Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal 2020-yil, 2-son (120) gumanitar fanlar seriyasi


ILMIY AXBOROTNOMA TARIX 2020 - yil, 2 - son



Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/177
Sana07.04.2022
Hajmi4,58 Mb.
#535457
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   177
Bog'liq
KZn9wTepWq ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA TARIX 2020 - yil, 2 - son 
17 
programmaga qat’iy amal qilmoq» va yangi yerlarni egallamaslikka qaror qilinadi. D.A.Milyutin majlis 
qarori to‘g‘risida K.P.Kaufmanga yuborgan maktubida Rossiyaning Buxoro bilan chegarasi 
Samarqandning sharqidan o‘tishi va bu shahar Rossiya imperiyasi qo‘l ostidagi yerlardan tashqarida qolishi 
kerak edi, – deb ta’kidlaydi. Ammo u xatida, shu bilan birga, qanday yo‘l bilan bo‘lmasin Buxoro ustidan 
Rossiyaning siyosiy hukmronligining o‘rnatilishini ta’minlash to‘g‘risida ishora qiladi[3]. 
Aleksandr II Turkiston general-gubernatorligi bilan Buxoro xonligi o‘rtasida tuzilgan sulh 
shartnomasini tasdiqlash muddatini orqaga surib, Samarqand va Kattaqo‘rg‘on shaharlarini Buxoroga 
qaytarib berish to‘g‘risidagi qarorni ma’qullagandan so‘ng, D.A.Milyutin K.P.Kaufmanga 1868 yil 13 
iyulda yana maxsus maktub yuborib, unda zabt etilgan rayonlarni, shu jumladan, Samarqand shahrini 
bo‘shatib chiqish to‘g‘risida buyruq beradi[4]. Shu yilning 2 avgustida K.P.Kaufman nomiga va 13 
avgustda Boshshtabning boshlig‘i F.L.Geyden nomiga Peterburgdan yuborilgan yozma farmoyishda 
Turkiston general gubernatoriga to‘rt yil muddat ichida to‘lash sharti bilan Buxoro ustiga qo‘yilgan 
kontributsiya miqdorini bir million so‘mgacha oshirish, so‘ngra ishg‘ol etilgan rayonlarpi amirga qaytarib 
berish taklif etiladi[5]. 
O‘rta Osiyoda o‘rnatilgan siyosiy mavqeidan mag‘rurlangan Turkiston general-gubernatori va 
uning atrofidagi harbiy qo‘mondonlik, markazdan uzluksiz kelayotgan farmoyishlarga ahamiyat bermay, 
zabt etilgan rayonlarni xonlikka qaytarib berish u yoqda tursin, balki Zarafshon okrugida Rossiyaning 
hukmronligini saqlab qolish va mumkin qadar uning chegarasini kengaytirish uchun harakat qildilar. 
Shuning uchun ham Peterburg bilan olib borilgan muzokaralarda K.P.Kaufman «Samarqand masalasi»da 
o‘z fikrining va bu yo‘lda amalga oshirilayotgan hatti-harakatining to‘g‘riligini isbotlashga va Zarafshon 
vodiysining yuqori qismini qo‘ldan bermaslikka harakat qiladi. Aleksandr II Samarqandni Buxoro 
xonligiga qaytarib berish muddatini birmuncha orqaga cho‘zish to‘g‘risidagi K.P.Kaufman taklifini qabul 
qiladi va unga Buxoro xonligiga nisbatan bundan keyingi olib boriladigan siyosati to‘g‘risida o‘z 
mulohazalarini yozib hukumatga topshirish buyuriladi. 
Ammo Turkiston ma’muriyati tomonidan O‘rta Osiyoda amalga oshirilayotgan bunday siyosat 
Tashqi ishlar ministrligi va Osiyo departamentida tobora bezovtalikni kuchaytirib, ularning boshliqlarini 
tahlikaga solib qo‘yadi. M.A.Terentev va M.I.Venyukovlarning yozishicha, tashqi ishlar ministri va davlat 
kansleri A.M.Gorchakovni hamda Osiyo departamentining boshlig‘i N.P.Stremouxovlarning Angliyani 
Rossiyaga qarshi qo‘zg‘atib qo‘yilmasa edi degan mulohaza cho‘chitmoqda edi[6]. 1868 yil avgust oyida 
Panjakent shahari «o‘z ixtiyori bilan bo‘ysunib»[7], u Zarafshon okrugiga qo‘shib olingach, shu yilning 
oktabr oyida amirning katta o‘g‘li Abdulmalik rahbarligida ko‘tarilgan qo‘zg‘olonni bostirish uchun 
A.K.Abramov boshliq rus qo‘shinlarining Qarshi shahariga kirib borishi natijasida[8]. «Samarqand 
masalasi» bo‘yicha bir-biriga qarama-qarshi ikki xil yo‘lni o‘tkazayotgan davlat mahkamalari va ularning 
tarafdorlari o‘rtasida munozara kuchayib, jiddiy tus oladi. Rossiya chegarasini kengaytirish maqsadida 
qilingan har qanday harbiy yurishlardan norozi bo‘lgan A.M.Gorchakov va N.P.Stremouxovlar Zarafshon 
vodiysini Buxoroga qaytarib berishni qat’iy talab qiladilar. Ularni «Osiyo masalalari» bo‘yicha mutaxassis 
N.V.Xanikov quvvatlaydi. U Samarqanddan umuman, O‘rta Osiyoda olib borilayotgan tajovuzkorlik 
siyosatidan voz kechish zarurligi to‘g‘risida bayon qiladi. Uning fikricha, bunday siyosat Rossiyani «O‘rta 
Osiyodagi mayda xonliklarning ichki ishlariga aralashish girdobiga yana tortib ketadi» degan fikrni 
bildiradi[9]. 
Zarafshon okrugini xonlikka qaytarib berish uchun amalda hech qanday chora ko‘rilmasa ham, har 
holda Rossiya imperatori N.V.Xanikovning fikriga qo‘shiladi. Natijada imperiya, tashqi ishlar vazirligi 
Turkiston ma’muriyatining o‘zboshimchalik bilan olib borilgan harakatiga qarshi markaziy hokimiyatni 
qo‘zg‘atish va har tomonlama siquvni kuchaytirish bilan Zarafshon okrugini Buxoroga qaytarib berish 
uchun zo‘r berib harakat qiladi. 
«Samarqand masalasiga» nisbatan Tashqi ishlar ministrligining tutgan bunday munosabati podsho 
samoderjaviesi mustamlakachilik siyosatining tarafdorlaridan va uning amalga oshirilishidan manfaatdor 
bo‘lgan rus burjuaziyasi doirasida norozilik paydo qildi. Vestnik Yevropы jurnalining 1869 yil 5-sonida 
nashr etilgan redaksion maqolasida «Samarqandni qaytarib berish masalasining» muhokamaga qo‘yilishi 
o‘rinsiz, deb hisoblanib, qattiq tanqid qilinadi. Markaziy Osiyoda o‘z ta’sir doiralari chegarasini belgilab 
olish uchun Angliya bilan Rossiya o‘rtasida tortishuv ketayotgan bir paytda bunday qat’iyatsizlikning 
ayniqsa xavfli ekanini ta’kidlab, jurnal taxririyati Turkistonda «bundan keyingi qo‘lga kiritiladigan» 
rayonlardan voz kechish to‘g‘risida davlat tomonidan qandaydir bironta majburiyat qabul qilinishiga qarshi 
ogohlantirish bildiradi. Shunday qilib, rus burjuaziyasi «Samarqand masalasi»da Turkiston ma’muriyati 
tomonidan amalga oshirilayotgan aktiv yo‘lning oddiy tarafdori bo‘libgina qolmay, balki matbuot orqali 
uni quvvatlovchi tayanch bo‘lib xizmat qilmoqda edi. 



Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish