1.17-rasm. Armatura kanatlari.
3, 7 va 19 –simli kanatlarning ko‘ndalang kesimlari ko‘rsatilgan.
1.18 – rasm. Armatura bog‘lamlari.
a) bir qatorli; b) ko‘p qatorli;
v) 7 simli kanatdan to‘qilgan
1-anker, 2- birlashtiruvchi armatura (korotыsh) 3- kanat, 4 – taqsimlagich,
NAZORAT SAVOLLARI
Konstruktiv material sifatida temirbetonga tushuncha bering.
Beton va armaturaning birgalikda ishlashini qanday omillar ta’minlaydi?
Temirbetonning umumiy afzalligi nimadan iborat?.
Hajmiy og‘irligi bo‘yicha beton qanday sinflanadi?
Siqilish va cho‘zilishga qanday beton namunalar sinaladi?
Beton sinfi nima? Betonning qanday sinflarini bilasiz?
Sovuqbardoshlik, suv o‘tkazmaslik, o‘rtacha zichligi bo‘yicha beton markalariga tushuncha bering.
Beton cho‘zilishidagi hususiyatlari va betonning kirishishi.
Armatura qanday ko‘rsatgichlari bo‘yicha sinflarga bo‘linadi?
Po‘lat armatura sinflari va temirbeton konstruksiyalarida qo‘llanilishi.
Armatura buyumlari turlari.
Armaturaning beton bilan birikishi.
Temirbetonni korroziyadan himoya qilishda qanday usullar qabul qilinadi?
Po‘lat simli arqonlar va ularning turlari.
Sim bog‘lamlari haqida nimalarni bilasiz?
II–Bob. TEMIRBETON KONSTRUKSIYA ELEMENTLARINI HISOBLASH XUSUSIYATLARI
Konstruksiyalarni chegaraviy holati bo‘yicha hisoblash
Qurilish konstruksiyalarni hisoblashdan maqsad kam miqdorda material sarflab tashqi ta’sir etayotgan jami yuklarga etarli darajada ko‘tarish qobiliyatiga ega bo‘lgan, konstruksiyalarni yaratish. Qurilish konstruksiyalarni 1955 yildan beri chegaraviy holatlar uslubi bo‘yicha hisoblanadi.
Amaldagi qurilish normalariga muvofiq temirbeton konstruksiyalar chegaraviy holatlar usuli bilan hisoblanadi. CHegaraviy holat deb, konstruksiyaning shunday bir holatiga aytiladiki, bu holatda konstruksiya tashqi yuklar ta’siriga qarshilik ko‘rsata olmaydi yoki haddan ortiq deformatsiyalanishi va mahalliy buzilishi natijasida uni ekspluatatsiya qilish mumkin bo‘lmay qoladi. CHegaraviy holatlar ikki gruppaga bo‘linadi. Birinchi gruppa bo‘yicha konstruksiyaning yuk ko‘tarish qobiliyati (mustahkamligi, ustivorligi va chidamliligi) ta’minlanishi shart. Ikkinchi gruppa bo‘yicha esa konstruksiyaning normal ekspluatatsiya qilish uchun yaroqli bo‘lishi (salqiliq, tebranish, yoriqlarning paydo bo‘lishi va ochilishi bo‘yicha) ta’minlanishi shart.
CHegaraviy holatning birinchi gruppasi bo‘yicha hisoblash konstruksiyalar uchun asosiy bo‘lib, kuchlanish va deformatsiyalanish holatining III bosqichiga asoslanadi. CHegaraviy holatning ikkinchi gruppasi bo‘yicha hisoblash mustahkamliklari ta’minlangan konstruksiyalarda yoriqlarning paydo bo‘lishi va ochilish kengligining hamda salqiliklarning haddan oshib ketishi kutilgan hollarda bajariladi. Bunda kuchlanish va deformatsiyalanish holatining Ia va II bosqichlari asos qilib olinadi.
Konstruksiyalarni chegaraviy holatlarning birinchi guruhi bo‘yicha hisoblash- dan maqsad, buzilishning oldini olishdan iborat. Bunda konstruksiyaning mo‘rt va qayishqoq holatda, shaklining yo‘qotishi natijasida, takroriy yuklar ta’siridan va tashqi yuklar hamda muhit ta’siridan buzilishining oldi olinadi.
Konstruksiyalarni chegaraviy holatlarning ikkinchi guruhi bo‘yicha hisoblashdan maqsad, ularda katta miqdordagi ko‘chishlar (salqilik, buralish burchagi, amplituda va h.o.) va katta yoriqlar ochilishining oldini olishdan iborat.
Temirbeton konstruksiyalari elementlari va konstruksiyalari chegaraviy holatlar usuli bo‘yicha ularni tayyorlash, tashish va montaj qilish hamda ekspluatatsiya qilish bosqichlarida hisoblanadi. Bunda hisobiy sxemalar qabul qilingan konstruk- tiv echimlar va ishlash bosqichlariga javob berishi shart.
Temir beton elementlarni chegaraviy holatlarning birinchi guruh bo‘yicha hisoblash
Temir beton elementlarning mustahkamliklari ularning bo‘ylama o‘qlariga nor- mal va qiya bo‘lgan kesimlar bo‘yicha tekshiriladi. Buruvchi momentlar mavjud bo‘lganda hisoblar o‘ta xavfli joydagi kesimlar bo‘yicha amalga oshiriladi. Bundan tashqari, hisoblash mahalliy yuklar ta’siriga (pachoq bo‘lishi, ezilishi, uzilishi) ham bajarila- di. Mustahkamlikning umumiy sharti elementlar kesimlaridagi ichki va tashqi yuklar- ning muvozanat shartlaridan olinadi va quyidagi tengsizlik bilan ifodalanadi:
F ≤ Fu(S, Rbn, γb,γbi, Rsn, γs, γsi), (2.1)
bu erda, F – tashqi kuchning (bo‘ylama kuch N, eguvchi moment M, ko‘ndalang kuch Q) eng katta katta miqdori;
Fu – element kesimi qabul qila oladigan zo‘riqishning eng kam miqdori;
Do'stlaringiz bilan baham: |