ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2020-yil, 2-son
36
faqat Olloh taoloni deb yaxshi ko‘rmoqlik hamda qayta kofir bo‘lmoqlikdan o‘tda kuymoqdan qo‘rqqandek
hazar qilmoqlik” [2, 341 b.]. Demak, Ollohni va uning Rasulini yaxshi ko‘rish, hatto boshqa birovni ular
uchun yaxshi ko‘rish xudojo‘y amal qiladigan birinchi shartdir. Yaxshilikni, ezgulikni bunday teosntrik
tushunish insondagi e’tiqodni, ishonchni mustahkamlaydi.
Ezgulik, yaxshilik Allohdan keladigan ne’matlardir, chunki u hamma narsaga qodir, hamma
narsani biluvchidir. “Ey robbim, bu dunyoda hayotimizni yaxshi qilgin, oxiratda ham yaxshi qilgin”, degan
iltijoda Xudoning ezgulik, yaxshilik manbai ekani nazarda tutilgan.
Qur’oni karimning “Baqara” surasida esa “yaxshilik (qiluvchi) – Alloh” [7, 8 b.], deb ko‘rsatiladi.
Demak, Alloh yaxshilik manbai, agar ilmiy til bilan aytsak “Mutlaq yaxshilik”dir, chunki Uning barcha
amallari va so‘zlari yerda ezgulikni, yaxshilikni qaror toptirish, iymon-e’tiqod orqali barcha kishilarda,
insonlarda ezgu, yaxshi fazilatlarni shakllantirishdan iboratdir. Hatto iymon ham yaxshilikning qismidir [7,
8 b.].
Yaxshilik islomda “birr” so‘zi bilan ataladi. U ikki qismga – “sila” va “ma’ruf”ga bo‘linadi. “Sila”
minnat, evaz, qaytarishni talab qilmay mol-mulkdan tarqatish, uni sarflash demakdir. “Sila” uchun nafsning
kenglisi, saxovatpeshalik zarur. “Ma’ruf” esa gap va amaldagi yaxshilikdir. “Gapdagi birr, ya’ni yaxshilik
guzalkalom, go‘zal bashorat va go‘zal so‘zlarni ishlatish ila bo‘ladi. Buning boisi husni xulq va muloyim
tabiatdir. Bu ham sahiylik kabi, chegarada bo‘lishi kerak. Agar bu ishda isrofga o‘tib ketilsa, yaltoqlikka
aylanib, yolg‘on deb baholanadi. Agar o‘rtacha va chegaradan chiqmagan bo‘lsa, ma’ruf va maqtalgan birr,
ya’ni yaxshilik bo‘ladi” [6, 12 b.]. Shuning uchun yaxshilikning chegarasi yo‘q deyish noto‘g‘ri, haddan
oshgan yaxshilikning tilyog‘lamalikka, sanoxonlikka aylanish xavfi mavjud. Bunday birr – yaxshilik
provard natijada yomonlikka, hatto yovuzlikka aylanishi mumkin.
“Amaldagi birr- yaxshilik obro‘ni ishlatish, jon ila ko‘mak berish hamda qiyin holatda yordam
berishlar bo‘ladi. Bu odamlarga yaxshilik qilishga muhabbat va ularning foydasini ustun qo‘yish istagidan
kelib chiqadi... Bu ishlarda isrof va chegara yo‘q. Chunki bu kabi ishlar qancha ko‘p bo‘lsa, ikki tarafga
shuncha foyda bo‘laveradi, o‘sha ishlarni qiluvchiga ajru savob ko‘payaveradi...” [7, 6 b.]. Aslida bu
yaxshiliklar insonga xosdir. Demak, Allohga xos yaxshilik bilan insonga xos yaxshilik aynan voqeliklar
emas. Allohga xos yaxshilik mutlaq yaxshilik, ya’ni chegara bilmas, yaltoqlikka, sanoxonliklikka
aylanmaydigan, “o‘zi o‘zi uchun” yaxshilikdir. Faqat insonga xos yaxshilikda chegara bor, u haddan oshsa
tilyog‘lamalikka, g‘arazli maqsadlarga qaratilgan maqtovga, hatti-harakatlarga aylanadi.
Teotsentrik ma’nodagi yaxshilik islom dogmatikasiga amal qilingan hatti-harakatlarni, amallarni
anglatadi.uning ko‘rinishlari Qur’oni karimda aniq keltirilgan. Unda deyilgan: “Yuzlaringizni Mashriq va
Mag‘rib tomonlariga buraverishingiz yaxshilik emas, balki Allohga, oxirat kuniga, farishtalarga, kitoblarga,
payg‘ambarlarga iymon keltirgan, o‘zi yaxshi ko‘rib turib molini qarindosh-urug‘lariga, yetim-yesirlarga,
miskin-bechoralarga, yo‘lovchi-musofirlarga, tilanchi-gadolarga va qullarni ozod qilish yo‘lida beradigan,
namozni to‘kis ado qilib, zakotni beradigan kishi va ahdlashganlarida ahdlariga vafo qiluvchilar va xususan
og‘ir-yengil kunlarda va jangu jadal paytida sabr-toqat qiluvchilar yaxshi kishilardir. Ana o‘shalar chin
iymonli kishilardir va ana o‘shalar asl taqvodordirlar” [1, 25 b.]. Mazkur oyatdan ma’lum bo‘ladiki, yaxshi
odamlar Allohga, oxirat kuniga, farishtalar, kitoblar va payg‘ambarlarga iymon-e’tiqod qiladigan, mol-
dunyosidan faqir, yetim-yesirlarga nafaqa beradigan, besh vaqt namoz o‘qiydigan, zakot beradigan, ahdiga
vafo qiladigan, sabr-toqatli insonlardir. Agar Allohga, oxirat kuniga, farishtalar, kitoblar va
payg‘ambarlarga iymon-e’tiqod qilish aniq teotsentrik talab bo‘lsa, qolgan talablar ko‘proq antropotsentrik
xususiyatlarga egadir. Hatto besh vaqt namoz o‘qish ham insonning imkoniyatlari doirasidagi talab, rukn,
shartdir, ammo iymon-e’tiqod keltirish imkoniyatlardan yuqoridir. Ya’ni inson imkoniyatlariga qarab
iymon-e’tiqod keltirmaydi, u insonning burchi borlig‘i, yashashining substansional asosidir. Inson ushbu
asossiz mavjud bo‘lmaganidek, iymon-e’tiqodsiz ham yashay olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |