Islom Tarixi va Falsafasi


Inson Nafsining poklanishi



Download 70,4 Kb.
bet10/11
Sana15.04.2022
Hajmi70,4 Kb.
#553205
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
kurs ishi 3-kurs

3.2. Inson Nafsining poklanishi

Qur’oni Karimda zikr qilingan nafs holatga qarab turli sifatlarga ega bo’ladi.


1. Gohida «xotirjam nafs» bo’lishi mumkin.
Bunday nafs shaxvatlar ila kurashda g’olib bo’lib, sokinlik kasb qilgan nafsdir. Shuning uchun, u «mut-mahinna» — «xotirjam nafs» deb ataladi.
2. Gohida «malomatchi nafs» bo’lishi mumkin.
«Malomatchi nafs»dan murod taqvodor mo’min kishining nafsidir. Chunki, u o’z egasini doimo malomat qilib (tergab) turadi: gunoh ish qilsa, «Nima uchun gunoh qilding? Allohdan qo’rqmaysanmi? Oxiratda nima deb javob berasan?» deya malomat qiladi. Savob ish qilsa, «Bu ozku, ko’proq qilsang bo’lmaydimi? Qancha ko’p savob ish qilsang, o’zingga foydaku», deb malomat qiladi.
Tasavvuf maktabining mashhur namoyandasi Hasan Basriy: «Yaxshi odam doimo o’z nafsini malomat qilib turadi, fojir odam nafsini itob qilmay yuraveradi», deganlar.
3. Gohida «an-nafsul ammoratul bissuhi» — «yomonlikka amr qiluvchi nafs» bo’lishi mumkin.
Demak, nafs turli holatlarda bo’lib turadi. Uning xotirjam, malomatchi va yomonlikka buyuruvchi holati bor. Gunoh, nifoq, kibr, vasvasa, yolg’on, hasad kabi yomonliklar tufayli nafs kirlanadi va nuqsonga duchor bo’ladi. Uni doimiy ravishda poklab va o’stirib, yahni tarbiyalab turishga ehtiyoj bor.
Avval ham aytib o’tganimizdek, nafsni poklash arab tilida «tazkiyatun-nafs» deb ataladi.
«Tazkiya» so’zi lug’atda «poklash» ma’nosi bilan birga «o’sish» ma’nosini ham anglatadi. O’z-o’zidan, «tazkiyatun nafs» —nafsni poklash va o’stirish, ya’ni tarbiyalash ekanini anglab olamiz.
Ruhiy tarbiya ustozlarining ta’rifi bo’yicha, «tazkiyatun-nafs» nafsning turli dard va ofatlardan poklanishi, uning maqomotlarga erishishi va oliy sifatlar ila ziynatlanishidir.
Nafsni poklashning shar’iy vositalari, mohiyati va samaralari bor.
Alloh Taolo Payg’ambarlariga yuklagan muhim vazifalardan biri nafsni poklashdan iborat bo’lgan. Payg’ambarlar otasi bo’lgan Ibrohim alayhissalomning mashhur duolarida ham bu haqiyqat o’z aksini topgan:
Demak, «tazkiyatun-nafs» Payg’ambar sollallohu alayhi vasallamning bajarishlari lozim bo’lgan to’rt muhim narsa — oyatlarni ummiylarga tilovat qilib berish, ularga kitobni ta’lim berish, hikmatni o’rgatish va ularni poklashdan iborat bo’lgan.
Alloh taolo «Baqara» surasida shunday degan:
Ha, oxiratda yutuqqa erishish, katta olovga kirib kuymaslik uchun, ashaddiy azobda qolmaslik uchun har bir banda bu dunyoda kufrdan, shirkdan, nifoqdan va turli gunohlardan poklanishi, o’z Robbisini zikr qilib, namoz o’qishi shart”. Bu yerdagi poklanish va zikrdan sizu- biz o’rganayotgan haqiyqat ko’zda tutilgan.
Mazkur ishlarning barchasi Alloh taoloning ulug’ ne’matlaridir. Ana o’sha muhim ishlar ichida tazkiya ham bor.
Ushbu oyatlardan nafsni poklash dinimizdagi eng muhim ishlardan biri ekanini anglab olamiz. Inson o’z nafsini poklash orqli shuuridagi turli keraksiz hoyu-havaslardan qutiladi. Bu esa kishi ruhiyatining dadil bo’lishida eng muhim omildir. Bunda ijtimoiy munosabatlarda ko’zga ko’rinadigan odob-axloqni ham tarbiyalash imkoni paydo bo’ladi.
Axloq «xulq» so’zining ko’pligi bo’lib, insonda shakllanadigan xulq-atvorni bildiradi.
Ba’zi ulamolar axloqni «irodaning odati» deb ta’rif qilganlar. Ya’ni, iroda o’ziga bir narsani odat qilib olsa, o’sha axloqqa aylangan bo’ladi. Misol uchun, kishining irodasi xayr-ehson qilishga azmu qarorli bo’lib qolsa, o’sha «karamli xulq» deyiladi.
Islom dinida axloqiy tarbiya diyniy tarbiyaning ajralmas qismi, desak, mubolag’a qilmaymiz. Zero, din yaxshi deb hisoblagan va da’vat etgan narsalar ezgulik, yomon deb hisoblagan va man etgan narsalar yovuzlikdir. Shuningdek, din buyurgan, hayotda va muomalada kasb etishga targ’ib etgan axloq va faziylatlar Islom jamiyatida qadriyat, chiroyli xulq va ma’naviy faziylatlar hisoblanadi.
Avval ham ishora qilinganidek, axloq va odobni yaxshi saviyada tutib turish uchun doimo ularni sayqallab turish va buzilishiga qarshi choralar ko’rish kerak. Buning uchun esa, axloq-odobni buzadigan, yomonlashtiradigan omillarni va ularni sayqallash yo’llarini yaxshilab o’rganish lozim.


Xulosa
Xulosa qilib aytganda, katarsis bu ruhiy poklanish bo’lib diniy et’iqod asosida diniy hissiyot vujudga keladi. Diniy e’tiqodning kuchi va mustahkamligiga ko’ra uning dinamikasi ham turlicha bo’ladi. Barcha dinlarda ham hissiy kechinmalar mehr- muhabbat ishonch, umid qoniqish, tavba, qo’rquv poklanish kabi eng muhim xususiyat bo’lib dindor boshqa ruhiy xususiyatlarni o’ziga bo’ysundirib oladi. Chet eldagi tadqiqotlar ko’rsatishicha diniy hissiyotning o’ziga xosligi diniy obyektga yo’nalganligi bilandir. Bu bog’lanish dindor e’tiqodiga ko’p jihatdan bog’liqdir. Katarsis va tavba tazaru kabi holatlarni keltirib chiqaradi .
Har bir dinda katarsis holati turlicha sodir bo’ladi. Shunday dinlar borki o’zlariga jarohat yetkazib badanlaridan qon chiquncha savalab diniy katarsisni amalgam oshiradi . Dinlardagi katarsis o’sha dinning urf- odatlaridan kelib chiqadi. Bu holat bizning islom dinnida mutlaqo boshqacha talqin etiladi. Islom dinnida diniy poklanish musulmoning bajargan amallari namozi , ro’zasi , zikr qilishligi , duosi va ko’plab diniy amallari bilan poklanadi .
Shaxsda katarsis jarayoni orqali psixalogik hissiyotlar sodir bo’ladi .Shu sababdan hozirgi kunda dindan psxoterapevftik maqsadlarda
foydalanish masalasi kun tartibida turibdi. Hozirgi vaqtda diniy poklanish yo’li bilan odamlarni davolash meditsinada bor . Bu orqali ruhiy jihatdan odamning yupatish ovutish ishontirish kabi ruhiy garmoniyaga ega bo’lmoqda.

Download 70,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish