Klaster tizimidagi paxta tozalash korxonalari va tayyorlov punktlarida yong‘in xavfsizligi va mehnat muhofazasi masalalari
t.f.d. prof. O.M. Yo’ldosheva mustaqil izlanuvchi. N.B. Muqimov
Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat institute
Ushbu maqolada klaster tizimidagi korxonalarida faoliyat yuritayotgan ishchi hodimlarning mehnat faoliyati, ish jarayoniga ta’sir qilayotgan salbiy omillarning ko’rsatkichlari va ularni bartaraf etish yo’llari, foydalanilayotgan shaxsiy kiyim vositalarining kasbga nomutonosibligi, buning natijasida ishchilarning ishlashiga to’sqinlik qilishiga qarshi kurashish zarurligi keltirilgan.
This article describes the labor activity of employees in the enterprises of the cluster system, indicators of negative factors affecting the work process and ways to eliminate them, the inadequacy of the personal clothing used, and the need to combat the resulting obstruction of work.
В статье описывается трудовая активность сотрудников на предприятиях кластерной системы, индикаторы негативных факторов, влияющих на рабочий процесс, и способы их устранения, несоответствие используемой личной одежды и необходимость борьбы с возникающими препятствиями в работе.
Klaster tizimidagi paxta tozalash korxonalari va tayyorlov punktlarida yong‘in xavfsizligi va mehnat muhofazasi masalalarini tо‘g‘ri tashkil etish orqali, mehnat faoliyatini yaxshilashga erishiladi.
Mehnat faoliyatining mavjud fiziologik tasnifiga binoan u quyidagi turlarga ajratiladi:
- mushaklar aktivligini jalb qiluvchi, talab qiluvchi mehnat turi.mushaklar aktivligini jalb qiluvchi talab qiluvchi mehnat turi.
Bu turdagi ish faoliyati ishlarni bajarishda mexanizatsiyalashgan vositalarning yо‘qligi va katta energetik zо‘riqishlar talab qiladigan ishlar.
- mexanizatsiyalashgan mehnat turi. Bu ish turinig о‘ziga hos tomoni shundaki, bunda mushaklarga tushadigan zо‘riqish xarakteri о‘zgaradi va xarakatlar dasturi murakkablashadi. Mushaklar faoliyati hajmi kamayishi kuzatiladi, mexanizmlarni boshqarishda zarur bо‘lgan, katta tezlik va harakat aniqligi talab qiladigan, tana a’zolarining (qо‘l, oyoq) kichik mushaklari jalb qilinadi [1].
Klaster tizimidagi paxta tozalash korxonalari va tayyorlov punktlarida faoliyat kо‘rsatayotgan ishchilarning harakatlarining bir xilligi, qabul qilinayotgan informatsiya hajminig ozligi ishchini tez charchashiga olib keladi.
- yarim avtomatlashgan va avtomatlashgan ishlab chiqarish bilan bog‘liq mehnat turi. Bu ish turida odam hom ashyoga bevosita ishlov berishdan ozod bо‘ladi, uni mexanizm yelkasiga yuklanadi. Bunda odamning vazifasi mexanizmni boshqarish bо‘yicha oddiy operatsiyalarni (hom ashyo uzatish, mexanizmni ishga tushirish, tayyor maxsulotni olish) bajarish bilan chegaralanadi. Bu mehnat turining о‘ziga xosligi bir xillik (monotonlik) jadallik va ritmning yuqoriligi, ijodiy yondoshish zaruratining yо‘qligidir. Bunday muammolarning mavjudligi noqulay ish sharoitlarini kelib chiqishiga sabab bо‘lmoqda, bu esa о‘z navbatida baxtsiz hodisalarni keltirib chiqaradi, hattoki yong‘inlarni kelib chiqishiga sabab bо‘lmoqda.
Keltirilgan muammolarni hal qilishda ishchi xodimlarga tо‘g‘ri shakllantirilgan himoya vositalarini maqsadga muvofiqdir, buning uchun ishchining harakat jarayoni tanlab olinishi kerak.
1-rasm. Inson faoliyatining ergonomik holati
Klaster tizimidagi paxta tozalash korxonalari va tayyorlov punktlaridagi ishchining faoliyati ijro bilan bog‘liq bо‘lib, unda aqliy mehnat hissasi kо‘p emas. Masalan, mashinani xom-ashyo bilan ta’minlash, tayyor mahsulotni olish, chiqindilarni yig‘ib olish, yurg‘azish, tо‘xtatish va sh.о‘. ishlar. Umumiy qilib aytganda ularning vazifasi alohida uskuna va mexanizmlarni boshqarishdir.
Ishchining xarakat jarayoni va ishning xavfsizligini mashinalarning konstruksiyasi, ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilish, arxitektura – rejalashtirish yechimlari va kollektiv himoya vositalarini qо‘llash bilan ta’minlash maqsadida shaxsiy himoya vositalari qо‘llaniladi [2].
Himoya vositalari texnik estetika, ergonomika talablariga javob berishi, himoya samaradorligi yuqori bо‘lishi, ishlatilishda qulay bо‘lishi kerak. Ular texnologik jarayonda bajarilayotgan ish turiga mos bо‘lishi kerak. Shu ish uchun mо‘ljallangan va qabul qilingan tartibda tasdiqlangan texnik hujjatlari bо‘lmagan shaxsiy himoya vositalarini qо‘llash ta’qiqlanadi. Ular vazifasi, ishlash muddati kо‘rsatilgan yо‘riqnoma hamda saqlash va ishlatish qoidalari bilan ta’minlanadi.
Shaxsiy himoya vositalarini tо‘g‘ri tanlash orqali ish unumdorligini oshirish bilan bir qatorda bо‘lishi mumkin bо‘lgan baxtsiz hodisalarni oldini olishga erishiladi. Olib borilgan ilmiy tadqiqot natijasida ishchining ergonomik tizimi о‘rganildi. Ergonomik tizimi dinamik jarayonlarida namoyon bо‘lganligi sababli, asosiy ergonomik talab va maxsus kiyim konstruktiv parametrlarini tanlashda xal qiluvchi omil bо‘lib ishchining о‘ziga xos mehnat sharoitida ekstrimal xarakterlariga dinamik moslikni ta’minlash hisoblanadi. Maxsus kiyimning ergonomik mosligini kerakli darajada ta’minlash uchun ishchi-operatorning tez-tez bajaradigan ish xarakatlarini о‘rganish maqsadga muvofiqdir. Bunda ishchilarning xarakterli xarakatlari о‘rganiladi, bu dinamik moslikni ta’minlovchi ergonomik va ratsional konstruksiyani ishlab chiqishda о‘lcham belgilari uchun kerakli dinamik о‘zgarishlarni aniqlash imkonini beradi [3].
=2,4 =100 =5,3 =900
=13,4 =700 =-35,3 =1700
=-0,06 =900
=4,7 =1800
2a-rasm. Oyoqni vertikal o’qqa nisbatan 2b-rasm.Qo’llar yuqoriga ko’tarilganda
surishda dinamik effekt qiymatinining dinamik effekt qiymatining
o’zgarishi 1-holat o’zgarishi 2-holat
Dinamik effekt qiymati quyidagi formula yordamida hisoblanadi.
bu yerda j-qomatning i-o’lcham belgidagi -nisbiy dinamik effekti (0=1,2,…,50),%, , -miqdorlar i-o’lcham belgisining statik va dinamik holatdagi qiymati, j-qomat uchun, sm
Tajriba ma’lumotlari qayta ishlashda dinamik effektlarning taxminiy o’rtacha qiymatlari ni hisoblash imkonini beradigan matematik statistika usullari qo’llaniladi.
Qomatning jismoniy imkoniyatlaridan kelib chiqib ma’lum bir harakat holatini saqlagan xolda, ish xarakatlari burchak parametrlarining maksimal va minimal qiymatlari aniqlandi va о‘lcham kо‘rsatkichlari dinamik effektlari va qomatning burchak parametrlari orasidagi bog‘liqlik о‘rganildi [4].
Olingan natijalar asosida klaster tizimidagi paxta tozalash korxonalari va tayyorlov punktlarida yong‘in xavfsizligi va mehnat muhofazasi masalalarini tо‘g‘ri tashkil qilish maqsadida, ilmiy yо‘nalish uchun vazifalar belgilab olindi.
ikki qatlamli trikotaj va ikki qatlamli tо‘qimalar bо‘yicha ma’lumot tо‘plang
Adabiyotlar:
1.“Mehnat muhofozasi” to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Qonuni. Toshkent, 22-sentabr 25-26 Toshkent 2016 y.
2.Iskandarov T.I., Iskandarova G.T. “Mehnat gigienasi fanidan amaliy mashg‘ulotlar uchun o‘quv qo‘llanma”. tahriri ostida. - T., 2009, - 284 b.
3.Iskandarova G.T. “Mehnat gigienasi”. tahriri ostida. - T., 2009, - 283 b.
4. Mackie L. “Understandings of Mentoring within Initial Teacher Education School Placement Contexts: a Scottish perspective” Issue 5, 20 October 2018, Pages 622-637. Faculty of Social Sciences, University of Stirling, United Kingdom
Do'stlaringiz bilan baham: |