Исломшунлслик йуналиши
2-курс талабаси . Abdusalomova Marhaboning
Калom илми тарихи ва назарияси фанидан
Мустакил таълим иши
Mavzu:Gaybiyotga bog'liq bazi masalalar Alloh taolo: «Rahmatim esa hamma narsadan kengdir. Uni taqvo qilganlarga, zakot berganlarga, oyatlarimizga iymon keltirganlarga yozajakman», degan (Arof, 156). Allohning rahmati juda ham keng, Uzi khalq qilgan bu dunyodan ham keng. Uning rahmati muminga ham, kofirga ham, taqiyga ham va osiyga ham shomildir. Shuningdek, Alloh taolo Uz rahmatini yozib quyadigan, alohida bakhtga sazovor etadigan bandalarining sifatlarini ham zikr qilib utmoqda: «Uni taqvo qilganlarga, zakot berganlarga, oyatlarimizga iymon keltirganga yozajakman». shish.
Alloh taoloning rahmatiga, shubhasiz, sazovor bulish uchun banda bir necha sifatlarga ega bulishi lozimligi shart qilinmoqda:
Birinchisi — taqvo qilish, yani Allohning aytganini qilib, qaytarganidan qaytib yashash.
Ikkinchisi — zakot berish, yani Allohga moliyaviy ibodat qilish.
Uchinchisi — Allohning oyatlariga iymon keltirish.
Turtinchisi — Muhammad sollallohu alayhi vasallamga ergashish.
Alloh taolo: «Sen (Mening tarafimdan): «Ey uz jonlariga isrof (jabr) qilgan bandalarim, Allohning rahmatidan noumid bulmang! Albatta, Alloh barcha gunohlarni magfirat etar. Albatta, Uning Uzi uta magfiratli va uta rahimli Zotdir», deb ayt», degan (Zumar, 53). Imom Bukhoriy Said ibn Jubayr roziyallohu anhudan keltirgan rivoyatda aytilishicha, kuplab gunohlar qilgan bir guruh mushriklar Rasululloh sollalohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib: «Albatta, sen davat qilayotgan narsa juda ham guzal. Qani ayt-chi, biz qilgan narsalarni yuvadigan narsa ham bormi?» deb surashganida Alloh taolo ushbu oyati karimani tushirgan ekan. Tafsirchi ulamolarimizning takidlashlaricha, bu oyati karima Qurondagi eng umidvorlik oyati hisoblanadi. Bu oyatda bandalar uchun eng ulug bashorat bor. Avvalo, Alloh taolo:«Ey uz jonlariga isrof (jabr) qilgan bandalarim», deb bandalariga uz nisbatini bermoqda. Aslida mol-dunyoni ortiqcha sarflashga «isrof» deyiladi. Shuningdek, bu suz manaviy jihatdan haddan oshishga nisbatan ham ishlatiladi. Binobarin, gunoh qilgan odam isrofchi buladi, chunki u Alloh belgilab quygan haddan (chegaradan) chiqqan hisoblanadi. Gunoh tufayli haddidan oshgan odam uziga zarar, jabr qiladi. Alloh taolo ushbu oyatda bandalarning gunoh sababli isrofga yul quyib, uzlariga jabr etishini aytmoqda. Avval aytib utilganidek, mufassirlarimiz bu oyati karimani Allohning Kitobidagi eng umidli oyat, deb takidlaydilar va ayni paytda bu umidning gunohga tashviq etuvchi umid emasligini ham qattiq uqtiradilar. Yani Alloh barcha gunohlarni kechiradi, degan umid bilan bila turib gunohlarda davom etishning farqi bor. Bu oyatda Allohning qonun-qoidalarini bilmasdan avval gunoh qilib yurganlar ham magfiratdan umid uzmasliklari kerakligi aytilyapti. Bu haqiqatni oyatning nozil bulish sababidan ham bildik. Etiboringiz uchun rahmat🙂🙂🙂
Do'stlaringiz bilan baham: |