V. AMALIY MASHG‘ULOT
5-mavzu: O‘zbekistonning tabiiy resurs salohiyati, ulardan oqilona
foydalanish
Darsning maqsadi:
Talabalarga mineral, xomashyo resurlari, yoqilgi-
energetika resurslari, er-suv resusrlari, o‘simlik va hayvonot dunyosi haqida bilim
va ko‘nikmalarni shakllantirish.
Dars jihozlari:
kompyuter va multimedia vositalar, marker, plakatlar,
vatman, kartalar, kerakli adabiyotlar, atlas.
Uslubiy ta'minot:
namunaviy dastur, ishchi dastur, kalendar reja, texkarta,
o‘quv uslubiy majmua, tarkatma materiallar.
Adabiyotlar:
1. Abirqulov Q.N. Iqtisodiy geografiya. Darslik. – T.: Yozuvchilar
uyushmasi nashriyoti, 2008. – 272 b.
2. Abdalova Z.,Tojieva N. Iqtisodiy geografiya. O‘quv qo‘llanma – T.,
Iqtisod-Moliya, 2013. – 212 b.
3. Samatov G‘.A., Dehqonova N.S., Galimova F.R. Iqtisodiy geografiya.
O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: ToshDAU nashriyoti, 2016. – 130 b.
4. Ro‘ziev A.R., Abirkulov K.N. O‘zbekiston iqtisodiy geografiyasi. –T.:
”Sharq”, 2002.
5. Saparova G.K., Dexkanova N.S., Galimova F.R. Iqtisodiy geografiya va
ekologiya. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: “O‘zbekiston faylasuflari milliy
jamiyati” nashriyoti, 2019. – 260 b.
O‘zbekiston er osti va er usti tabiiy resurslariga boy. Uning tabiat manbalari
xilma-xil bo‘lib, ularning asosiy turlari mamlakat ishlab chiqaruvchi kuchlarini
joylashtirish va rivojlantirishda bevosita ishtirok etadi.
Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish nuqtai nazaridan uning tabiiy
resurslaridan eng muhimi, foydali qazilmalaridir. Foydali qazilmalar esa
mamlakatning turli hududlarida keng tarqalgan. «O‘zbekiston, o‘z er osti
boyliklari bilan haqli sur'atda fahrlanadi - bu erda mashhur Mendeleev davriy
sistemasining deyarli barcha elementlari topilgan. Hozirga qadar 2,7 mingdan
ziyod turli foydali qazilma konlari va ma'dan namoyon bo‘lgan istiqbolli joylar
aniqlangan. Ular 100 ga yaqin mineral xom ashyo turlarini o‘z ichiga oladi.
Ularning tasdiqlangan zahiralari 970 milliard AQSh dollarini tashkil etadi. Shu
bilan birga, umumiy mineral-xom ashyo potensiali 3,3 trillion AQSh dollaridan
ortiqroq baholanayotganini ham aytib o‘tish kerak.
Mustaqil taraqqiyotning hozirgi bosqichidayoq «har yili respublika
konlaridan taxminan 5,5 milliard dollarlik miqdorda foydali qazilmalar
olinmoqda va ular yoniga 6,0-7,0 milliard dollarlik yangi zahiralar
qo‘shilmoqda»
1
, deb ta'kidladi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.
Karimov.
O‘zbekiston hududi ayniqsa, rangli metall rudalariga boy. Jumladan,
O‘zbekiston mis rudasining zahirasi bo‘yicha MDHda Rossiya va Qozogistondan
keyingi o‘rinda turadi. Mamlakat mis konlari mis-porfir formatsiyasiga mansub
bo‘lib, u Qurama tog‘larida keng tarqalgan. Uning Olmaliq atrofidagi Qalmokqir,
Dalniy va Sarichek konlari eng yiriklaridir. Qo‘rg‘oshin — rux konlari janubi-
g‘arbiy Hisor tog‘larida joylashgan. Qurama tog‘idagi Lashqarak polimetall
konidan qadimda kumush, qo‘rg‘oshin qazib olingan. Ular endilikda sanoat
asosida Qo‘rg‘oshinkon konidan olinadi va Olmaliq kon-metallurgiya
kombinatida qayta ishlanadi. Shimoliy Nurota tizmasi yonbag‘irlarida ma'dan
konlari, Xonjiza (Surxondaryo)da yirik polimetall konlari topilgan.
O‘zbekiston oltin zahirasiga juda boy, qimmatbaho oltinning bir necha
endogen va ekzogen konlari topilgan. Uning eng yirik konlari Markaziy Qizilqum
(Muruntov va Ko‘kpatas)da joylashgan. «Muruntov koni dunyodagi gigant konlar
jumlasiga kiradi. U yevrosiyo qit'asidagi ruda tarkibida oltin yuqori darajada
bo‘lgan eng yirik kondir. Muruntov konining topilishi xalqaro geologiya
jamoatchiligi tomonidan XX asrning ikkinchi yarmida oltin sohasida qilingan eng
katta kashfiyot deb e'tirof etildi». «Oltin zahiralari bo‘yicha respublika dunyoda
4-o‘rinda, uni qazib olish bo‘yicha 7-o‘rinda turadi», deb ta'kidlagan Birinchi
Prezident I.A. Karimov.
O‘zbekistonda kumush konlari ham ko‘p. Uning asosiy konlari Qurama
tog‘larida joylashgan. Navoiy viloyatidagi Visokovoltnoe, Ukjetpes, Kosmonachi
konlari va Namangan viloyatidagi Oqtepa zahiralari aniqlangan kumush
konlaridir. Mamlakatimiz hududida shuningdek, turli tuzlarning, fosforit,
oltingugurt, alyuminiy xom ashyosi (boksit rudalari), pardozlovchi va qurilish
materiallarining katta zahiralari mavjud.
Nodir metallardan volfram (Langar, Qoratepa, Quytosh, Ingichka, Yaxton,
Chochtepa konlari), molibden (Hisor, Qurama va Chotqol tizmalarida) ko‘p
uchraydi. Qalayning mamlakatimizda 100 dan ortiq to‘plami(konlari) bor.
Shulardan Qarnob koni 1950 yillarda ishga tushirilgan. Vismut rudalari Chotqol-
1
Ислом Каримов. Ўзбекистон XXI аср бўсағасида… Т., «Ўзбекистон», 1997, 230-бет.
Qurama tog‘larida topilgan. Simob va surma tarkibli rudalar respublikamizning
ko‘p joylarida uchraydi. Jumladan, Janubiy Farg‘onada simobning 100 dan,
surmaning 10 dan ortiq konlari istiqbolli hisoblanadi.
O‘zbekiston energetika sanoatini rivojlantirish uchun zahiralari ancha katta
bo‘lgan neft, tabiiy gaz va ko‘mir konlariga ega. Mazkur tabiiy boyliklar
mamlakatimizning turli mintaqalari bo‘ylab tarqalgan.
Ko‘mir. Mamlakatimizda uchta: Angren (Toshkent viloyati), Shargun va
Boysun (Surxondaryo viloyati) ko‘mir konlari ishga tushirilgan. Uchala ko‘mir
koni ham yura davri qatlamlarida joylashgan.
O‘zbekiston o‘simlik va hayvonot dunyosiga o‘ta boy. Ayniqsa,
o‘simliklarning 25 mingdan ortiq xili mavjud bo‘lib, ularning ko‘pchiligi Qizil
kitobga kiritilgan. O‘simliklarning aksariyatidan oziqa sifatida foydalansa,
ba'zilaridan farmatsevtika sohasida keng ishlatiladi. Hayvonot dunyosida 97 ga
yaqin sut emizuvchilar, qushlarning 410 ga yaqin turi, sudralib yuruvchilarning
57 turi, baliqlarning 60 ga yaqin turi, hashoratlarning 15 mingdan ortiq turi
uchraydi. Tulki, chiyabo‘ri, bo‘rsiq, andatra, nutriya kabi mo‘yna beradigan
hayvonlar, 60 dan ortiq turdagi ovlanadigan qushlar, ayiq, qoplon, bars kabi
hayvonlar respublika flora va faunasini boyitib kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |