Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal 2020-yil, 2-son (120) gumanitar fanlar seriyasi


ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2020-yil, 2-son



Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/177
Sana07.04.2022
Hajmi4,58 Mb.
#535457
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   177
Bog'liq
KZn9wTepWq ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2020-yil, 2-son 
35 
ko‘rinadi. Ammo ularning ijodi, ijtimoiy-falsafiy va antropologik merosi hadislardagi diniy-falsafiy, 
ma’naviy-axloqiy qarashlarga uyg‘un, yaqin ekanini ko‘rsatadi. M.Buber hadis ilmi, hadislar bilan maxsus 
shug‘ullangan, G.Marsel esa “diniy ekzistensializm” g‘oyasini isaviylikdagi antropologik merosdan keltirib 
chiqargan. Qur’oni karim va hadislarda Iso payg‘ambar ta’limoti ko‘p martalab tilga olinadi. 
M.Buber va G.Marsel hadislarga bevosita murojaat qilmaydilar (har holda bizga ma’lum asarlarida 
bu kuzatilmaydi), lekin ular ilgari surgan antropologizm va teotsentrizmga oid fikrlarda bizga yaqin 
mavzular uchraydi. To‘g‘ri, bu Imom Buxoriyning “Al-Jomi’ as-sahih” asari yoki ulardagi hadislar 
Yevropa faylasuflariga bevosita ta’sir etgan degan xulosa chiqarishga asos bo‘lolmaydi. Aslida bu boshqa 
qiyosiy tadqiqotni talab etadigan mavzudir. Biz aytmoqchi bo‘lgan fikr shundaki, hadislardagi inson va 
uning ma’naviy-axloqiy dunyosi borasidagi qarashlarni o‘rganar ekanmiz, ularning bugungi insonga ham 
taalluqli ekanini unutolmaymiz. XX asrdagi falsafiy-antropologik izlanishlar esa bevosita M.Buber va 
G.Marsel nomlari bilan bog‘liqdir. Shuning uchun bu o‘rinda ular asosan G.Marselning “diniy 
ekzistensializm”i va falsafiy antropologik qarashlari haqida qisqacha to‘xtalib o‘tishni lozim topdik. Bu 
bizga Imom Buxoriy asarlaridagi ma’naviy-axloqiy qarashlarning hozirgi davrda, falsafiy-antropologik 
ta’limotlarning shakllanishida qanday o‘rin tutishi mumkinligini anglashga yordam beradi. 
M.Buber falsafiy-antropologik izlanishlari markaziga tabiiy dunyoda bo‘lmagan “Men”dagi dunyo 
(“Mir v cheloveke”) muammaosini qo‘ydi. U egoizmga yetaklovchi “Men”ni ham, jamoat ichidagi 
“Men”ni ham yetarli emas, balki haqiqiy “Men” “Men”dagi dunyoda, degan falsafiy-antropologik xulosaga 
keldi. Ammo uning ushbu xulosasi “Men” va Xudo konsepsiyasi ichidadir. Inson uchun boshqa “Men”lar 
bilan ham, Xudo bilan ham aloqalar zarur, boshqa “Men”lar individlar o‘rtasidagi konfrontatsiyani, Xudo 
bilan aloqa esa Butun bilan murosani, uyg‘unlikni keltirib chiqaradi. Inson ushbu ikki ko‘rinishdagi 
aloqalarsiz yashay olmaydi. Xudo esa Platon va Kant talqinidagi qandaydir g‘oya emas, balki “ma’naviy-
ruhiy reallikdir” [4, 148 b.], chunki unga insonning ma’naviy-ruhiy dunyosi muhtoj, u inson ma’naviy-
ruhiy dunyosining ifodasi, in’ikosidir. 
M.Buber Xudo “ma’naviy-ruhiy reallik” deganida isaviylik dogmatikasidan kelib chiqqan. Uning 
fikricha, “Zohidlik ham Xudoga olib bormaydi, foniy dunyoga berilish ham. Faqat dunyo Xudoda ekanini 
ko‘rgan inson ilohiylik borligini topadi” [4, 190 b.]. “Mavjud borliqqa bog‘lanib, Xudoni topish mumkin 
bo‘lmasligidek, o‘sha borliqdan voz kechib ham Xudoni topib bo‘lmaydi. Faqat butun borlig‘idagi 
“Men”ga kelgan, ushbu “Men”da borliq mohiyatini ko‘rgan izlamay bo‘lmaydigan Xudoni topadi” [4, 190 
b.]. Bu o‘rinda teotsentrizm bilan antropotsentrizm uyg‘un keladi, “Men” esa antropologik yondashuv 
ifodasidir, u Xudoga qarshi, egotsentrik ob’ekt (sub’ekt) emas. “Men”siz esa hech qanday ma’naviy-
axloqiy imperativlar, qadriyat va fazilatlar haqida so‘z yuritib bo‘lmaydi. Insonning ma’naviy-axloqiy 
dunyosi esa “Men” va “U (Xudo)” va “Men” va “Boshqa “Men”lar o‘rtasidagi aloqalar ifodasidir. 
G.Marsel ham inson “Men”iga e’tibor qaratadi, diniy-ekzistensial falsafaning insonning ichki, 
ma’naviy-ruhiy olami bilan bog‘liqligini ta’kidlaydi. U hatto ilmiy iste’molga “penetratsiya”, ya’ni “chuqur 
ichki kechinma” degan kategoriyani olib kiradi [4, 190 b.]. Ha, chuqur ichki kechinmalargina ekzistensial 
borliqni “Men” va “U (Xudo)” orqali anglashga, ushbu munosabatlardan mangulik, hayot, kelajak uchun 
zarur qadriyatlar izlashga undaydi. Bu taqdirda “U (Xudo)”ning borligi yoki yo‘qligi emas, balki insonning 
ma’naviy-ruhiy izlanishlariga ekzistensial mohiyat beruvchi izlagnishlari muhim ahamiyatga ega. Agar 
shunday izlanishlar ro‘y bermasa, ya’ni inson “Men”i bilan “U (Xudo)” o‘rtasidagi aloqalaridan o‘zi uchun 
dolzarb bo‘lgan ma’naviy-axloqiy ahamiyatga ega javoblar topilmasa, uning umrini besamar topishi 
shubhasizdir. Shunday pessimistik xulosaga kelmasligi uchun ham insondagi ma’naviy-axloqiy 
barkamollikka undovchi, hatto zamon va makonda cheklangan, nisbatan noaniq, irratsional izlanishlarni 
qo‘llab-quvvatlash lozim. 
Islom dogmatikasidagi bosh teotsentrik g‘oya Allohning borligiga va yakkaligiga, Muhammad 
payg‘ambar Uning Rasuli ekaniga ishonch, e’tiqod keltirish tashkil etadi. Ushbu g‘oya ma’naviy-axloqiy 
hayotda, ya’ni ezgulik va yovuzlik, mehr va qahr, adolat va adolatsizlik, halol va harom, iymon va 
iymonsizlik, savob va gunoh, hayo va hayosizlik, sabr va sabrsizlik, ixtiyor va majburlash kabi hollarda 
qanday namoyon bo‘ladi yoki ular o‘rtasidagi ziddiyatlarni, antogonizmni qanday hal qiladi? Umuman 
islom dogmatikasidagi beshta rukn, shartning inson ma’naviy-axloqiy dunyosidagi o‘rni, imperativ 
xususiyatlari nimalardan iborat? Mazkur savollar tadqiqotchilar diqqatini ko‘pdan beri jalb qilib keladi, bu 
borada, turli fikrlar bildirgan diniy-falsafiy, sotsioantropologik va sotsiologik konsepsiyalar ilgari surilgan. 
Biz ularga Imom Buxoriyning “Al-Jomi’ as-sahih” asaridagi hadislar doirasida javob berishga harakat 
qilamiz. 
Islomda ezgulik va yovuzlik eng avvalo Allohga va Uning Rasuliga bo‘lgan munosabat orqali 
qaraladi. Imom Buxoriy hadis keltiradi: “Kimki quyidagi uch xislatga ega bo‘lsa, iymon halovatiga 
erishgusidir: Olloh taolo birlan uning Rasulini barchadan ham yaxshi ko‘rmoqlik, birovni yaxshi ko‘rsa, 



Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish