Islom Tarixi va Falsafasi


III Bob. Meditatsiya jarayoni



Download 70,4 Kb.
bet9/11
Sana15.04.2022
Hajmi70,4 Kb.
#553205
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
kurs ishi 3-kurs

III Bob. Meditatsiya jarayoni

    1. . Meditatsiya jarayoni va tasavvuf

Ibodatlarda ruhiy poklanishning samarali vositalaridan biri, meditatsiya(lot.meditation-fikrlash, aqliy jarayon) – fikrga cho’mish hisoblanadi. Meditatsiya ibodat qilovchining ruhiy jihatdan faollashishi bo’lib, o’zining psixologik holatini o’zgartirib, butun diqqat e’tiborini jamlab, ibodat jarayoniga yo’naltiradi. Bu esa, kishidagi turli ichki kechinmalar, emotsianal holatlarning pasayishiga, bartaraf bo’lishiga olib keladi. Meditatsiya holatida ibodat qilovchi ichki va tashqi ta’sirlardan holi bo’ladi. Bunday vaqtda ibodat qiluvchi qanday niyat va maqsadlar yetakchilik qilishini chuqur anglab yetishi lozim bo’ladi. Shuning uchun ham islomda ibodat vaqtida chalg’imaslik , dunyoviy tashvishlarni unitish, alloh dargohida ibodat qilayotgandek holatda bo’lish talab etiladi.
Meditatsiyadan maqsad ham shaxsning o’z ruhiy holatini o’zgartirishidir. Sharqda, xususan hinduiylik, buddaviylik dinlarida meditatsiyaga juda kata e’tibor beriladi. Yoglar bir nech asoatlab meditatsiya holatida turishadi. Ular bunday holatni ibodat qilishning eng muhim sharti deb hisoblashadi.
Tasavvufda ham so’fiy o’z diqqatini bir joyga to’plab, uzoq vaqt o’z-o’zi bilan bo’lish, tashqi olamni unitgan holda ibodat amallarini bajarib, qalbni poklashga, “Men”nidan ayrilishga harakat qiladi. Meditatsiya amallaridan keyin so’fiy o’zini yengil his qiladi. Ko’p narsalar mohiyati qalb orqali, osonlik bilan anglashiladi. Meditatsiya holatidagi kishining fikrini unch-muncha ta’sirlar buzolmaydi. Bu holatga tushishni o’rgangan so’fiy, tashqi ta’sirlardan tezda qutilib, ibodat bilan mashg’ul bo’la oladi.
Tasavvuf diniy hissiyotda “ishqqa” katta e’tibor beradi. Bu Allohning bandasiga bergan ne’mati sifatida qaraladi. Barcha tariqatlarda jismonan, ruhan va qalban pok, ma’rifatli, komil insonni shakllantirish va tarbiyalash yetakchi maqsad qilib qo’yilgan. Zamonaviy psixologiya fanida ham komil shaxs masalasini o’rganuvchi bir qancha nazariyalar movjud. Ularnig har biri komillikka yetkazuvchi turli samarali usullarni ilgari surishgan.
Meditatsiya holatida sezgi va idrok qilish keskin susayadi. Tashqi olam bilan aloqa ma’lum vaqt uzilib, diqqat aniq bir ob’ektga kuchli yo’naladi. Psixologiya fanida ham diqqat markazining dominant kuchga kirishi natijasida kishida parishonxotirlik vuludga kelishi, atrofda bo’layotgan voqealar uning ongiga yetib bormasligi bayon qilinadi. Bu holatning nerv-fiziologikasosida miya yarim sharlari po’stlog’ida kuchli qo’zg’algan markaz, ayni misolda-fikrga cho’mish holati, “Dominantda printsipiga” ko’ra, boshqa markazlarni subdominanta (tobe) holatga aylantiradi. Bunday holatda tashqi olamdan kelayotgan signal va informatsiyalar bosh miyaning muayyan markazlariga yetib kelsa ham, dominanta markaz ta’sirida ular deyarli sezilmay qoladi. Meditatsiya holati ham shu qonuniyatga asoslanadi.

Download 70,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish