4.2. Sotish baholari va uni oshirish imkoniyatlari
Tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi 4 milliard 500 million dollardan
oshdi. Tashqi savdo aylanmasi tarkibidagi bunday ijobiy o’zgarishlar mustaqillik
yillarida mazkur sohaga qaratilgan e’tibor, xususan eksportga yo’naltirilgan ishlab
chiqarishni har tomonlama rag’batlantirish hamda import o’rnini bosadigan
mahsulotlarni ishlab chiqarishni qo’llab-quvvatlashga yo’naltirilgan iqtisodiy
siyosat natijalari hisoblanadi. “O’zbekiston mustaqillikkacha bo’lgan davrdagi
chetga xomashyo chiqaradigan va tayyor mahsulotlar, asosan iste’mol tovarlarini
olib kiradigan mamlakatdan bugungi kunda tobora qo’shilgan qiymati yuqori
bo’lgan tayyor mahsulotlarni eksport qiladigan va ko’proq ishlab chiqarishni texnik
hamda texnologik modernizasiya qilish uchun mo’ljallangan yuqori texnologiyalar
asosidagi uskunalarni import qiladigan mamlakatga aylanib bormoqda. Eksportning
tovar tarkibini diversifikasiya qilish natijasida mamlakatimiz paxta yakkahokimligi
oqibati bo’lgan paxta tolasi eksportiga qaramlikdan xalos bo’ldi. Uning eksportdagi
ulushi kamayib, 1990 yildagi 59,7 foizdan 2010 yilda 11,3 foizga tushdi”6.2011
yilda eksport tarkibida tayyor mahsulotlar ulushi 60 foizni tashkil etdi, holbuki, 2000
yilda bu ko’rsatkich qariyb 46 foizni tashkil etgan edi.
Mamlakat eksportini rivojlantirishda yana bir muhim omil bu davlat soliq
siyosatidir. Eksportyor korxonalarga berilgan soliq imtiyozlari ular faoliyatini
yanada rivojlanishiga, tashqi bozorlarda raqobatbardoshliligiga turtki bo’ladi.
Jumladan, meva-sabzavot tarmog’ida ro’yxatdan o’tgandan boshlab, qayta
tashkil etilayotgan shirkatlar asosida yaratilayotgan bog’dorchilik va uzumchilik
fermer xo’jaliklari 5 yil muddatga yer solig’idan ozod qilingan, yangidan tashkil
etilayotgan agrosanoat firmalari daromad (foyda) solig’idan, yer solig’idan, mulk
solig’idan, qo’shimcha qiymat solig’idan (importga QQSdan tashqari), yagona soliq
to’lovidan 3 yil muddatga ozod qilingan.
Keyingi o’n yil mobaynida yuridik shaxslardan olinadigan foyda soliq stavkasi
3,4 barobar, mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq to’lovi stavkasi
2,1 barobar, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi 1,1
barobar, yagona ijtimoiy to’lov stavkasi
23
Mamlakat mahsulotlarini eksportga olib chiqishda rivojlangan transport
infratuzilmasining ahamiyati beqiyosdir. Mahsulotlarni haridorlar tezda va sifatli
yetkazib berish uchun zamonaviy avtomobil yo’llari, yuksak darajada tashkil etilgan
temir yo’l transportining ahamiyati kattadir. Ayniqsa, meva-sabzavot mahsulotlarini
eksport qilishda ularni haridorlarga tezda va sifatli yetkazib berishni ta’minlash juda
muhim hisoblanadi. Chunki, bu mahsulotlar daladan yig’ib olingandan so’ng, tezda
aynib qolishi mumkin.
Ishtixon tumani fermer xo’jaliklarida amaliyot davrida olingin ma’lumotlar
asosida uzum ishlab chiqarishdan olingan foydaning omilli tahlili o’tkazdik (4.2.1-
jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |