ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2020-yil, 2-son
31
Yuksak san’at va madaniyat asosida yoshlarni tarbiyalar ekanmiz, millatlararo hamjihatlikni
barkamol avlod ongiga, ularning hayotiga singdirib borishda turli xavflardan holi bo‘lib yashash tuyg‘usini
singdirishnigina emas, balki barcha xalqlar va mamlakatlar bilan hamjihat bo‘lib yashash, yuksak madaniy
taraqqiyot va madaniyatga ega bo‘lish, ozod va obod Vatan barpo etishga intilish, ko‘zlangan maqsadlarga
erishishdan iboratdir.
Yurtimizda olib borilayotgan ma’naviy sohadagi islohotlarimizning assoiy negizida maorif va ilm-
fanni yuqori cho‘qqiga ko‘tarish, shu asosda milliy manfaatlarimizga mos keladigan madaniy merosimiz
taraqqiyotini qaror toptirish, san’at va adabiyotni rivojlantirish dolzarb ijtimoiy jarayonga aylandi.
Bugungi globallashuv sharoitida jamiyatda ilm-fanni xorijiy davlatlar bilan birgalikda amalga
oshirish, yoshlar ongiga singdirishda yangicha ta’lim-tarbiya tizimi vujudga kelmoqda.
Bunday dunyoqarash negizidagi ilm-fanda millatlararo munosabatlar kuchaytirilib, chora-
tadbirlari ishlab chiqildi:
-
respublikamizning barcha ta’lim muassasalarida o‘quvchilar va talabalarning yoshiga mos ravishda
adabiyot, san’at, madaniyat yo‘nalishlari bo‘yicha atoqli shaxslarning nomlari asosida maktablar tashkil
etildi;
-
maktabdagi darslarni xorijiy tillarda mukammal darajada biladigan yoshlarni tanlab olgan holda
o‘tilishi uchun “Prezident maktablari” tashkil etildi va bu maktablarga xorijdan etuk mutaxassislar jalb
qilindi;
-
milliy dasturdan kelib chiqqan holda oliy ta’lim muassasalarida xorijiy davlatlarning etakchi
universitetlarining filiallari va fakutetlari tashkil etildi;
-
Osiyo va Evropa qit’asidagi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ko‘shma dasturlar asosida
ta’lim yo‘nalishlari yo‘lga qo‘yilib, ular etakchi professor-o‘qituvchilari oliy ta’lim tizimiga jalb etildi;
-
zamon bilan uyg‘unlashgan holda yoshlarda millatlararo munosabatlarni kuchaytirish borasida aniq
va izchil tizimni shakllantirish yo‘lga qo‘yildi;
Yurtimizda ilm-fanga berilayotgan bunday e’tiborning samarasi o‘zini jamiyatda ajdodlarimizning
ming yillar davomida kamol topib kelgan va o‘zining qadr-qimmatini qayta tiklash, turli millat
vakillarining hamjihat bo‘lib yashashlariga keng imkoniyatlar yaratish, yuksak ma’naviyat namunalariga
aylantirib borayotgan milliy va umuminsoniy xususiyatlarni ta’lim tizimining barcha bug‘inlarida aks
ettirishdir.
Jamiyatda yoshlarimizning mana shunday yutuqlari har bir shaxsning ongi va qalbiga kirib borsa
“milliy madaniyatimiz sarchashmalariga avaylab munosabatda bo‘lishni o‘rganadi, jahon madaniyatini
chuqurroq bilishga, umuminsoniy qadriyatlarga tayanib yashashga intiladi, an’anaviy qadriyatlarimizni
hozirgi demokratik jamiyatning qadriyatlari bilan uyg‘unlikda ko‘ra biladi. Shundagina xalqimiz milliy
o‘zligini kundan-kunga teran anglab, ma’naviy yuksalishga erishadi, kelajakka ravshan ko‘z bilan qaraydi”
[6. 24-25]. Bu, o‘z navbatida, O‘zbekistonda yoshlarga nisbatan yangicha millatlararo munosabatlarning
vujudga kelganligini, davlat va jamiyat hayotida inson qadr-qimmati, hur fikrlashi, erkin va ozod yashashi
uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib berilganligini ko‘rsatib beradi.
Har qanday yurtda yashayotgan turli millat vakillarining milliy dunyoqarashi, ma’naviy olami va
ijtimoiy hayot haqidagi tasavvurlari xilma-xil bo‘lishi mumkin, lekin ularning madaniyatlarida, ya’ni fan,
ta’lim, madaniyat va san’atda bir-biriga yaqinliklar juda ko‘pdir. O‘zbekistonda yashayotgan turli millat
yoshlari bir-birlarining qadriyatlarini hurmat qilgan holda hududda yashayotgan millatlarning “ba’zi urf-
odat va an’analarini bajarmasligi mumkin, ammo ularga hurmat bilan qarab, ularning ustidan kulmasligi,
mayna qilmasligi kerak” [7. 250]. Ana shundagina madaniy meros jarayonida har bir millatning o‘zligini
anglatadigan, boshqa millatlardan farqini ko‘rsatib turadigan milliy qadriyatlari mavjud bo‘lib, jamiyatning
boshqa bir a’zosi unga o‘zining dunyoqarashidan kelib chiqqan holda munosabat bildiradi, ammo
millatlararo munosabatlarni yodidan chiqarmaydi.
Ijtimoiy taraqqiyotda har bir millat vakili azaldan ota-bobolarining milliy-madaniy qadriyatlari
bo‘lgan an’ana va marosimlar, adabiyot va san’at, urf-odatlar doimo qadrlanib kelishini istaydi. Madaniy
merosning qonuni shundayki, “har bir millatning tili, urf-odatlari o‘zlari uchun juda aziz! Odam o‘z tilida
erkin gapiradi, o‘z tilida erkin fikrlaydi. Ota-bobosidan meros urf-odatlar esa ularning muqaddas boyliklari,
faxrlari, or-nomusi yoki ta’bir joiz bo‘lsa, o‘lmas xotiralaridir. SHuning uchun ham, o‘zga bir millatning
tili yoki urf-odatlarini kamsitish o‘sha millatni tahqirlash bilan barobardir” [8. 33].
O‘zbekstonda yashayotgan har bir millatning qon-tomiriga singib ketgan shunday millatlararo
munosabatlarning namunalari borki, ular har bir insonning ijtimoiy turmush tarziga bevosita ta’sir etmay
qolmaydi. Bunday ko‘rinishdagi an’ana va marosimlar sirasiga kun bilan tunni tengligini bildirib turadigan
milliy bayram “Navro‘z” orqali ham bilishimiz mumkin. Bu bayram ham o‘ziga xos xalqimizning
Do'stlaringiz bilan baham: |