘lkasini zabt etish rejasini xalqaro munosabatlardagi vaziyatni hisobga olgan holda 
olib bordi. 1865-1866 yillarda Toshkent va Jizzax hududlariga tegishli bo‘lgan yerlar istilo etilgach, 1867 
yilning 14 iyulida Turkiston general-geburnatorligi Yettisuv va Sirdaryo viloyatlaridan iborat tarkibda 
tashkil etildi. Imperiya qo‘shinlari 1868 yilning 30 aprelida 4019 kishilik harbiylari bilan Samarqand shahri 
tomon yo‘l oladi. 
Mustaqillik yillarida o‘zbek tarixchilari olimlari bu masalaga manbalar asosida yetarlicha oydinlik 
kiritdilar va bu jarayon yanada kengroq o‘rganilmoqda. Ularning ilmiy izlanishlarida Buxoro amirligi 
qo‘shinlari va Samarqand mudofa’chilari orasida aniq harakat rejasining mavjud bo‘maganligi Rossiya 
imperiya qo‘shinlaridagi kabi o‘sha davr uchun zamonaviy qurollarning mavjudligi, ayniqsa artilleriyaning 
imkoniyatlari hisobiga fon Kaufman qo‘shinlari Samarqandni zabt etishdi degan obektiv fikrlar bildirildi.
Rossiya imperiyasi ma’murlar zabt etilgan Samarqand viloyatining hozirgi Mirbozor (Narpay 
tumani) hududigacha bo‘lgan yerlarni Turkiston general-gubernatorligi tarkibiga kiritishdi. Bu to‘g‘risidagi 
«Vaqtincha nizom» 1868 yilning iyun oyining boshida kuchga kirdi. Unga binoan Zarafshon okrugi ikkita 
Samarqand va Kattaqo‘rg‘on bo‘limlaridan iborat hududiy birlikni tashkil etdi.
Zarafshon okrugining Samarqand bo‘limi 11 aholi maskanini o‘z ichiga olgan rayondan, Katta-
qo‘rg‘on bo‘limi esa 16 kishloqni birlashtirgan 1 rayondan iborat edi. 
Rossiya imperiyasi Harbiy va Tashqi ishlari vazirliklari ma’murlari Samarqandning zabt etilishi va 
Zarafshon okrugining tashkil etilishi masalasini, hozirgi davrda imperiyaning Buxoro amirligi bilan 
munosabatlaridan kelib chiqadi deb, hisoblash mumkin. Chunki, rus harbiylari orasida Buxoro amirligini 
zudlik bilan egallash zarur degan qarashlari amalga oshirilmay qoldi. Bu borada usha davr tarixchi 
olimlarining ayrim fikrlarini keltirish juda o‘rinli bular edi. «O‘rta Osiyoning Rossiyaga qo‘shib olinishi» 
nomli monografiyaning avtori, sovet tarixchisi N.A.Xalfinning so‘zicha, bu O‘rta Osiyo masalasida o‘ziga 
xos ikki xil yo‘lning namoyon bo‘lishi edi[1]. Rossiyaning O‘rta Osiyo siyosatida paydo bo‘lgan bunday 
ahvol, shubhasiz, 1868 yilda Turkiston general-gubernatorligi bilan Buxoro xonligi o‘rtasida tuzilgan sulh 
shartnomasining podsho hukumati tomonidan tasdiqlanishiga to‘sqinlik qilib, Rossiyaning O‘rta Osiyodagi 
siyosatida uzil-kesil yechilmay muammo bo‘lib qolgan va bir necha yil davomida davlat mahkamalari 
o‘rtasida bahs munozara mavzusiga aylangan «Samarqand masalasi»ning kelib chiqishiga sabab bo‘ldi. 
«Samarqand masalasi», shubhasiz, Buxoro xonligi ustidan o‘rnatilgan vassallikni mustahkamlash 
plani bilan bog‘liq bo‘lib, uniig hal etilishi jarayonida imperiyaning hukmron doiralari o‘rtasida vujudga 
kelgan siyosiy vaziyat Rossiyaning Buxoro xonligiga nisbatan tutgan siyosatining haqiqiy mohiyatini, 
ayniqsa, Turkiston ma’muriyatining Samarqand vohasini qo‘lda saqlab qolish bilan ko‘zda tutgan 
maqsadini ochiq namoyish qiladi. 
Rossiya imperiyasi harbiy vazirligi «Samarqand masalasi»da Turkiston ma’muriyatini qo‘llab-
quvvatlab, har qalay unga yordam berish uchun harakat qilsa ham, ammo Tashqi ishlar ministrligining 
talabiga binoan Turkiston general-gubernatori K.P.Kaufman nomiga Samarqand vohasini Buxoroga 
qaytarib berish va chegarani Zarafshon daryosining o‘ng qirg‘og‘idan o‘tkazish to‘g‘risida ketma-ket 
farmoyishlar yuborishga majbur bo‘ladi. 
Buxoro bilan sulh shartnomasi tuzilmasdan yigirma kun avval 1868 yil 4 iyunda Rossiya harbiy 
vaziri D.A.Milyutin Turkiston general-gubernatori K.P.Kaufmanga telegramma yuborib, bundan keyingi 
olg‘a yurishni to‘xtatish hamda harbiy kuchlarni Zarafshon daryosining o‘ng qirg‘og‘i – Jizzax tomon «o‘z 
chegarasiga» qaytarishni taklif etadi[2]. 
Rossiya – Buxoro munosabatlari hatto Harbiy va Tashqi ishlar ministrliklari boshliqlarining 
imperator Aleksandr II ishtirokida o‘tkazilgan maxsus kengashida muhokama etilib, unda «avvalgi 



Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish