ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2020-yil, 2-son
30
islohotlarni iste’molchisigina bo‘lib qolmay, balki ularning jahonda turli tillarda yoyilishiga, faol
yaratuvchisi va himoyachisiga aylanib boradi.
Jamiyatimizning vazifasi yoshlarni millatlararo hamjihatlik ruhida tarbiyalab borish, barcha
millatlarni olijanob his-tuyg‘ular bilan kamol toptirib borish hisoblanadi. Bunday yosh avloddagi yuksak
ma’naviy fazilatlar qandaydir g‘ayritabiiy kuchlar yoki taqdirning in’omi emas, u ijtimoiy hayotning turli
jabhalari, madaniy merosimizdagi vorislik va muayyan davr, jamiyat ta’lim-tarbiya tizimining, oila va
muhitning mahsulidir. SHuning uchun ham bugungi kunda yoshlarda o‘zaro hurmatni shakllantirish avvalo
“maktablarda, o‘quv yurtlarida, davlatga oid tarbiya maskanlarida o‘quv-tarbiya ishlarining asosida
yangicha dunyoviy dunyoqarashni shakllantirish yotmog‘i lozim” [5. 128]. Bularning barchasi yoshlarning
milliy tafakkuri va millatlararo hamjihatligining kamol topishiga, jamiyatimiz ehtiyojiga javob beradigan
kadrlar bo‘lib etishishiga xizmat qiladi.
Yoshlarning ma’naviy yuksalish jarayonida san’at, adabiyot, madaniyat, madaniy va mafkuraviy
tasavvurlar ijtimoiy tizimlarning ta’siri tufayli shakllanib va rivojlanib boradi. Natijada yoshlardagi
sog‘lom, estetik qiyofa, yuksak ma’naviy his-tuyg‘ular, zamonaviy tafakkur va tushunchalar birligi asosida
hamjihatlik tarkib topadi. Va, nihoyat, yoshlarning tafakkuri va millatparvarligi uyg‘unlashib ma’naviy
barkamollikni vujudga keltiradi.
Yoshlarda millatlararo munosabatlarning shakllanishida quyidagi omillar katta rol o‘ynaydi:
birinchidan, yosh avlod tug‘ilib o‘sgan ijtimoiy muhit; ikkinchidan, yoshlarga uzoq vaqt davomida ma’lum
bir tizim asosida beriladigan ta’lim-tarbiya jarayonining mafkuraviy va ma’naviy yo‘nalishi; uchinchidan,
yoshlarning intellektual va ma’naviy taraqqiyotiga ta’sir etuvchi tug‘ma, ya’ni nasliy xususiyatlar. Ammo,
shu narsaga e’tibor berish kerakki, yoshlarning aqliy, axloqiy, mafkuraviy va ma’naviy dunyosi hech vaqt
tug‘ma ravishda berilmaydi. Ijtimoiy muhit ularga yo taraqqiyot, yo tanazzul sharoitini berishi mumkin.
Masalan, o‘zbek xalqining asrlar davomida chegaralab kelingan intellektual-ma’naviy salohiyati
mustaqillik tufayli erkin va har tomonlama rivojlanish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Yoshlar ma’naviyatning
barcha sohalarida o‘z iqtidorini, jumladan, san’at, madaniyat, adabiyot sohalarida zamonaviy dunyoqarish
negizida yangicha tafakkur asosida ro‘yobga chiqarib, erkin ijod qilish baxtiga muyassar bo‘ldi. Ayniqsa,
millatlararo munosabatlarning yuksak namunasi bo‘lgan adabiyot va san’at olamida shunday ko‘tarilish,
shunday ma’naviy yuksalish sodir bo‘ldiki, bu o‘zgarishlarda inson asosiy mezon qilib olindi. Bu
jarayondagi o‘zgarishlar boy madaniy merosimizni qayta tiklash, yangi zamon ruhi, muhiti va odamlarning
mafkuraviy ehtiyojiga mos keladigan san’at asarlari yaratilishiga olib keldi. Yoshlarni jamiyatda axloqiy
qadriyatlar qonun-qoidalariga amal qilgan holda tarbiyalash, birinchi navbatda barkamol avlodda
mehnatsevarlik, insonparvarlik, vatanparvarlik, mehr-oqibat singari fazilatlarni shakllantirish dolzarb
jarayondir.
Yoshlarimiz millatlararo munosabatlar sohasida qancha kengroq bilimga ega bo‘lsalar, farovon
hayotga ishtiyoqlari nechog‘lik kuchli bo‘lsa, farovonlikka shuncha samarali va ko‘prok hissa qo‘shgan
bo‘ladi. O‘tmishning barcha ulug‘ kishilari o‘zlarining san’at, she’riyat va falsafaga buyuk muhabbatlari
tufayligina ana shunday yuksak martabaga erishganlar. Mamlakatimizda ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy
hayotni demokratlashtirish jarayoni borayotgan bir paytda yoshlar umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilsa,
madaniy meros va tariximizni chuqur bilsa ozod va obod Vatan ravnaqi uchun shunchalik ko‘proq xizmat
qilgan bo‘ladi. Yoshlar nafaqat milliy madaniyatni yaxshi bilishga asosiy e’tibor berib qolmasdan, balki
ulardan axloqan pokiza, ma’naviy dunyosi boy, saxovatli, iymonli, muomala madaniyati yuksak bo‘lish
kabi umuminsoniy axloqiy qadriyatlar ham talab etiladi.
O‘zbekiston yoshlarining millatlararo munosabatlardagi hamjihatligi, jamiyatda tutgan o‘rni hamda
ahamiyati hozirgi jahon hamjamiyatining markazida turibdi. Globallashuv zamonida insonning hayotga va
jamiyatning insonga bo‘lgan munosabatlarida turli-tuman dialektik jarayonlar ko‘zga tashlanmoqda. Bu
jarayon qanchalik axloq-odob, madaniyat va san’at bilan bog‘liq bo‘lsa insoniyat va jamiyat uchun foydali
samara beradi.
Madaniy merosimiz rivojida millatlararo munosabatlarni rivojlantirish uchun birinchi navbatda
yoshlar, odamlarning ongiga singdirish kerak. Chunki madaniyati yuksak odamning jamiyat ma’naviyati
taraqqiyotiga qo‘shadigan hissasi ham shunchalik yuqori bo‘ladi. Jamiyatda bo‘layotgan ijtimoiy va
axloqiy o‘zgarishlar ham xalqimiz madaniy merosining oltin zarvaraqlari bo‘lib qoladi. Tarixda hech narsa
hech qachon millat tafakkuri va tasavvuridan o‘chib ketmaydi. Shu boisdan millat tafakkurida doimo
millatparvarlik tuyg‘ulari barq urib turadi. Yoshlarimizni milliy g‘oya asosida tarbiyalash ana shu ruhda
tarix sahifalarini jonlantirish, barcha millatlarning bir maqsad sari intilishini barchamiz bilamiz. Bunday
jarayon jamiyatda har qanday g‘oyaviy, mafkuraviy kurashlar bo‘lganda ham o‘zligini saqlab qolishga
harakat qiladi, shu zainda yashayotgan tarcha millat va elatlarni abadiyatga daxldor etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |