1.2.Katarsisning G’arbda o’rganilishi Diniy hissiyot o’ziga xosligi psixologlar tomonidan juda ko’p muhokama qilinmoqda. Uni o’ziga xosligini, mohiyatini ochib berishga ko’plab urinishlar ham mavjud. Lekin psixologlar nemis teologi Shleyermaxer (1768-1834) tomonidan tasniflangan (klassifikatsiya) diniy hissiyotga ergashishdir. Bu "bog’liqlik hissiyoti" deb nomlandi. Boshqa psixolog o’sha nemis teologi va faylasufi R.Ogtoning "Muqaddas va quvonchli qo’rquv" deb yuritiladigan diniy hissiyot yo’nalishiga suyandilar. Uchinchi tomonga suyanuvchi psixologlar, dinga ko’proq taalluqli bo’lgan deb hisoblashgan "xavfsizlik va ehtirosli kutish" deb nomlangan yo’nalishga ishonadilar. Hattoki, XX asr o’rtalarida "diniy hissiyotni ajralib turadigan hususnyati bu qo’rkinch emas, balki ehtirom, muhabbat, qayg’u yoki xafsalasi pir bo’lish deb fikrlar bildirilgan".
Psixologlar o’zlarining fikrlarida diniy hissiyot bu juda ko’p ko’rinishlarga va munosabatlarga bog’liq holda yuz beradi deydilar. Har xil e’tiqod qiluvchilar ayniqsa, har xil dinlarga ishonuvchilarga ularning e’tiqod qilayotgan dinlardan kelib chiqib har xil emotsional xolatlar taalluqlidir. Bundan kelib chiqqan holda diniy hissiyotning asosini uning mazmunidan emas, balki o’ziga xos yo’nalishidan izlash kerak deyiladi.
U.Jeyms o’zining "Diniy tajribaning ko’p xilligi" asarida diniy hissiyotni psixologik mohiyatini emas, balki ularni maxsus "diniy obektlarga" yo’nalishi asosida ko’rib chiqadi. U.Jeymsning bu kurashi bilan kelishsa bo’ladi, lekin bu yerda "diniy ob’ekt" o’rniga "diniy ehtiyojning predmeti" degan fikrni qo’shish kerak. Shu bilan birga bu diniy predmetlar inson ongidadir, u borliqda, ob’ektiv tarzda emas degan holatni ham esdan chiqarmaslik kerak.
Diniy hissiyotga tegishli bo’lgan tushunchalar va ularni hayoti tomonlarni ko’pgina psixologlar, faylasuflar, teologlar tomonidan o’ziga xos ravishda talqin qilingan
Diniy taskinni mohiyatini to’g’ri tushunish uchun dinning muhim vazifasi bo’lgan bu jarayonni individ va diniy guruhlar ongda va xulq atvorida aks etishni kuzatish orqali bilish mumkin.
Diniy taskin mohiyatini to’gri tushuiish uchun uni individ yoki diniy guruhlarning xulq-atvoriga va ongiga real holda tatbiq qilgani kabi uni xuddi dinning muhim funktsiyasini hayotga tatbiq qilish smngari tushunishi kerak.
Keng ma’noda esa taskinni insondagi salbiy ehtiroslarni va ziddiyatlarni har qanday yo’l bnlan bo’lsada yengib o’tishni tushuniladi. Taskinning asosiga har qanday goh va tasavvurlarki ko’yish mumkin. Deylik insonni faollashtiriuvchi, o’zini imkoniyatlariga ishonch hosil qilishga imkoniyatlar yarayish bilan bogliq bo’lgan muammo va qarama - qarshiliklarga ob’ektiv yondashuv bilan bog’liqtaskinlarni ko’rsatish mumkin
Lekin shu bilan birga boshqacha taskin ham mavjudki uning asosida illyuziyalar, dunyo to’grisidagi yolg’on tasavvurlar yotadi. Bunday taskin fantastikaga, insonni passip xpiatda "xudoning marxamatiga" ishonish orqali yuz beradi. Dinny taskin esa aynan shundaydir.
Dinin taskinni xususiyatlari nimada ko’rinadi?
Bu birinchidam, din taskin beradl, chunkn u e’tiqodni shakllatiradi Bu e’tiqodda esa inson hayotidagi muammolarni va ziddiyatlarni yechishning illyuzalari va yolg’on yechimlari yotadi. Monoteistik dinlarda deylik, u dunyodagi xisob kitob bilan bog’liq g’oyalar mavjud. Bu xristiaklik dinida ham, islom dinida ham mavjuddir. Dinning hamma normalariga va yozilgan talablariga rioya qilgan kishi o’z o’limndan keyin ma’lum bir xisob kitoblar beradi va jannatiy bo’ladi. Aksincha, bu diniy qonunlarga rnoya etmaganlar do’zaho’tida kuydiriladi va o’ziga xos tarzda jazolayaadi.
Shunday qilib aytish mumkinki, diniy taskinni ko’rinishlaridan biri bu ularning ongiga ta’sir etuvchi g’oyalar, obrazlar va tasavvurlardir.
Ikkinchidan, diniy taskin psixologik-funktsional darajada ham tatbiq etiladi. Diniy e’tiqod nafaqat insonlar ongiga ta’sir etuvchi obraz va tasavvurlarda aks etadi, balki odamlarni ma’lum ma’noda psixologik extiyojini ham qondirib boradi. Odamlarda mahlum bir psixologik xolatni yoki o’ziga xos bo’lgan "dinamik stereotipni”shakllantiradi, bular insonlarni real borliqdan, dunyodan uzoqlashtiruvchi ongni shakllantiradi E’tiqod qiluvchilarni psixik holatiga tegishli bo’lgan bu "dinamik steriotip"larga diniy katarsisni va diniy meditatsiyani kiritish mumkin.
Diniy tajriba bu sohada asosiy tushunchalardan xisoblanadi. Bu tushuncha G’arb din psixologiyasida asosiy tushunchalardai xisoblanadi. Bu tushuncha teologiyada ham keng ishlatilalgan ter.minlardai hisoblanadi. Dimiy tajrnbani G’arb din psixologlari Xudo bilan bog’lab tushuntiradilar. Bu goyaga yaqin fikr K.Yungga ham tegishlidir. Uning fikricha diniy tajbiraning asosida qandaydir "arxitiplar" yotadi. Bu esa "kollektiv ongsizlik"da mavjud bo’ladi.
Dinin tajribani kengroq yoyilishi, U.Jeyms g’oyalari bilan bog’liq. Jeymsning fikri bu subektiv -idealistik pozitsiyadan kelib chiqadi. Ko’pchilik chet el psixologlari diniy tajribani inson psixikasining tubida yotuvchi individual va subiktiv asosda shakllanishi bilan bog’laydillr. Misol uchun amerikalik psixolog U.Klark shunday yozadi: diniy tajriba bu subektiv va ichki hodisa. Bundan tashqari, u juda ham yuksak darajada individualdir". Diniy tajribaii gohida diniy e’tiqodga qarama-qarshi qo’yiladi. Diniy ehtiyoj uni o’rab turgan muhitdan, ayniqsa uni shaklllanishida diniy jamoani oilani roli katta hisoblanadi. Diniy tajribada esa ayniqsa uning intensiv shakli bo’lgan deylik ekstat shaklida individual psixikani vujudga kelishi deb baholonadi.
Amerikalik psixologlar D.Betson va L.Ventislar dindorlikni shakillanishida ijtimoiy fikrlarni roliga katta baho berishlariga qaramay, ular diniy tajribani asosini ichki psixologik holatlar bilan bog’laydilar. Ular shunday deb yozadilar: "Diniy tajriba u yoki bu ekzistensial masalalarni hal qilishda ma’lum bir kognitiv tizimdan foydalanadi deb aytish mumkin".
Yuqorida aytilgan va keltirnlgan misollar shuni ko’rsatadiki, diniy tajriba haqida psixolog olimlar tomonndan ko’plab o’ziga xos fikrlar aytilgan. Demak diniy tajriba bu din psixologiyasining muhim tushunchalaridan hisoblanadi. Dindorning diniy tajribaga nisbatan o’ziga xos o’y fikrlari mavjud bo’ladi. Dindorni diniy tajribaga xos fikrlari, diniga bo’lgan e’tiqodini boyitib borishi va uni boytuvchi diniy kitoblar bu jarayonda muhim o’rin egallaydi.
Katarsis deb nomlanuvchi tushuncha asosida emotsional holatlarni o’rin almashishi, ma’lum bir hissiyotlarni va kechinmalarni dinamikasi yotadi. Katarsis tushunchasini Aristotel ishlatgan. Bunda grek tragediyasini idrok etishda, uning emotsional kechinmalarini tushuntirishda bu termindan foydalangan. Bu sohada katarsis tushunchasini tushunish uchun estetik katarsisni misol sifatida ko’rsatish mumkin. Bunda badiiy ijoddash salbiy hissiyotlarni ijobiy hissiyotlar tomonidan siqib chiqarilishini estetik katarsisga misol sifatida ko’rsatish mumkin.