3. UZUM YETISHTIRISHNI TASHKIL ETISH
3.1. Tannarx va uni pasaytirish imkoniyatlari
Ishlab chiqarish bo’yicha tahlil qilish analitik ishning muhim bosqichi bo’lib
hisoblanadi. Bunday tahlil ayrim ish turlarining tuzilishi bo’yicha reja qanday
bajarganligini aniqlash imkonini beradi.
Ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishning yana bir asosiy yo’llaridan biri-
mehnat unumdorligini oshirishdir. Buning hisobiga qishloq xo’jaligidan olinadigan
har qanday mahsulotning ko’payib, o’sishiga erishiladi. Mehnat unumdorligi va
tannarx orasida chambarchas bog’liqlik mavjud. Mehnat unumdorligining oshirilishi
tannarxning pasayishi uchun salmoqli ahamiyatga ega. Shu bilan birga, mehnat
unumdorligining o’sish sur’ati ish haqining o’sish sur’atidan oldinga o’tib ketmog’i
muhim. Qishloq xo’jaligi mehnat resurslaridan yaxshiroq foydalanish, kompleks
mexanizasiyani, mashinalar tizimini ishlab chiqarishning yangi texnologiyalarini
joriy etish zarur. Boshqa tomondan mahsulot ishlab chiqarishni oshirish va sifatini
yaxshilash uchun ishchilarning moddiy va ma’naviy manfaatdorligini yaratish talab
etiladi.
Shuningdek, moddiy xarajatlarni iqtisod qilish: urug’lik (yuqori sifatli
urug’larni ekish); ozuqa (ularning narxini arzonlashtirish, oqilona foydalanish,
saqlash va transportga yuklab tushirishdagi yo’qotishlarni bartaraf etish hisobiga);
transport sarflarini yoqilg’i-moylash xarajatlarini ehtiyot qismlar va boshqalarga
sarflarni qisqartirish ham ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish imkoniyatini
beradi.
Qishloq
xo’jalik ekinlariga ishlov berishda resurslarni tejovchi
texnologyalardan foydalanib, moddiy resurslar sarfini qisqartirish mumkin. Bunday
texnologiyalarni joriy etish moddiy xarajatlarni 30-40 % ga, ishlab chiqariladigan
mahsulot tannarxini 15-20 % ga pasaytirish imkonini beradi.
Mahsulotlar ishlab chiqarish xarajatlarini pasayishiga ishlab chiqarish
vositalaridan foydalanishni yaxshilash ham katta ta’sir ko’rsatadi, chunki
xarajatlarning sezilarli ulushi, amortizasiya chegirmalariga to’g’ri keladi. Xo’jalik
ishlab chiqarish vositalari bilan qanchalik yaxshi ta’minlangan bo’lsa, ulardan
shunchalik yaxshi foydalaniladi, mahsulot esa ko’proq chiqariladi.
Asosiy ishlab chiqarish vositalaridan foydalanishni, ularning strukturasini
mukammallashtirish ortiqcha vositalarni ishlab chiqarishdan olib tashlash yo’li bilan
yaxshilash mumkin. Iqtisodiy ishlab chiqarish bino (inshooti)ni qurish, ularning
umumiy hajmidagi asosiy vositalarning faol qismining ulushini ko’paytirish;
mashina va uskunalardan yaxshiroq foydalanish, bitta traktor, kombayn, avtomobil
hisobiga ishlab chiqarishni (kunduzgi smenadagi, mavsumdagi) oshirish; davr
strukturasini yaxshilash; ishlab chiqarish fondlarining xarajatlarini qoplashni
tezlashtirish.
Qishloq xo’jaligi uchun xarakterli bo’lgan ko’p tarmoqli ishlab chiqarishda
hosilni yig’ib olish, saqlash va qayta ishlashdagi yo’qotishlarni bartaraf etish;
xo’jalikda tez buziladigan va transportda tashishga qulayligi ham mahsulotlarni
qayta ishlashni tashkil etish; eng kam mehnat va mablag’ sarflagan holda mahsulot
22
ishlab chiqarishni maksimal darajada ko’paytirish maqsadida ilmiy asoslangan
ixtisoslatirish; mahsulotlarni o’z vaqtida realizasiya qilish va har qanday noishlab
chiqarish xarajatlarini qisqartirish.
Umuman olganda, har qanday mahsulot birligining uchun qilingan harajat ikki
miqdor nisbatiga: ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot sifatiga bog’liq buladi.
Demak, mahsulot birligining uchun qilingan harajat quyidagi xollarda pasayishi
mumkin:
1. Agar mahsulot o’zgarmagani xolda, xarajat miqdori kamaysa.
2. Agar yalpi mahsulot miqdori ko’payib, xarajatlar o’zgarmasa.
3. Agar yalpi mahsulotining o’sish sur’ati xarajatlar o’sish sur’atidan yuqori
bo’lsa.
Do'stlaringiz bilan baham: |