2
MUNDARIJA
KIRISH ...................................................................................................................... 3
1. MAVZUNI NAZARIY ASOSLASH VA ADABIYOTLAR SHARHI. ............. 5
2. QISHLOQ XO’JALIGIDA RESURSLAR SALOHIYATI VA ULARDAN
OQILONA FOYDALANISH ................................................................................... 9
2.1. Yer-suv resurslari va ulardan foydalanish samaradorligi .................................. 9
2.2. Mehnat resurslari va ulardan foydalanish samaradorligi ................................. 10
2.3. Moddiy resurslar va ulardan foydalanish samaradorligi .................................. 12
2. UZUM YETISHTIRISHDA AGROBIZNESNI TASHKIL ETISHNING
HOZIRGI HOLATI. ................................................................................................ 13
2.1. Uzum yetishtirishda agrobiznesni tashkil etish ................................................ 13
3.2. Uzum ishlab chiqarishda texnologik jarayonlarni tashkil etish ....................... 14
3.3. Uzumni qayta ishlashni tashkil etish ................................................................ 18
3.4. Uzumni sotishni tashkil etish ........................................................................... 19
3. UZUM YETISHTIRISHNI TASHKIL ETISH .................................................. 21
3.1. Tannarx va uni pasaytirish imkoniyatlari ......................................................... 21
4.2. Sotish baholari va uni oshirish imkoniyatlari .................................................. 22
4.3. Foyda summasi va uzumchilikda uni ko’paytirish imkoniyatlari. .................. 23
XULOSA VA TAKLIFLAR ................................................................................... 27
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI ............................................ 30
3
KIRISH
Mamlakatimizda uzumchilikni xuddi shunday tarmoq sifatida baholash
mumkin. Chunki uzumchilik mamlakatimiz qishloq xo’jaligini yetakchi tarmog’i
bo’libgina qolmay, balki iqtisodiyotimizning barqarorligini ta’minlashga
ko’maklashuvchi omil ham hisoblanadi.
Uzumchilikning asosiy mahsuloti turli xil (xo’raki, kishmish va sharopbop)
uzumlar tarkibida inson organizmi uchun o’ta foydali shakar (asosan glyukoza),
organik kislotalar, teri oshlovchi bo’yoqlar, fermentlar, vitaminlar, mineral tuzlar va
boshqa xushbuy moddalarga boy.
Turli xil uzumlardan ilmiy asoslangan me’yorlarda (80-90 kg) yil davomida
istemol qilish katta kaloriyali (go’sht, yog’ va boshqa) mahsulotlarning hazm bo’lish
darajasini yaxshilaydi, inson salomatligini mustahkamlaydi, umrini xam uzaytiradi.
Uzum mahsulotlarning xalq xo’jaligidagi ahamiyati xo’raki, mayizbop va
sharopbop navlari bo’yicha alohida – alohida tahlil etiladi va baholanadi.
Turli xil uzum navlarining biokimyoviy tarkibi keskin farq qiladi. Masalan,
shakarlilik darajasi xo’raki navlarda 20-25 % gacha, mayizboplarda 30-35 %,
vinoboplarda 15-18 %gacha bo’ladi. Ular to’liq pishganda yig’ib olinsa shakarlilik
darajasi yanada oshadi.
Xo’raki uzumlarning asosiy qismini aholi yoz va kuz oylarida istemol qiladi,
bir qismini maxsus omborxonalarda saqlab kelasi yil hosili pishganga qadar ham
foydalanadi.
Kishmishbop hamda qisman xo’raki nav uzum quritiladi, mayiz va kishmish
tayyorlanadi, yil davomida aholi tomonidan istemol qilinadi.
Sharopbop, qisman xo’raki va kishmish navlarini oziq-ovqat sanoat
tarmoqlari qayta ishlab sharoplar, shampan vinolar, konyaklar, murabbo, shinni,
sharbat, kompot, mayonez va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaradi. Qayta ishlangan
uzum mahsuloti qoldiqlaridan moy ishlab chiqiladi, chorvachilik omuxta yemlariga
qo’shiladi. Toklarning barglari va navlari chorvachilikda ozuqa, shoxlari va poyalari
yoqilg’i sifatida ishlatiladi.
Uzumchilikning yuqori xalq xo’jalik ahamiyatidan yana biri shundaki, ular
50-60 yillargacha hosil beradi. Ildizlari tuproqqa chuqur joylashadi, qurg’oqchilikka
birmuncha chidamli, tuproq unumdorligi nisbatan past, notekis yerlarda ham hosil
beradi va h.k.
Hozirgi Oʻzbekiston uzumchiligida 120 ming ga tokzor mavjud. Uning 70%
dan koʻprogʻi Samarqand, Surxondaryo, Toshkent, Xorazm, Buxoro viloyatlarida
joylashgan. Hosil beradiganlari 98,8 ming ga, oʻrtacha hosildorligi 63,1 s/g.
Respublikada uzumchilik maydonlarini kengaytirish, hosildorligini oshirish, jahon
bozori talablariga moye mahsulotlar yetishtirishga eʼtibor berilmokda. uzumchilik
yoʻnalishida juda koʻp fermer xoʻjaliklari faoliyat koʻrsatadi. Bu yoʻnalishda
"Oʻzmevasabzavotuzumsanoat" xolding kompaniyasi, "Mevasabzavot" uyushmasi
kabi soha tashkilotlari katta ishlarni amalga oshirmokdalar.
O’zbekiston mustaqilligini iqtisodiy jihatdan mustahkamlash ko’p jihatdan
qishloq xo’jaligining, ayniqsa, uzumchilikning samarali rivojlanishi bilan
4
bog’liqdir. Chunki iqtisodiy nazariya fani asoslaganidek, har qanday sharoitda
mamlakat iqtisodiyotida o’ziga xos o’rin tutadigan, ya’ni tashqi iqtisodiy aloqalarda
(eksportda), ishlab chiqarishda yetakchi o’rinni egallaydigan, ish kuchini asosiy
qismini o’ziga jalb etadigan, hattoki, mamlakatlar o’rtasida muhim resurslarni
davlatlararo ta’minoti asosida olish uchun lozim bo’lgan hollarda tazyiq o’tkazish
mexanizmi sifatida xam qo’llay olishga yaraydigan sohalarni rivojlantirish va shu
sohada ichki raqobat tizimini shakllantirish asosida yuqori samaradorlikka erishish
yo’llarini topish va undan foydalanish har qanday mamlakat iqtisodiyoti uchun
muhimdir.
Turli xil uzumlardan ilmiy asoslangan me’yorlarda (80-90 kg) yil davomida
istemol qilish katta kaloriyali (go’sht, yog’ va boshqa) mahsulotlarning hazm bo’lish
darajasini yaxshilaydi, inson salomatligini mustahkamlaydi, umrini xam uzaytiradi.
Uzum mahsulotlarning xalq xo’jaligidagi ahamiyati xo’raki, mayizbop va
sharopbop navlari bo’yicha alohida – alohida tahlil etiladi va baholanadi.
Turli xil uzum navlarining biokimyoviy tarkibi keskin farq qiladi. Masalan,
shakarlilik darajasi xo’raki navlarda 20-25 % gacha, mayizboplarda 30-35 %,
vinoboplarda 15-18 %gacha bo’ladi. Ular to’liq pishganda yig’ib olinsa shakarlilik
darajasi yanada oshadi.
Kurs ishning maqsadi uzumchilik mahsulotlari yetishtirish holati, tuman
aholisi oziq-ovqat me’yorlaridagi nisbati va ularning eksport salohiyatini o’rganish
orqali qishloq aholishining moddiy farovonligini ta’minlashda xizmat qiladigan
aholi daromadlarini oshirish imkoniyatlarini o’rganish va samaradorligini oshirish
imkoniyatlaridan foydalanishga doir amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan
hisoblanadi.
Qo’yilgan maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni yechish lozim:
mavzuni nazariy asoslarini o’rganish va asosiy adabiyotlarga sharh berish;
qishloq xo’jaligida mavjud resurslar saloiyati va ulardan foydalanishni
baholash;
Uzumchilik samaradorligi va uni oshirish yo’llarining hozirgi holatini tahlil
qilish;
Uzumchilik samaradorligi va uni oshirishga ta’sir qiluvchi omillarni o’rganish
va ulardan foydalanishga doir amaliy tavsiyalar ishlab chiqish;
uzumchilik tarmog’ida ishlab chiqarish borasidagi o’zgarishlarni baholash.