3.2. Uzum ishlab chiqarishda texnologik jarayonlarni tashkil etish
Tokzor yerlarga ishlov berish. Xavo rejimini yaxshilash, suv va o’gitlarni tok
tuplari yaxshi o’zlashtirib rivojlanishi uchun tokzor yerga ishlov beriladi. Bunday yerda
nam yaxshi to’planadi va saqlanadi. Yer 20-25 sm chuqurlikda agdarib chopiladi.
15
yozda xar galgi sugorishdan 2-3 kun o’tgach, yer 15-20 sm chuqurlikda
yumshatiladi. Kuzda tok ko’milgandan keyin 25-30 sm chuqurlikda agdarib chopiladi.
Vegetasiya davrida tuproqda namlikni saqlash, begona o’tlarni yo’qotish va
tuproqni yumshoq xolda saqlab turish uchun qator oralari 10-12 sm chuqurlikda, 3-4
marta kultivasiya qilinadi.
Baxor-yoz oylarida yumshoq qatlam xosil qilish uchun NYu-18 plugiga
o’rnatilgan moslama bilan tok tupi atrofidagi tuproqqa ishlov beriladi.
MPV, NYu-18 mashina va moslamalar yordamida sugorish egatlari ochiladi,
qator oralari kultivasiya qilinadi va yoppasiga yumshatiladi.
Tokni sugorish. O’zbekistonning keskin kontitental iqlim sharoitida toklarni
sugorish yuqori xosil olishda eng muxim agrotexnik tadbirlardan biridir.
Bo’z tuproqli yerlarda ildizi chuqur o’sgan xosildor tok 4-5 marta, yengil qumoq
tuproqli yerlarda 5-7 marta, shagal toshli yerlarda 8-10 marta, sizot suvlari yuza
joylashgan yerlarda 1-2 marta sugoriladi. Tok tuplaridan 50 sm naridan ochilgan
egatlardan suv oqizib-jildiratib sugoriladi. Birinchi marta aprelda, ikkinchi marta
mayda, uchinchi marta iyunda, to’rtinchi – beshinchi marta iyul – avgust oylarida
sugoriladi. Xosilni uzishdan 15-20 kun oldin sugorish to’xtatiladi. Tokka qishda yaxob
suvi berish foydali. Bunda yer 2 metr chuqurlikkacha namlanishi kerak. Tokni tuproq
ichidan va tomchilatib sugorish istiqbollidir.
Tokni o’gitlash. Tok o’gitlarga juda talabchan bo’ladi. Tokzorlarga maxalliy
o’gitlardan go’ng, parranda axlati; mineral o’gitlardan azotli (ammiakli silitra,
mochevina), fosforli (superfosfat), kaliyli (kaliy xlorid) o’gitlar solinadi. Azot - 120 kg/
ga, fosfor – 90 kg/ga, kaliy – 30 kg/ga, organik o’gitlar 5 t/ga dan 20 t/ga gacha solinadi.
Tomorqa yerlarga ammiakli selitra, mochevina va azotli o’gitlarning boshqa
xillarining asosiy qismi 1 m2 yerga – 30-50 g.dan erta baxorda solinadi, superfosfat -
50-60 g.dan, kaliy xlorid- 15-20 g.dan kuzda solinadi. Mineral o’gitlar maxalliy
o’gitlarga qo’shib solinsa samaradorligi yanada oshadi.
Tokni o’sish davrida 2 marta: birinchi marta gullashidan 15-20 kun oldin va
ikkinchi marta gullagach 15-20 kun keyin qo’shimcha oziqlantirish tavsiya etiladi.
O’gitlar tok tuplaridan 50-60 sm naridan 60X60 sm chuqurlikda kovlangan o’ralar
orqali beriladi. Xar bir chuqur - o’raga bir satil aralashma solinadi.
Ta’kidlash kerakki aralash mineral o’gitlar (ammafos, nitrofos va boshqalar)
oddiy o’gitlarga nisbatan bir qator agroximik va iqtisodiy samaradorlikka ega. Shuning
uchun sugoriladigan xosildor tokzorlarga xar yili baxorda (toklar ochilgandan keyin)
225 kg/ga ammofos bilan birga 225 kg/ga ammiakli selitra va 250 kg/ga kaliy tuzlari
yoki 455 kg/ga nitrafos xisobida mineral o’git solinsa yaxshi natijalar beradi.
Tokni o’stiruvchi moddalardan foydalanish. Uzumning urugsiz navlari xosilini
oshirish maqsadida gibberellindan foydalanish tavsiya etiladi. To’pgul 10 l suvga 1 g
gibberellin aralashtirilib botirilsa, xosili 40-50 % gacha oshib, sifati yaxshilanadi. 1
gektarga 30 g gibberellin sarflanadi.
Zang va novdalarni boglash. Zang va xosil olish uchun qoldirilgan novdalar
tuplar ochilishi bilan sim bagazlarga boglanadi. Bu ish kurtaklar bo’rtguncha
tugallanishi kerak. Tuplar qator orasiga ishlov berishda mashinani bemalol o’tishi
uchun, zanglar birinchi sim satxigacha ko’- tariladiki, bunda xosil beruvchi va ko’k
novdalar ishga xalaqit bermasin.
16
Tokni shakllantirish va kesish. Tok kesish muxim agratexnik usul bo’lib, tokning
o’sishi va meva qilishini tartibga soladi. Bu usul yordamida tokni parvarishlash uchun
qulay shakl berilib, u tokzordan foydalanish davomida saqlab turiladi. Tokka to’gri
shakl berilishi va oqilona o’stirish tizimida uzoq vaqt va yuqori xosil olinishini
ta’minlaydi, quyosh nuridan, issiqlik, suv va ozuqa moddalaridan to’liqroq
foydalanishga, shuningdek mexanizasiyani keng qo’llanishiga imkon beradi.
Tupni shakllantirish ko’chatlarni o’tkazishga tayyorlashdan boshalanadi, bunda
ularda ikki uchta ko’zcha qoldirilib kesiladi.
Kuchli ko’chatlar o’tkazilganda birinchi yili qator bo’ylab yo’naltirilgan 3-4 ta
novda o’stiriladi.
Agar ko’chatda atiga 1 ta novda rivojlansa, 3 ta bachki xosil bo’lishi uchun u 4-5
chi bargdan yuqoriroqda chilpiladi.
Bir yillik ko’chatlar qishda kesmasdan ko’miladi, keyingi baxorda simbagazga
o’rnatiladi.
Ikkinchi yili baxorda tuplar novdalarning rivojlanishiga ko’ra kesiladi: kuchli
zanglar (pishgan novdalar) shunday kesiladiki, ularning pastki simga boglash mumkin
bo’lsin, kuchsizlari 2-3 ta ko’zcha qoldirib,kalta kesiladi.
O’zbekiston sharoitida navdaning o’sish kuchi va muayyan navdaga ko’ra
kuchliroq novdalar uzunroq kesiladi novdalarda 6-8, 9-12, 12-15 ta ko’zcha qoldirib
xar xil uzunlikda kesiladi.
Respublikaning ko’pgina tumanlarida tuplarni ko’mishdan oldin va ularni
ochgandan keyin bo’ladigan sovuqlar kuzchalarning zararlanishiga, zangning ko’p
yillik qismlaridagi to’qimalarning qisman qurishiga olib keladi.
Tokning yashil novdalariga ishlov berish. Muxim agrotexnik tadbirlardan biri
tokni xomtok qilish, novdalarni chilpish, bachki novdalarini olib tashlash va chekanka
qilishdir. Novdalarni o’sishi va yetilishi, xosil sifati, o’simliklarni qishga tayyorlash va
shu kabilar, agrotexnik tadbirlarni o’z vaqtida va to’gri o’tqazilishiga bogliq.
Xomtok qilish. Bargning xazm qilish yuzasi bilan xosili o’rtasida to’gri nisbatni
o’rnatish, tupni shakllantirish uchun novdalar tanlash, qo’lay xavo - yoruglik
sharoitlarini yaratish uchun novdalarning qalinlashib ketishiga yO’l qo’ymaslik
maqsadida tokdagi novda va xosil miqdorini me’yorga solish kerak. Bu ayniqsa
uzumning xo’raki va qishmish navlarida tup gul va shingillarning rivojlanishi va xosil
sifatining yaxshilanishiga yordam beradi.
Novdalar chekankasi- novdalarni yuqori qismini bir nechta barg bilan birga olib
tashlashdan iborat. Chekankani ayrim xollardagina juda kuchli o’suvchi, tokzorlarni
siyraklashtirish bilan bir vaqtda avgust oyining birinchi yarmida o’tqazish kerak. Bunda
novda, bachki novda va barglarning tok tupini juda qalinlashtirib yuboradigan va xavo
xamda yoruglikning o’tishiga xalal beradigan qismlari olib tashlanadi. Bu tokka keyingi
ishlov berishni, zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurashishni osonlashtiradi,
mevalarni rangi chiroyli bo’lishini ta’minlaydi. Xomtok qilishda va yashil navdalarni
sindirib tashlashda tupdagi kurtaklar sonini tegishlicha qoldirib tupning o’rtacha
xosildorligini saqlab turish, yashil navdalar bilan o’tqaziladigan ishlarni to’gri olib
borish, chekanka qilishni istisno qiladi.
Bachkidan tozalash. Tokda asosiy navda barglarini va uzum boshlarini soyalatib
qo’yadigan bachkilar, kuchli o’sib ketganda ularda ikki-uchta barg qoldirib, qolgan
17
qismi olib tashlanadi, chunki ular xosilni yetilishini novdaning pishishini kechiktiradi
va zamburugli kasalliklarning rivojlanishiga sabab bO’ladi.
Qandaydir sabablarga ko’ra asosiy navdalar yetarli bo’lmagan tokzorlarda bachki
novdalarning bir qismi ularni keyingi yil xosil navdasiga aylantirish uchun qoldiriladi.
Chilpish – novdalarning uchki qismidan yaxshi rivojlanmagan bir yoki ikkita barg
va O’sish nuqtasini olib tashlashdan iborat. Guli ko’p tO’kiladigan va natijada uzum
boshlari siyrak bo’lib qoladigan novlarda novdalarning O’sishini vaqtincha to’xtatish
maqsadida novdalar chilpiladi. Bunda oziq moddalar novdalarning o’sishiga emas,
to’pgullarga yo’naltiriladi, natijada gul va tugunchalarning tO’kilishi 15-20% va undan
ko’proq kamayadi, uzum xosili oshadi.
Novdalari va xosili kam tok tuplarida bachki novdalarini o’stirish maqsadida
xosil qilmaydigan navdalar gullashdan 10-15 kun oldin, ya’ni bachki kurtaklar O’sa
boshlashidan oldin chilpiladi. Bachki novdalar rivojlangandan keyin ortiqchalari olib
tashlanadi, bunda xosilsiz novdalarda ko’pi bilan ikki-uchta bachki novda qoldirib, ular
qulay va boshqa novdalarga soya solmaydigan qilib joylashtiriladi.
Ishtixon tumani ham uzum yetishtiruvchi asosiy tumanlardan biri hisoblanadi
(3.2.1-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |