2. QISHLOQ XO’JALIGIDA RESURSLAR SALOHIYATI VA ULARDAN
OQILONA FOYDALANISH
2.1. Yer-suv resurslari va ulardan foydalanish samaradorligi
Yer barcha ishlab chiqarilayotgan boyliklarning manbasi ekanligi ko’p
martalab e’tirof etilgan. Sanoat ishlab chiqarishining ayrim turlari uchun yer
imoratlar turadigan oddiy baza, qishloq xo’jaligida yesa asosiy ishlab chiqarish
vositasi hisoblanadi. Ya’ni kishilar yerga ishlov berish yo’li bilan ishlab chiqarishga
ta’sir etadi. Yer bir paytda mehnat predmeti (mehnat yo’naltiriladigan ob’yekt
sifatida) va mehnat quroli (yerda zarur biologik sharoitlarni tug’dirish natijasida
o’simliklar rivojlanadi) sifatida qishloq xo’jaligida yuzaga chiqadi. Yer har bir
xalqning asosiy boyligidir.
BMT ning Oziq ovqat va qishloq xo’jaligi tashkiloti (FAO) ning
ma’lumotlariga ko’ra yer yuzining muzliklardan holi bo’lgan qismining 25 foiziga
ishlov berish imkoniyati mavjud. Ushbu tashkilotning mutaxassislarining
hisoblariga ko’ra qishloq xo’jaligi maqsadlarida ishlatish mumkin bo’lgan maydon
3,4 mlrd. gektarni tashkil etadi. Hozirda yer yuzida jami bshlib 1,57 mlrd. gektar
yerga ishlov berilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi 447,4 mln. gektar yer maydoniga ega. Respublika
qishloq xo’jaligiga yaroqli yer maydonilarining 81 foizi yoki 26,6 mln. gektarini
yaylov va pichanzorlar tashkil etadi. O’zbekiston qishloq xo’jaligiga yaroqli
yerlarning 16 foizi haydaladigan yerlardir. Mamlakatning lalmikor yerlari 6,6 mln.
gektar. Shundan 3,0-3,2 mln. gektari haydaladi va ularda lalimi dehqonchilik bilan
shug’ullaniladi. Qolgan qismidan namlikning juda kam bo’lganligi sababli
foydalanilmaydi. Yuqoridagilardan xulosa shuki Respublikada mavjud yer
maydonlaridan maksimal foydalanishga e’tiborni kuchaytirish zarur.
O’zbekiston Respublikasi yer kodeksining 8-moddasida yer fondi toifalari
belgilab qo’yilgan. “O’zbekiston Respublikasining yer fondi yerlardan
foydalanishning belgilangan asosiy maqsadiga ko’ra quyidagi toifalarga bo’linadi:
1. qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishiga tayin etilgan yerlar – qishloq xo’jaligi
ehtiyojlari uchun berilgan yoki ana shu maqsadga mo’ljallangan yerlar. Qishloq
xo’jaligiga mo’ljallangan yerlar sug’oriladigan va sug’orilmaydigan (lalmikor)
yerlar, haydaladigan yerlar, pichanzorlar, yaylovlar, ko’p yillik mevali dov-
darxtlar va tokzorlar yegallagan yerlarga bo’linadi;
2. aholi punktlarining (shaharlar, posyolkalar va qishloq aholi punktlarining) yerlari
- shaharlar va posyolkalar shuninigdek qishloq aholi punktlari chegarasi
doirasidagi yerlar;
3. sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo’ljallangan yerlar –
ko’rsatilgan maqsadlarda foydalanish uchun yuridik shaxslarga berilgan yerlar;
4. tabiatni
muhofaza qilish, sog’lomlashtirish, realizasiya maqsadlariga
mo’ljallangan yerlar – alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar egallagan,
tabiiy davolash omillariga ega bo’lgan yerlar, shuningdek ommaviy dam olish va
turizm uchun foydalanadigan yerlar;
10
5. tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar – tarixiy-madaniy yodgorliklar
joylashgan yerlar;
6. o’rmon fondi yerlari – o’rmon bilan qoplangan, shuningdek o’rmon bilan
qoplanmagan bo’lsa ham, o’rmon xo’jaligi ehtiyoji uchun berilgan yerlar;
7. suv fondi yerlari – suv ob’yektlari, suv xo’jaligi inshoatlari yegallagan yerlar va
suv ob’yektlarining qirg’oqlari bo’ylab ajratilgan mintaqadagi yerlar;
8. zahira yerlar.
Ishtixon tumani xo’jaliklarining yer resurslari tahlil etildi (2.1.1-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |