Har bir qishloq xo’jalik korxonasining fondlar bilan ta’minlanganligi ishlab
2018 yilda 29268,8 mln so’mlik asosiy vositalarga ega bo’lgan bo’lib, bu ko’rsatkich
13
2. UZUM YETISHTIRISHDA AGROBIZNESNI TASHKIL ETISHNING
HOZIRGI HOLATI.
2.1. Uzum yetishtirishda agrobiznesni tashkil etish
Uzum yetishtirish dinamikasiga e’tibor beradigan 2000 yilda jami 624,2 ming
tonna, 2005 yilda 635,8 ming tonna va 2011 yilga kelib 1090,1 ming tonnani tashkil
qilib, ularda dehqon xo’jaliklarining ulushi mos ravishda 46,2 %, 48,2 % va 42,72
% ni tashkil etmoqda.
Ayni paytda mamlakatimizda 244 ming gektar bog’ hamda 134 ming gektar
tokzor mavjud. Yurtimizda yetishtiriladigan meva-sabzavot va uzumning 49 foizi
fermer xo’jaliklari va 51 foizi aholi tomorqalari hissasiga to’g’ri kelmoqda. Tahlillar
shuni ko’rsatadiki, meva sabzavot va uzum yetishtirishda dehqon xo’jaliklari ham
salmoqli ko’rsatkichga ega bo’lib, ularda yetishtirilgan mahsulotlarni saqlash, qayta
ishlash, istemolchilarga yetkazib berish va eksport masalalari bugungi kunda
dolzarbligicha qolmoqda. Bunday xolatlarga dehqon xo’jaliklarida mahsulotlarni
saqlash va qayta ishlash usulining eski, ananaviy usullarga asoslanganligi va yangi
zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish uchun moliyaviy imkoniyatining pastligi
bilan bir qatorda, ular haqida yetarli bilim va ko’nikmalarga ega emasligi sabab
bo’lmoqda.
Undan tashqari yetishtirilgan mahsulotlarni istemolchiga yetkazib berish
masalasi ham xal qilishni talab etib, mavjud texnika vositalarining talabga javob
bermasligi mahsulotning bir qismi nobud bo’lishiga, oqibatda iqtisodiy
samaradorlikning pasayishiga olib kelmoqda. Fermer xo’jaliklarining esa qayta
ishlash karxonadari bilan oldi-sotdi shartnomalarini tuzish, yuridik shaxs sifatida pul
tushumlarini nazorat qilish imkoniyatlari kengroq bo’lib, dehqon xo’jaliklarining
soni ko’p hamda yetishtirilgan mahsulot hajmining kichikligi meva-
sabzavotmahsulotlarini sotish ishlari tor doiralarda amalga oshirishga olib
kelmoqda.
Keyingi yillarda mamlakatimizda eksportga yo’naltirilgan meva-sabzavot
mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirishning huquqiy-me’yoriy asoslari
takomillashtirildi. Uzum ishlab chiqarish va qayta ishlash hajmini oshirish
maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1999 yildan
boshlab har yil meva-sabzavot mahsulotlari va uzum yetishtirish hamda ulardan
foydalanishning prognoz balansi ishlab chiqish bo’yicha Qaror qabul qilina
boshlandi.
Haqiqatdan ham uzum qayta ishlanishi respublikamiz uchun ijtimoiy –
iqtisodiy ahamiyatga ega. Uzum bilan bozorni to’ldirishning asosiy zahiralaridan
biri mamlakat mintaqalarida mavjud qayta ishlash sanoati quvvatlarini yangilash va
ulardan samarali foydalanish hisoblanadi.
Agar buni mamlakatimiz mustaqilligining ilk davridagi ko’rsatkichlar bilan
taqqoslaydigan bo’lsak, meva va uzumchilik qariyb 2-2,5 barobar oshganini, meva
3,6, uzum 2,3 barobar ko’p yetishtirilayotganini ko’ramiz. Bu esa meva va uzum
eksportini oxirgi besh yilda 4 marotabaga oshirish imkonini berdi.
14
Ishtixon tumani fermer xo’jaliklarining asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlari va
iqtisodiy holati tahlil etildi (3.1.1-jadval).
3.1.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: