Ishlatish joylari keltirilgan



Download 19,98 Mb.
bet30/128
Sana03.11.2022
Hajmi19,98 Mb.
#859620
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   128
Bog'liq
Korxonada (DARSLIK)

Armaturaning normativ va hisobiy qarshiliklari. Armaturaning normativ qarshiligi sifatida nazorat qilinadigan quyidagi qiymatlarning eng kichigi qabul kilinadi:

  • fizik oqish chegarasiga ega bo‘lgan sterjenli armaturalar uchun - fizik oqish chegarasi;

  • shartli oqish chegarasiga ega bo‘lgan sterjenli armaturalar, yuqori mustahkamliqqa ega bo‘lgan simlar va armaturali arqonlar uchun - 2% qoldiq deformatsiya hosil qiladigan kuchlanish qiymatiga mos bo‘lgan shartli oqish chegarasi;

  • oddiy simli armaturalar uchun – uzilishdagi vaqtincha qarshiligining 75%, ya’ni

Rns=0,75∙ Rsu, Rsu = Nu / As simli armaturaning uzilishdagi vaqtinchalik qarshiligi.
Armaturaning nazorat qilinadigan bu xarakteristikalari armatura tayyorlanadigan po‘lat uchun davlat standartlari va texnik shartlarga muvofiq qabul qilinadi va 0,95 dan kam bo‘lmagan ehtimollik bilan tayinlanadi.
CHegaraviy holatlarning birinchi va ikkinchi gruppalari uchun armaturalarning cho‘zilishdagi Temirbeton konstruksiyalar chegaraviy holatning birinchi gruppasi bo‘yicha hisoblanganda betonning hisobiy qarshiliklari Rb va Rbt, zarurat tug‘ilganda, betonning ishlash sharoitini e’tiborga oladigan γbi koeffitsientlarga ko‘paytirilib qiymati kamaytiriladi yoki oshiriladi. Masalan, konstruksiya davomli yuklar ta’sirida bo‘lsa, be-
ton mustahkamligining kamayishi γb2 = 0,9 koeffitsienti orqali, davomli bo‘lmagan muvaqqat yuklar ta’sirida bo‘lsa, beton mustahkamligining oshishi γb2 = 1,1 koeffitsienti orqali e’tiborga olinadi hisobiy qarshiliklari quyidagi formuladan aniqlanadi
(2.9)
bu erda γs - armatura bo‘yicha ishonchlilik koeffitsienti. Bu koeffitsientning qiymati quyidagicha qabul qilinadi: sinfi A-I, A-II bo‘lgan armaturalar uchun γs = 1,05; A-III armatura uchun - 1,07…1,1;
A-IV va A-V armatura uchun - 1,15; A-VI armatura uchun - 1,2; Vr-I armatura uchun - 1,1; V- II, Vr-III, K-7 va K-19 sinfli armaturalar uchun - 1,2 . CHegaraviy holatlarning ikkinchi gruppasi uchun armaturalarning sinflaridan qat’iy nazar γs= 1,0 kabul qilinadi
Konstruksiyalarni chegaraviy holatlarning birinchi gruppasi bo‘yicha hisoblashda armaturaning betonga bog‘lanishi ta’minlangan bo‘lsa uning siqilishdagi hisobiy qarshiligi quyidagicha qabul qilinadi: armaturaning cho‘zilishdagi hisobiy qarshiligi Rs < 400 MPa bo‘lsa, Rsc= Rs≤400 MPa; Rs > 400 MPa bo‘lsa, Rsc = 400 MPa qabul
Asosiy sterjenli va simli armaturalarning normativ qarshiliklari Rsn 1.5– jadvalda keltirilgan.
Konstruksiyalarni chegaraviy holatlarning I va II guruhlari bo‘yicha hisoblashda armaturaning hisobiy qarshiliklari Rs, va Rs,ser uning normativ qarshiliklarini armatura bo‘yicha ishonchlilik koeffitsientlariga bo‘lib topiladi Rs = Rsns;
Armatura bo‘yicha ishonchlilik koeffitsientlarining qiymatlari 2.1 jadvalda keltirilgan.
Asosiy sterjenli va simli armaturalarning hisobiy qarshiliklari Rs 2,6 jadvalda keltirilgan.
Armaturaning siqilishdagi hisobiy qarshiligi Rsc armaturaning beton bilan birikishi yaxshi ta’minlangan holda hisobga olinadi. Betonning siqilish holatidagi chegaraviy nisbiy deformatsiyasi bc,u =210–3 va elastik modulining qiymati Es =2105 MPa bo‘lganda armaturaning siqilishdagi qarshiligi Rsc=bc,u Es=210–3 2105 =400 MPa ga teng bo‘ladi.
Asosiy sterjenli va simli armaturalarning siqilishdagi hisobiy qarshiliklari Rss 2.5 jadvalda keltirilgan.
2.1 jadval. Armatura bo‘yicha ishonchlilik koeffitsientlarining qiymatlari



Armatura


Konstruksiyalarni hisoblashda chegaraviy holatlar guruhiga mos bo‘lgan armatura
bo‘yicha ishonchlilik koeffitsientlari

birinchi guruh uchun

ikkinchi guruh uchun

A–I va A–II sinfli sterjenli armaturalar
uchun

1,05

1,0

A–III sinfli
diametri:

sterjenli

armatura







6–8 mm bo‘lganda

1,10

1,0

10–40 mm bo‘lganda

1,07

1,0

A–IV va A–V
armaturalar uchun

sinfli

sterjenli

1,15

1,0

A–VI va At–VII
armaturalar uchun

sinfli

sterjenli

1,2

1,0

A– IIIv sinfli sterjenli armatura uchun:







cho‘zilish va kuchlanish nazorat qilinganda;

1,1

1,0

faqat cho‘zilish nazorat qilinganda

1,2

1,0

Vr–I sinfli sim armatura uchun

1,1

1,0

V–II, Vp–II sinfli sim armaturalar uchun

1,2

1,0

K–7 va K–19 sinfli arqon armaturalar
uchun

1,2

1,0

Hisoblarda beton va armaturaning hisobiy qarshiliklari ish sharoitini hisobga oladigan γbi va γsi koeffitsientlarga ham ko‘paytiriladi.





      1. Temir beton konstruksiyalariga yuklarning ta’siri

YUklar ta’sir qilish davomiyligiga ko‘ra doimiy ta’sir va vaqtinchalik ta’sir qiladigan yuklarga bo‘linadi. Doimiy yuklarga bino va inshootlar qismlari, tuproq og‘irligi va ularning bosimi, tog‘ jinslari bosimi, oldindan zo‘riqtiruvchi kuchlanish- lar ta’siri kiradi. Vaqtinchalik yuklar uzoq muddatli, qisqa muddatli va maxsus yuklarga bo‘linadi.


Vaqtinchalik uzoq mudatli yuklarga orayopmaga ta’sir qiladigan turg‘un asbob– uskunalar og‘irligi, ya’ni stanoklar, apparatlar, dvigatellar, sig‘imlar va h.o. og‘ir- ligidan hosil bo‘ladigan yuklar kiradi. Bundan tashqari bunday yuklarga qor qoplami og‘irligining 30% dan 60% gacha bo‘lgan qismi (qor qoplamining og‘irligi bo‘yicha III...VI rayonlari uchun), kranlardan hosil bo‘ladigan yuklarning 50% dan 70 % gacha bo‘lgan qiymatlari va sig‘imlarda saqlanadigan gaz, suyuqlik va sochma materiallar bosimi kiradi.
Vaqtinchalik uzoq mudatli yuklarning turi QMQ 2.01.07–96 [2] «YUklar va ta’sirlar» da keltirilgan.

Download 19,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish