Ishtixon tumani misolida 2 mundarija


 MAVZUNI NAZARIY ASOSLASH VA ADABIYOTLAR SHARHI



Download 0,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/22
Sana31.12.2021
Hajmi0,72 Mb.
#265378
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
2019 Uzum yetishtirishda agrobiznesni

1. MAVZUNI NAZARIY ASOSLASH VA ADABIYOTLAR SHARHI. 

 

Uzumchilik  ilmiy  tadqiqot  institutida  hamda  uning  viloyatlardagi  filiallarida, 



Butunittifoq  oʻsimlikshunoslik  inti  Oʻrta  Osiyo  filialida  uzumning  Oʻzbekiston 

muskati,  Gʻalaba,  Oktyabr,  VIR1,  Xishrov  kishmishi,  Samarkand  kishmishi, 

Joʻrauzum,  Tarnoye,  Rizamat  va  oʻnlab  navlari  yaratildi.  Bu  ishlarda  akad.  M. 

Mirzayev, A. M. Negrul, M. S. Juravev, A. V. Ribakov, V. I. Gorbach, Uzumchilik 

M.  Javakyans  va  b.  uzumshunos  olimlarning,  R.  Musamuhamedov  kabi  xalq 

seleksionerlarining hissasi katta boʻldi.Chop etilgan ayrim adabiyotlarga sharh berib 

o’tamiz. 

1. 


O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  Qarori.  Meva-sabzavot 

mahsulotlari,  uzum,  poliz,  dukkakli  ekinlar,  shuningdek,  quritilgan  sabzavot  va 

mevalarni  mahalliy  eksport  qiluvchilarni qo’llab-quvvatlash bo’yicha qo’shimcha 

chora-tadbirlar to’g’risida. 06.11.2017. PQ-3377-son 

Tashqi  iqtisodiy  faoliyatni  yanada  liberallashtirish,  eksport  qilinadigan  yangi 

meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz, dukkakli ekinlar, shuningdek, quritilgan 

sabzavot  va  mevalarning  (keyingi  o’rinlarda  meva-sabzavot  mahsulotlari  deb 

yuritiladi) hajmini ko’paytirish va turlarini kengaytirish uchun qulay shart-sharoit 

yaratish, 

mahalliy 

meva-sabzavot 

mahsulotlarining 

jahon 

bozorlarida 



raqobatbardoshligini oshirish maqsadida: 

2.  O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  Qarori.  Sabzavot-

polizchilik, bog’dorchilik va uzumchilik yo’nalishidagi fermer xo’jaliklarining yer 

maydonlaridan  foydalanish  samaradorligini  oshirish  chora-tadbirlari  to’g’risida. 

03.04.2018. 258-son 

Keyingi  yillarda  qishloq  xo’jaligi  mahsulotlari  yetishtiruvchilarning  davlat 

tomonidan har tomonlama qo’llab-quvvatlanishi, ular bilan ta’minotchi va xizmat 

ko’rsatuvchi  tashkilotlar  o’rtasida  bozor  mexanizmlari  joriy  qilinishi  natijasida 

yerga bo’lgan munosabat o’zgardi. 

Fermer  xo’jaliklarining  moddiy  manfaatdorligi  hamda  daromadlari  oshib 

borishi bilan yetishtirilayotgan qishloq xo’jaligi mahsulotlari hajmi va turlari ortib, 

sifati bir muncha yaxshilandi. 

3. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga 

Murojaatnomasi. www.president.uz. 22.12.2017

 

Mazkur  murojaatnomada  Prezident  alohida  qishloq  xo’jaligi  masalasiga 



to’xtalib  o’tgan:  “Ma’lumki,  hozirgi  kunda  yurtimizda  51  foizdan  ziyod  aholi 

qishloq joylarda yashaydi. Biroq qishloq xo’jaligi mahsulotlarining mamlakat yalpi 

ichki  mahsulotidagi ulushi 17 foizdan oshmaydi. Agrar soha mahsulotlarini qayta 

ishlash  hajmi  esa  10  foizga  ham  yetmaydi.  Holbuki,  rivojlangan  davlatlarda  bu 

ko’rsatkich 50 foizdan ortiqni tashkil etadi. Shu munosabat bilanqishloq xo’jaligini 

yanada isloh qilish bo’yicha kompleks dastur ishlab chiqish lozim. 

Ayniqsa,  oziq-ovqat  xavfsizligi  muammosini  hal  etish,  genetik  modifikasiya 

qilingan  mahsulotlar  yetishtirmaslik  bo’yicha  qat’iy  nazorat  o’rnatishga  alohida 

e’tibor  qaratish  talab  etiladi.  So’nggi  yillarda  mamlakatimiz  bozorlarida  import 

meva-sabzavot  mahsulotlari  ko’payib  borayotgani  bizni  albatta  hushyorlikka 




chaqirishi kerak. Bunday holatning oldini olish uchun, avvalo, yo’qolib borayotgan 

qadimgi  navlarni  tiklash,  seleksiya  ishlarini  oqilona  va  samarali  yo’lga  qo’yish, 

sohaga ilm-fan yutuqlari, innovasion ishlanmalarni keng joriy etishimiz zarur. 

4.  Mirziyoyev  Sh.M.  Qishloq  xo’jaligi  xodimlari  kuniga  bag’ishlangan 

tantanali marosimdagi nutq. www.president.uz. 09.12.2017 

Bu  yil  birinchi  marta  g’alladan  bo’shagan  qariyb  1  million gektar  maydonga 

sabzavot, kartoshka, poliz va dukkakli ekinlar ekildi va 5,5 million tonnadan ortiq 

mahsulot yetishtirildi. 

Qishloq xo’jaligini diversifikasiya qilish, yer-suv resurslaridan yanada oqilona 

foydalanish,  eksportbop  mahsulotlar  yetishtirish  orqali  dehqonlarning  daromadini 

oshirish borasida olib borayotgan tizimli ishlarimiz ham asta-sekin o’z samarasini 

bermoqda. Qishloq xo’jaligi mahsulotlarining 132 ming tonnasi qayta ishlanib, 100 

million  dollarlik  tayyor  mahsulot,  e’tibor  bering,  tayyor  mahsulot  eksport  qilindi. 

724 ming tonna ho’l meva chetga sotildi va bu yurtimizga 856 million dollar valyuta 

keltirdi.  Holbuki,  ilgari  ming-ming  tonna  turli  shirin-shakar  mevalarimiz  dalada 

qolib, chirib ketar, isrof bo’lardi, eng yomoni, uvol bo’lar edi. 

Meva-sabzavot  yetishtirishni  yanada  ko’paytirish,  uni  sifatli  tarzda  aholiga 

yetkazish  va  eksport  qilish  ishlari,  afsuski,  yetarli  darajada  emas.  Bugungi  kunda 

yurtimizda yetishtirilayotgan meva-sabzavotning atigi 15 foizi qayta ishlanib, 8 foizi 

eksport  qilinmoqda,  xolos.  Ayniqsa,  Sirdaryo,  Jizzax,  Xorazm,  Qashqadaryo  va 

Toshkent viloyatlarida bu ko’rsatkichlar hamon pastligicha qolmoqda. 

Joriy yilda 860 ming tonna yoki 620 million dollarlik meva-sabzavot eksport 

qilingani bizning imkoniyat va salohiyatimizga mosmi? Yo’q, albatta! 

5. Mirziyoyev Sh. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik 

–  har  bir  rahbar  faoliyatining  kundalik  qoidasi  bo‘lishi  kerak.  –T.:  O’zbekiston, 

2017. 

Prezident asarida quyidagilarga e’tibor qaratilgan: 



2017-yilda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, kompaniyalar va boshqa idoralar, 

shuningdek, barcha bo‘g‘indagi hokimliklar quyidagi strategik muhim vazifalarni 

amalga oshirishi shart:  

birinchi  –  ekin  maydonlari  va  ekinlar  tarkibini  optimallashtirish,  ilg‘or 

agrotexnologiyalarni joriy etish va hosildorlikni oshirish, meva-sabzavot va uzum 

yetishtirishni ko‘paytirish;  

ikkinchi – fermer xo‘jaliklarining moliyaviy-iqtisodiy holatini mustahkamlash. 

Oxirgi 10-yil mobaynida mineral o‘g‘itlar, yoqilg‘i-moylash materiallari va urug‘lik 

narxining  o‘sishi  bilan  paxta  xomashyosi  va  g‘allani  harid  qilish  narxlari  o‘sishi 

o‘rtasida keskin farq borligi kuzatilmoqda;  

uchinchi  –  o‘tgan  yillarda  Moliya  vazirligi  va  uning  huzuridagi  Jamg‘arma 

rahbariyati  tomonidan  shakllantirilgan,  agrotexnika  tadbirlarini  moliyalashtirishda 

ijobiy natija bermayotgan va mutlaqo chala tizimga barham berish zarur.  

to‘rtinchi  –  oxirgi  yillarda  agrosanoat  kompleksida  tashkil  etilgan  yangi 

boshqaruv  organlari  faoliyatidagi  bir  qator  muammolarni  bartaraf  etish  yuzasidan 

qat’iy choralar ko‘rishimiz zarur”. 




6.  Abdullayev  R.,  Aripov  R.  Abdullayeva  X.  Meva,  uzum  mo’l  bo’lsin 

desangiz… //O’zbekiston qishloq xo’jaligi. –Toshkent, 2014. -№6. -8-b. 

Tokzorlar  parvarishida  yil  bo’yicha  haroratning  o’zgarishi,  yog’ingarchilik 

ko’payishi yoki kamayishi, tokzorlarda begona o’tlar, toklarga ishjlov berishholati 

va unda asosiy e’tibor qaratish kerak bo’lgan jihatlar mualliflar tomonidan e’tirof 

etiladi va ularga oid tavsiyalar beriladi. 

7.  Ergashev  E.  I.Rahimov  A.  M.  Agrar  sektorda  kichik  biznes  subyektlari 

eksportini  rivojlantirish  yo’llari//Xalqaro  moliya  va  hisob  ilmiy  elektron  jurnali.- 

№3, 2017. www.interfinance.uz 

Mazkur  maqolada  O’zbekistonning  qishloq  xo’jaligi  sohasida  qo’lga 

kiritayotgan  yutuqlari  bilan  bir  qatorda,  agrar  sektorda  kichik  biznes  subyektlari 

eksportining  ahamiyati  va  uning  amaliy  holati  o’rganilgan.  Shuningdek, 

mamlakatimizda  qishloq  xo’jaligi  mahsulotlari  eksportini  yanada  rivojlantirish 

bo’yicha takliflar ilgari surilgan.O’zbekistonning qishloq xo’jaligi sohasida qo’lga 

kiritayotgan yutuqlari haqida so’z borganda, aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan 

ta’minlash, mamlakatning bu boradagi eksport imkoniyatini oshirish bo’yicha olib 

borilayotgan  samarali  chora-tadbirlarga  to’xtalib  o’tish  joiz.  Tarmoqlar  va 

mintaqalarning  eksport  salohiyatini  safarbar  etish  yuzasidan  ko’rilayotgan  chora-

tadbirlar  eksportga  mahsulot  yetkazib  berishning  o’sishini  va  tashqi  savdo 

aylanmasining ijobiy saldosini ta’minladi. Yil boshidan buyon ilgari o’z mahsulotini 

eksport qilmagan 258 ta yangi korxona eksport faoliyatiga jalb etildi, tovarlarning 

117  ta  yangi  turini  eksport  qilish,  shuningdek,  28  ta  yangi  tashqi  sotish  bozori 

o’zlashtirildi.[1] Bugungi kunda yurtimizda dunyoning ko’plab davlatlariga meva-

sabzavot va ularni qayta ishlash asosida tayyorlangan mahsulotlarni eksport qilish 

yo’lga qo’yilgan. 

8. Fayziyev A.A., Fayziyev J.N., Islamov F.R. Uzum hosildorligining dinamik 

qator sifatida statistik tahlili //Qishloq xo’jaligini innovatsion rivojlantirishda oliy 

va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari yosh olimlarining roli: ilmiy-amaliy 

anjumani materiallari. –Toshkent, 2016. -527 b. -426-427-b 

Ushbu  maqolada  Qoraqalpog’iston  Respublikasining  Ellikqa’la  tumanida 

1991-2014  yillarda  yetishtirilgan  uzum  hosildorligi  vaqtli  qator  sifatida  statistik 

tahlil qilingan. Ma’lumki, qishloq xo’jalik ekinlarining hosildorligi ularning naviga, 

tuproqning  unumdorligiga,  agrotexnik  tadbirlarga,  ob-havoga  va  boshqa  ko’plab 

omillarga bog’liq bo’lgan tasodifiy jarayondir. Hususan, tumanda uzum yetishtirish, 

Vallis-Mur va Mediana kriteriyalari yordamida tasodifiy jarayon ekanligi aniqlandi.  

9.  Fayziyev  J.,  Ochildiyev  U.  Uzumnig  istiqbolli,  urug’siz  yirik  g’ujumli 

navlari //Agroilm-O’zbekiston qishloq xo’jaligi. –Toshkent, 2018. -№1. -44-45-b. 

Muallif  maqolada  Botir-kishmish,  irtishar  kishmish,  So’g’diyona  kishmish 

navlariga tavsiv berib tadqiq qilgan, ularning hosildorligi, xo’jalik-texnologik sifati 

va ishlab chiqarishga maqbul mintaqalarni sanab o’tgan. 

10.  Mualliflar  jamoasi.  Meva  ko’chatlarini  yetishtirish,  intensiv  bog’  va 

tokzorlar agrotexnikasi bo’yicha tavsiyalar. –Samarqand, N-Doba, 2012 

Mazkur qo’llanmada tokzorlarni yaratish va ularni parvarishlashga oid, fermer 

xo’jaliklari, uy xo’jaligi va boshqa qishloq xo’jaligi xo’jalik yurituvchi sub’yektlari 



uchun  mo’ljallangan  taklif  va  tavsiyalar  amaliyotda  yuksak  natijalarga  erishishi 

uchun tavsiya etilgan. 

11.  Murtazayev  O.,  Axrorov  F..  Qishloq    xo’jaligi    iqtisodiyoti.  –T.:  ILM-

ZIYO, 2017. 

Darslikning 22-bobi “Uzumchilikning  samaradorligini oshirish imkoniyatlari” 

deb ataladi. Unga ko’ra, uzumchilikning asosiy mahsuloti turli xil (xo’raki, kishmish 

va sharopbop) uzumlar tarkibida inson organizmi uchun o’ta foydali  shakar (asosan 

glyukoza),  organik  kislotalar,  teri  oshlovchi  bo’yoqlar,  fermentlar,  vitaminlar, 

mineral tuzlar va boshqa xushbuy moddalarga boy. 

Turli  xil uzumlardan  ilmiy  asoslangan  me’yorlarda  (80-90  kg)  yil  davomida 

istemol qilish katta kaloriyali (go’sht, yog’ va boshqa) mahsulotlarning hazm bo’lish 

darajasini yaxshilaydi, inson salomatligini mustahkamlaydi, umrini xam uzaytiradi. 

Uzum  mahsulotlarining  xalq  xo’jaligidagi  ahamiyati  xo’raki,  mayizbop  va 

sharobbop navlari bo’yicha alohida – alohida tahlil etiladi va baholanadi. 

12. Narkabulova N.,  Mamatov K., Xo’jaqulov U. Sharobbop yangi istiqbolli 

uzum navlari //Agroilm-O’zbekiston qishloq xo’jaligi. –Toshkent, 2016. -№Maxsus 

son. -58-59-b. 

Mualliflar fikricha, uzum sharobining eng muhim xususiyatlaridan biri shuki, 

u  potensial  quvvat  manbai  bo’lib,  inson  organizmi  tomonidan  deyarli  to’liq 

o’zlashtiriladi. Sharob inson organizmiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.  

G’ujumining rangdorligi va qand miqdorining yuqoriligiga asoslanib Duragay 

№ 12-3-24/28 (Istiqlol), Duragay № 12-3-21/22 (Istiqlol) va Duragay № 12-3-11 

nav namunalarini qizil sharob ishlab chiqarish uchun eng istiqbolli navlar sifatida 

tavsiya etish mumkin.  

13. Pulatova N.R. Mintaqaviy iqtisodiyotni eksport salohiyatini rivojlantirishda 

investisiyalar samaradorligini oshirish//“Iqtisodiyot va innovasion texnologiyalar” 

ilmiy elektron jurnali. № 5, 2016.www.iqtisodiyot.uz  

Mamlakatimiz inson manfaatlari, huquq va erkinliklari yuksak qadriyat bo’lgan 

ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iktisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat 

va  fuqarolik  jamiyat  barpo  etish  yo’lidan  izchil  rivojlanib  bormoqda. 

Iqtisodiyotimizning  turli  soha  va  tarmoqlari  o’rtasidagi  mutanosiblikning 

kuchayishi  hamda  barqaror  o’sish  sur’atlarining  ta’minlanishi  natijasida  aholi 

daromadlari, turmush darajasining sezilarli ravishda oshishi ertangi kunga bo’lgan 

ishonchimizning tobora mustahkamlanib borishiga zamin yaratmoqda. 

14. Saidaliyeva G. Uzumchilik istiqbollari. 

www.agro.uz

 

Mamlakatimizda  aholini  oziq-ovqat  mahsulotlari  bilan  uzlkuksiz  ta’minlash 



bilan  bir  qatorda,  bozorlarimizni  sifatli  meva-sabzavotlar  hamda  uzum  bilan 

to’ldirishga  alohida  e’tibor  qaratilayapti.  Bunda  meva-sabzavotchilik  va 

uzumchilikni yanada rivojlantirish bo’yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar 

muhim ahamiyat kasb etayapti. Prezidentimizning 2013 yil 13 martdagi “2013-2016 

yillar davrida respublikada uzumchilikni yanada rivojlantirish dasturi to’g’risida”gi 

qarori  qabul  qilinganidan  so’ng  ushbu  sohaga  e’tibor  yanada  kuchaydi. 

Hududlarimizdagi tokzorlar maydonlari kengaytirildi. 

 

 







Download 0,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish