«Menga duo qiling, sizga ijobat qilurman». «Menga ibodat qiling, qabul etaman, menga il-tijo qilib, hojatingizni so’rang, so’raganingiz-ni beraman», deydi Alloh taolo.
Ojizligini, hojatmandligini ehtirof etib, duo qilayotgan Zotning jaloliga munosib odob-axloq bilan so’rash bandaning ishi, qolgani esa Alloh taoloning o’ziga havola.
Agar ular Allohning nehmatlariga ibrat bi-lan qaraganlarida, U Zotning naqadar buyuk Zot ekanini anglab yetgan bo’lardilar. Zinhor Alloh-ning ibodatidan kibru havo qilmas edilar.
Hurayra roziyollohu anxudan rivoyat «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Alloh taoloning nazdida duodan ko’ra mukarramroq narsa yo’q», dedilar». Termiziy, Ahmad va Hokim rivoyat qilganlar. Sharh: oarvardigori olamning huzurida eng ikrom qilingan narsa duodir. Shuning uchun banda ko’p duo qilishi lozimdir.
Bu hadisdan duo barcha zikr va toatlardan afzal ekani anglanadi. Duo Alloh subhanahu va taolo huzurida mukarram, darajasi yuqori, qadri ulug’ narsa hisoblanar ekan. Bas, uni qabul va ijobat qilishi ham shunga qarab bo’ladi.
Shundan kelib chiqqan holda duo ikki qismdan iboratdir, deya olamiz. Til bilan so’rash va dil bilan so’rash. Til bilan so’rash diddagining tarjimasidir. Xuddi shu holat — dil bilan qasd qilish va uni til bilan tarjima qilish Alloh subhanahu va taolo uchun eng mukarram narsadir. Shuning uchun banda Alloh taologa ko’proq duo qilmog’i lozim.
Xulosa qilib aytganda, katarsis bu poklanish bo’lib diniy et’iqod asosida diniy hissiyot vujudga keladi. Diniy e’tiqodning kuchi va mustahkamligiga ko’ra uning dinamikasi ham turlicha bo’ladi. Barcha dinlarda ham hissiy kechinmalar mehr- muhabbat ishonch, umid qoniqish, tavba, qo’rquv poklanish kabi eng muhim xususiyat bo’lib dindor boshqa ruhiy xususiyatlarni o’ziga bo’ysundirib oladi. Chet eldagi tadqiqotlar ko’rsatishicha diniy hissiyotning o’ziga xosligi diniy obyektga yo’nalganligi bilandir. Bu bog’lanish dindor e’tiqodiga ko’p jihatdan bog’liqdir. Katarsis va tavba tazaru kabi holatlarni keltirib chiqaradi .
Katarsis bu diniy poklanish bo’lib dindorda diniy amallari bilan sodir bo’ladi. Har bir dinda katarsis holati turlicha sodir bo’ladi. Shunday dinlar borki o’zlariga jarohat yetkazib badanlaridan qon chiquncha savalab diniy katarsisni amalgam oshiradi . Dinlardagi katarsis o’sha dinning urf- odatlaridan kelib chiqadi. Bu holat bizning islom dinnida mutlaqo boshqacha talqin etiladi. Islom dinnida diniy poklanish musulmoning bajargan amallari namozi , ro’zasi , zikr qilishligi , duosi va ko’plab diniy amallari bilan poklanadi .
Shaxsda katarsis jarayoni orqali psixalogik hissiyotlar sodir bo’ladi .Shu sababdan hozirgi kunda dindan psxoterapevftik maqsadlarda
foydalanish masalasi kun tartibida turibdi. Hozirgi vaqtda diniy poklanish yo’li bilan odamlarni davolash meditsinada bor . Bu orqali ruhiy jihatdan odamning yupatish ovutish ishontirish kabi ruhiy garmoniyaga ega bo’lyapti.
Duo ham ibodatning bir turi hisoblanib, inson ongida jigal dunyoviy muommolarni bartaraf etishga zaruriy hissa qo’shadi. V. Bextirov nomidagi Sankt- Peterburg ilmiy tekshirish instituti neyropsixofiziologiya laboratoryasining rahbari Valeriy Slezin ibodatni kuchli davolash vositasi deb hisoblaydi. Uning fikricha, ibodat inson organizmida bo’ladigan hamma jarayonlarni taartibga solib qolmay, ongning zararlangan tizimlarini ham davolaydi. U hech kim qilmagan narsani, ya’ni ibodat kuchini o’lchadi. Ibodat qilovchilar miyyasining elektro entsefelogrammasini yozib oladi va ular bosh miya yarim sharlari po’stlog’ining ibodat vaqtida “o’chib” tashqi ta’sirlardan masuvo bo’lish fenomenini kashf etdi. Bunday holat uch oygacha bo’lgan va onasi yonida o’zini xavfsiz hisoblaydigan chaqaloqlarda hamda inson chuqur uyquga ketgan vaqtda sodir bo’lar ekan.